Mavzu: O’zbekistonda davlatning pul-kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositalari. Reja: Kirish



Yüklə 395,97 Kb.
səhifə5/7
tarix23.09.2023
ölçüsü395,97 Kb.
#123465
1   2   3   4   5   6   7
humoyun1

X U L O S A
Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va ishlab chiqarishni qayta tiklash, shuningdek ularni strategik investorlarga realizatsiya qilish bo'yicha ishlar davom ettiriladi. Tijorat banklarining boshqaruvchi kompaniyalari faoliyati yanada takomillashtiriladi, jumladan banklar balanslariga olingan bankrotkorxonalar faoliyatini tiklash, ushbu jarayonga potentsial investorlar va hamkorlarni, korxonalarni modernizatsiyalash faoliyatida ilg'or tajriba va bilimga ega bo'lgan yuqori malakali xorijlik menejerlar va mutaxassislarni jalb etishga alohida e'tibor qaratiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang'ich kapitalni shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish, mikrokreditlashni ko'paytirish, kredit ajratish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga e'tibor qaratiladi.
Mamlakatimizda yanada qulay tadbirkorlik muhitini yaratish va xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashda banklarning faol ishtiroki ta'minlanadi. O'z navbatida, kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llabquvvatlashni uzluksiz davom ettirish maqsadida ushbu sektor ishtirokchilari uchun moliya-kredit resurslaridan keng foydalanishni ta'minlaydigan bozor vositalari, mexanizmlari va amaliyoti takomillashtirib boriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalari va grantlarini jalb qilish va o'zlashtirish ishlari faollashtiriladi. Ustuvor ravishda olis va borish qiyin bo'lgan hududlarda joylashgan hamda ortiqcha mehnat resurslariga ega bo'lgan tuman va shaharlarda faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga, dehqon va fermer xo'jaliklariga tijorat banklarining imtiyozli kreditlash jamg'armalari mablag'lari hisobidan ajratiladigan kreditlar hajmi kengaytiriladi.
Iste'mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni kreditlash, jumladan jozibador bo'lgan turli moliyaviy instrumentlar orqali moliyaviy qo'llab-quvvatlash hajmlari oshirib boriladi. Banklar va boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi yanada takomillashtiriladi.
O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Mintaqaviy bank o'quv markazi, Markaziy bank, TIF Milliy bank, ATB «Asaka bank», ATB «Agro bank» va DT Xalq banki o'quv markazlari, xorijiy va xalqaro o'quv markazlari, moliya institutlari tomonidan bank faoliyatining dolzarb yo'nalishlari bo'yicha kurslar va seminarlar tashkil qilinib, ularda bank xodimlarini o'qitish ishlari samarali davom ettiriladi. Umum qabul qilingan xalqaro me'yor va andozalarga asosan bank faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari bo'yicha bank sohasi amaliyotchilari va olimlari, boshqa tegishli sohalar vakillari ishtirokida ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etiladi. Tijorat banklari faoliyatini xalqaro andozalar va tamoyillarga yanada muvofiqlashtirish va mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining qonunchilik bazasi yanada takomillashtiriladi. Markaziy bank, moliya bozori faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bilan bog'liq qator qonunlar, jumladan, «Birjalar va birja faoliyati to'g'risida», «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida», «Investitsiya va pay jamg'armalari to'g'risida»gi, qonunlarning yangi tahriri hamda «Lizing to'g'risida» va «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi qonunlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha qonun loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etadi.
Milliy iqtisodiyotning yanada rivojlanishi banklarning va bank tizimining rolini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Bank - bu mamlakatdagi pul mablag`larini boshqarish uchun yaratilgan moliya institutidir.
O`zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadijahon talabiga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo`lish, xo`jaliklar va aholining bo`sh turgan mablag`larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni ta'minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta'minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorligini ta'minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit va investitsiya faoliyatining yanada rivojlantirishga erishish va banklar o`rtasida raqobat bo`lishini ta'minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali ta'minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko`zda tutadi.
Hozirgi kunda Respublikamiz banklarida zamonaviy texnologiyalar bo`lmish, elektron to`lovlar, mamlakatlar o`rtasida elektron pul o`tkazmalari kabi «Bank-mijoz» tizimi keng qo`llanilib kelinmoqda. Shu bilan birga xozirgi kunda jahonning bir qator rivojlangan mamlakatlarida «Internet-banking» tizimi qo‘llanilib yaxshi samaraga erishishmoqda. «Internet-banking» bu – mijoz o‘z bank hisob varaqlarini internet orqali boshqarish hizmatidir. Ushbu tizimni respublikamiz banklariga joriy etilishi ham davr talabidir.
Bu tizimdan foydalanish uchun mijoz, qaysi bank unga hizmat ko‘rsatsa, o‘sha bankning veb-saytidagi «Internet-banking» tizimidan ro‘yxatga o‘tadi va hech qanday to‘lovlarsiz tizimdan foydalanishi mumkin.
Milliy bank ham o‘z interaktiv xizmatlari doirasini kengaytirib, hozirda 1000 dan ortiq mijozlarga Internet-banking xizmatini ko‘rsatmoqda va bu tizimdan foydalanuvchi mijozlar soni ortib bormoqda. SHuningdek, bank mijozlarining elektron pochta manzillariga mijozlarning hisobraqamlaridagi qoldiq va ularning aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam berib borish xizmati ham keng yo‘lga qo‘yildi. Hozirga kelib kun sayin rivojlanib borayotgan mobil aloqa tizimlari orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish borasida ham faol ish olib borilmoqda.
Banktizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish bugungi kunda ushbu sohadagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari bank operatsiyalari bajarilishini osonlashtiradi, yirik birlashmalar va korxonalar uchun hisob –kitoblar va to`lovlar o`tishini tezlashtirishga yordam beradi.
Ko’plab rivojlangan mamlakatlarda tajribasi hozirgi dinamik rivojlanayotgan dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiy rivojlanishining lokomotivi ekanligini, mamlakatga investisiyalar jalb etilishiga, yangi ish o’rinlari tashkil etilishiga, ilg’or texnologiyalar ishlab chiqarishga va boshqaruvga tatbiq etilishiga, axborot ayirboshlashda, chekimlar qisqartirilishiga bozor qatnashchilari o’rtasida bitishuvlar sodir etilishiga ko’maklashishini ko’rsatadi.
Xulosa sifatida, hozirgi kunda korxona boshqaruvini axborot bilan ta'minlash manbalari va axborot tizimi zamon talabiga javob berilishi lozimdir.
Agarda korxona axborot bilan ta'minlash manbalari eskirgan bo’lsa, unda korxona boshqaruvini axborot bilan ta’minlash mushkul bo’ladi. Bu muammoni hal qilish korxonaning rahbariga yuklatilgan. Rahbar o’z imkoniyatlariga qarab korxonaga yangi zamon talabiga mos kompyutor va texnikalarni o’z vaqtida sotib olishi, ishchilar o’rtasida kerakli anjuman va treninglar olib borishi kerakdir.

Yüklə 395,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə