O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Nazariy qoidalarning o’ziga xosligi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

 
Nazariy qoidalarning o’ziga xosligi. 
 
P.Buagilberning muhim yutug’i, U.Pettiga o’xshab, qiymatning mehnat 
nazariyasini «asoslab» berishi hisoblanadi. Bunda u bozorda tovarlar o’rtasidagi 
almashuv nisbatlari mexanizmini sarflangan mehnat miqdori g’ki ish vaqtini hisobga 
olgan holda tahlil qiladi. Bu kontseptsiya nomukammal bo’lishiga qaramasdan (uning 
asosida sarfli printsip g’tadi) o’z davri uchun u, albatta, progressiv hisoblanadi, 
negaki merkantilistlarning bahoning shakllanishida pulning tabiiy roli to’g’risidagi 
kontseptsiyasidan keskin farq qiladi.
P.Buagilber merkantilizmni ko’p jihatdan to’g’ri tanqid qilish bilan birga, 
pulning iqtisodiyotdagi rolini mensimagan holda, mamlakatning iqtisodiy o’sishida 
qishloq xo’jaligi rolini mutlaqlashtirdi, boylikni ko’paytirishdagi sanoat va savdoning 
ahamiyatini inkor etdi. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida u pulni bekor kilish 
mumkin va zarur deb hisoblagan yagona iqtisodchi hisoblanadi, uningcha pul 
tovarlarning «haqiqiy qiymatlari» bo’yicha ayirboshlanishini buzadi.
Birinchi Frantsuz klassigining fikri bo’yicha iqtisodig’tdagi asosiy soha savdo 
emas, balki ishlab chiqarish, eng avvalo, qishloq xo’jaligi hisoblanadi. P.Buagilber 
o’z asarlarida iqtisodig’tning «tabiiy» qonunlari to’g’risida qayd qilib o’tadi. Davlat 
yuqori soliqlarni joriy etish g’ki protektsionizm sig’satini qo’llash bilan ularga halaqit 
bermasligini tavsiya etadi.
54 


4. Fiziokratizm - F.Kene - fiziokratlar ta’limotining asoschisi. 
Fiziokratlar (lat. - tabiat, xukmronlik) - bu XVIII asrdagi frantsuz 
iqtisodchilari, klassik sig’siy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Frantsiyada 
feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida vujudga keldi. Bu tasodifiy hol emas edi. 
O’sha davrda Frantsiyada manufaktura ancha rivojlangan bo’lsada, ammo mamlakat 
hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy 
boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo’jaligi ahvolini 
yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq 
xo’jaligini iqtisodig’tning yagona unumli sohasi deb hisobladilar. Ularning fikricha, 
boylik faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va 
qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko’ra fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan 
ishlab chiqarish sohasiga olib o’tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili 
uchun asos yaratdilar.
Fransua Kene (1694-1774) - fiziokratlar maktabining asoschisidir. 
Frantsiyadagi klassik siyosiy iqtisod maktabi – P.Buagilberadan so’ng XVIII asrning 
o’rtasida fiziokratlar maktabining asoschisidir, bu maktabga katta guruh 
iqtisodchilaridan tashkil topdi – A.Tyurgo, V.Mirabo, V.Dyupon de Nemur,
G. Letron va boshqalar. 
Fiziokratlar maktabi monetarizmni tanqid qildilar. Boylikni asosiy manbai tilla 
degan fikrli, uni asosini tashqi savdo orqali erishiladi degan kontseptsiyani noto’g’ri 
deb aytadilar.
F. Kene va uning safdoshlari quydagi tushunchani ilgari so’ratilar. Bular fikriga 
boylik ist’emol qiymatlaridan tanllanadi. Pulni vazifasi muomilada ettirishdan iborat. 
Boylikni manbai ishlab chiqarishda, savdoda emas. Fizikratlarni yutug’i., ular 
qo’shimcha qiymat nazariyasini, to’g’risida to’g’ri ishlab chiqarish bilan bog’ladilar 
va kattalikda ishlab chiqarishni taxlil qilishlikka zamin yaratishdi. G.F.Kene har 
tomonlama bilimli olim bo’lib, Versal yaqinida kambag’al dehqon oilasida dung’ga 
keldi. U g’shligidan tibbig’tga qiziqdi va bu sohada ta’lim oldi. Keyinchalik tibbig’t 
amalig’ti unga shuhrat keltirdi. 1752 yilda Kirol Lyudovik XV saroyida tabiblik qildi. 
Tibbig’t va biologiyaga oid ko’pgina asarlar yaratdi. F.Kene iqtisodig’t muammolari 
bilan oltmish g’shidan boshlab bevosita shug’ullana boshladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g’oyalari qirol saroyida - 
Versalda yuzaga keldi. U umrining oxirigacha o’sha erda yashadi va ijod qildi. 
F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy 
maqolalari Didro va D.Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus» da e’lon qilindi. 
1758 yilda uning asosiy asari «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. F.Kene nafaqat 
fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va sig’siy dasturini ham 
shakllantirdi. Uning fiziokratik g’oyalarini keyinchalik A.Tyurgo va boshqa bir qator 
Frantsuz iqtisodchilari davom ettirdilar va targ’ibot qildilar. Shunday qilib, haqiqiy 
fiziokratlar maktabi g’ki o’sha davr tili bilan aytganda «iqtisodchilar maktabi» tarkib 
topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70 yillariga to’g’ri keladi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə