O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Monetar kontseptsiyasining keynschilikdan farqi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

3. Monetar kontseptsiyasining keynschilikdan farqi. 
 
Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, pul siyosati pul talabi va uning taklifi 
o’rtasida nisbat o’rnatishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Pul taklifining o’sishi 
(pulning o’sish foizi), baholar barqarorlikni ta’minlaydigan darajada bo’lishi lozim. 
M. Fridmen fikriga ko’ra bunday darajani aniqlash juda murakkab. Markaziy bank 
prognozlarida xatolar tez-tez uchrab turadi. Iqtisodiy rivojlanishga aynan qaysi 
omillar ta’sir ko’rsatayotganligini aniqlash qiyin va hatto mumkin emas. Qabul 
qilinayotgan qarorlar kechikkan bo’lishi va ba’zida qarama-qarshi natijalarni keltirib 
chiqarishi ham mumkin: masalan, ba’zan ishlab chiqarishning o’sishini 
rag’batlantirish ko’zda tutilganda, pasayish kelib chiqadi, ya’ni qabul qilingan qaror 
o’sishga to’sqinlik qiladi.
«Agar moliya-kredit sohasini ko’rib chiqadigan bo’lsak – deb yozadi M. 
Fridmen, - ko’pchilik hollarda to’g’ri qarorlardan ko’ra, noto’g’ri qarorlar qabul 
qilinadi, negaki qaror qabul qiluvchilar faqat cheklangan sohalarini muhokama 
qiladilar va umuman barcha siyosat oqibatlari yig’indisini e’tiborga olmaydilar». 
Markaziy bank qisqa muddatli tartiblashning konyukturali siyosatdan voz kechishi va 
iqtisodiyotga o’zoq muddatli ta’sir ko’rsatish, pul massasini asta sekin ko’paytirib 
borish siyosatiga o’tishi kerak. Pul massasi nominal YaIM ga ta’sir ko’rsatadi. 
Monetar kontseptsiya va monetar tavsiyalar keynschilikdan farq qiladi, ba’zan 
esa unga qarama-qarshidir. Shu bilan birga iqtisodiyotni tartiblash muammosidagi bu 
ikki yondashuv o’rtasiga katta chegara qo’yish ham noto’g’ri. Har ikkala nazariya 
eng avvalo bozor iqtisodiyoti sharoitida qo’llanishga qurilgan. Ma’lum ma’noda har 
ikkala nazariya bir birini o’zaro to’ldirib turadi (umumiy daromadni aniqlash 
nazariyasini tashkil etadi). J.M.Keyns daromadlarining xarajatlarga miqdoriy 
bog’liqligini asoslab berdi, M.Fridmen esa daromadlarning pulga bog’liqligini 
ko’rsatib berdi. Shu bilan birga J.M.Keyns va M.Fridmen yondoshuvlari o’rtasida bir 
qator farqlar mavjud. Ularning ba’zilarini umumiy sxemali ko’rinishda aks etirish 
mumkin: 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə