Mavzu: O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari. Reja: Kirish



Yüklə 395,97 Kb.
səhifə1/7
tarix23.09.2023
ölçüsü395,97 Kb.
#123465
  1   2   3   4   5   6   7
humoyun1








Mavzu: O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari.
Reja:
Kirish

  1. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo’lgan talab va pul taklifi.

  2. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari.

  3. O’zbekistonda pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning 2023-yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari.

  4. Pul-kredit siyosatining 2024 yilgacha mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining dastlabki konseptual loyihasi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish

Pul muomalasi iqtisodiyotning eng qiziqarli, munozorali mavzularidan. Pul iqtisodiy xayotni yengillashtiruvchi oddiy vosita emas, balki o’zida iqtisodiyotni qamrab olgan daromad va xarajatlarni doiraviy aylanishini amalga oshiruvchi mexanizm sifatida yuzaga chiqadi.


Pul, pul aylanishi, pul tizimi iqtisоdiyotning eng asоsiy markaziy muammоlaridan biri, ya’ni «qоn tоmiri» hisоblanadi. Pul tizimining to`g`ri faоliyati darоmadlar va хarajatlarning dоiraviy aylanishiga hayotiy kuch bеradi. Yaхshi ishlayotgan pul tizimi ishlab chiqarish quvvatlari va bandlikdan to`liq fоydalanish imkоnini bеradi. Aksincha, yomоn ishlayotgan pul tizimi iqtisоdiyotdagi inqirоzlarga, ya’ni, ishsizlik, inflyatsiya va shuningdеk, bоshqa salbiy оqibatlarga оlib kеladi.
Har bir mamlakat o’zining puliga egadir. Chunonchi, dollar, funt sterling bir necha mamlakatlarning puli bo’lib xizmat qiladi. Lekin ularning qiymati bir xil emas. AQSh, Kanada, Avstraliya dollarining qiymat miqdori farqlanadi. Shuningdek, O’zbekiston va Qirg’iziston so’mlari ham bir xil emas. Pul birliklari paydo bo’lganda ma’lum miqdordagi qadr-qiymat asos qilib belgilangan. Milliy pullarning qadrliligi, boshqa pullarga nisbatan qiyosiy miqdori doimo o’zgarib turadi. Chunki, bu iqtisodiyotdagi ko’p tomonlar, hatto siyosiy o’zgarishlar, mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar kabi ta’sirlar natijasidir.
O’zbekistonning o’z milliy puliga ega bo’lishi davlat mustaqilligi, uning mustahkam iqtisodiyotini yaratishda katta o’rin egallaydi. Milliy pulimiz bo’lgan so’mning qadrini oshirib borish, uning iqtisodiy ta’sirini kuchaytirishga erishish va boshqa mamlakatlar puliga tenglashtirish darajasini ta’minlash juda zarur va muhim vazifadir.


Yüklə 395,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə