O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


III va IV sulоlalar. V va VI sulоlalar (er. av 2700-2400 y)



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə8/112
tarix11.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#143665
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
Qadimgi sharq tarixidan majmua 2016 yil

4.III va IV sulоlalar. V va VI sulоlalar (er. av 2700-2400 y)
III va IV sulola fir’avnlari davrida Misr, Xo’jalik va savdo-sotiqning taraqkiy etishi. kuldorlik kuchayishi, bosqinchilik urushlari, harbiy yurishlar mulkiy tabaqalanishni yanada tezlashuviga olib keldi. Urushda olingan o’ljalarning katta qismi fir’avn va amaldorlar ko’lida to’plangan. SHu davrga oid amaldorlarning qabrlari ularniig nufuzidan dalolat beradi. Bu maqbaralarning devorlarida o’sha zamonda yashagan qadimgi misrliklarning turmushi va maishiy ahvolini ko’rsatuvchi ajoyib tasvirlar saklanib qolgan, Iqtisod rivojlangan sari. kullik xam taraqkiy eggan. Qullar xam sutorish shohobchalarida ishlashga majbur edilar. ch\shki yer hosildorligini aynan ana shu tarmoqlar ta’minlagan. Bu shohobchalar davlat hokimiyati, markaziy hukumatning nazorati ostida bo’lgan. Umumdavlat axamiyatiga ega bo’lgan ulkan inshootlar, sun’iy sugorish havzalari, suv omborlari, kanal va to’tonlar, shuningdek, sinfiy tuzumning mustahkamligi hamda din va kohinlar ilohiylashtirgan fir’avn hokimiyatining qudratidan darak beruvchi buyuk ibodatxonalar va iodsho maqbaralari qullarning ogir mehnati tufayli bunyod bo’lgan. Gerodot ma’lumotiga ko’ra, «ehromlar qurilishida minglab qullar va kambagallar ishlagan».
Quldorlik xo’jaligining rivojlanishi, chet eldan keltiriladigan xomashyoga va qullarga bo’lgan ehtiyojning muntazam o’sib borishi, tashki savdoning kengayishi bosqinchilik siyosatining kuchayishiga olib keldi. Misrning III va IV sulola fir’avnlari kurol kuchi bilan Misr hukmronligini o’rnatishga harakat kilganlar. III va IV sulola fir’avnlari Qadimgi Misr tarixida katga o’rin tutgan. Ular davrida Misr qudratli markazlashgan davlatga aylangan. III sulolaning birinchi fir’avni Joser o’z podsholigi davrida Misrning shimoliy-sharkiy va janubiy hududlarida urushlar olib borgan. Sinay yarim orolidagi qadimgi mis konlari yaqinida Joserning bu yerda yashagan habilalar ustidan qozongan galabasini tasvirlovchi suratlar saqlanib kolgash Nubiyani bosib olish biroz qiyin kechgan. SHu sababli Joser Misrning janubiy viloyatlarini mustahkamlash maksadida Asvondan tortib to Filagacha devor qurishga majbur bo’lgan.
Fir’avn Snofru ham istilochilik siyosatini yuritishi natijasida Sinay yarim orolidagi mis konlari batamom Misr tasarrufiga o’tgan. Uning bu galabasi Vodi- Magxaradagi koyalarda s-aklanib qolgan suratlarda aks etgan. Bu voqealar mamlakat uchun siyosiy va iktisodiy jihagdan katta ahamiyatga ega bo’lib, ular haqidagi xotira ming yillar davomida Misr xalqi yodida saqlanib kelmoqda. Janubdagi urushlarda ham Snofru muvaffakiyatga erishib, uning «Palermo toshidagi» davlat yilnomasida Nubiyadan 7 ming asir va 200 ming qoramol va ko’y-echki keltirganligi aytiladi.

    • sulola fir’avni Xufuning galaba rel’efi saqlanib kolgan. Quyidagi qisqa yozuv buning siyosiy ma’nosini anik ifodalab beradi: “Xnum-Xufu” Sinay va Nubiyadan Misrga ko’plab qullar keltirilgan. III va IV sulola fir’avnlari qurdirgan ehromlar davlatning yuksak qudrati ifodasidir.

Birinchi yirik ehrom Joser tomonidan uzun zinapoyasimon shaklda qurilgan bo’lib. balandligi 60 metrni tashkil etadi. Bu maqbara atrofida olib borilgan kazilmalar natijasida bu yerdan murakkab me’morlik inshooti topilgan. Bezatilgan usgunlar ajoyib va o’ziga xos, Joser haykali xarobalari ichidan topilgan yozuvlarda o’sha davrning bosh me’mori, oliy amaldor Imxotebning nomi ko’plab uchraydi. Butun bir koyadan tarashlab yasalgan ulkan sfinks, Xufru, Xafra va Menkavr ehromlari III va IV sulola fir’avnlarining qudratini hozirgi avlodlarga ham namoyon etib turibdi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə