O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


  2. P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

52 


2. P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti. 
Frantsiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Per Buagilber (1646-1714) 
hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi U.Petti kabi 
professional iqtisodchi-olim bo’lgan emas. P.Buagilber xuddi otasiga o’xshab 
huquqshunoslikdan ta’lim oldi. 31 g’shida Normandiyada sudyalik lavozimini 
egalladi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya’ni deyarli umrining oxirigacha ishladi, 
faqat o’limidan ikki oy oldin bu lavozimni katta o’g’liga topshirib ketdi.
Sinchkov aql, jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqe P.Buagilberda mamlakatning 
iqtisodiy muammolarini bilishga, XVII asrning oxiri XVIII asrning boshidagi 
Frantsiya viloyatlaridagi aholi turmush darajasining pastligi sabablarini aniqlashga 
bo’lgan qiziqish o’yg’otdi. U o’zining birinchi islohotlar to’g’risidagi mulohazalarini 
(merkantilistlarga qarshi) 50 g’shida g’zgan «Frantsiyadagi vaziyatning mufassal 
tavsifi, uning farovonligining pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy 
usullari...» asarida e’lon qildi. P.Buagilber bu asarida merkantilizm iqtisodiy 
sig’satini qattiq tanqid qildi. Bu sig’satning boshida o’sha davrdagi Lyudovik XIV 
qirolligida moliya vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber turar edi. U 
Frantsiya tovarlari eksportini rag’batlantirishni, Frantsiyaga keladigan import 
tovarlarni esa cheklashni, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga yuqori soliq 
belgilashni qonunlashtirgan. Bu sanoat ishlab chiqarishiga hamda bir butun milliy 
iqtisodig’tga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Iqtisodig’tdagi salbiy holatlarni bartaraf etish yo’llarini aniqlash 
P.Buagilberning keyingi, XVIII asrning boshida chop etilgan asarlarining ham asosiy 
vazifasi hisoblanadi. Ularda P.Buagilber merkantilizmni tanqid qilishni davom ettirdi, 
islohotlar zarurligini asoslab berdi, iqtisodiy o’sishning va davlat boyligining asosi 
deb bilgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish muammolariga alohida 
e’tibor qaratdi. Bunday ko’z karash Frantsiya iqtisodiy qarashlarida XVIII asrning 
yarmigacha saqlanib qoldi. Chunki o’sha davrda sotsial-iqtisodiy rivojlanishdagi 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining hal qiluvchi rolini targ’ibot qiluvchi 
fiziokratizm ancha kuchaygan edi.
1707 yili P.Buagilberning «Frantsiyani qoralash» asari chop etildi. Unda 
Frantsiyaning kambag’allik holati ko’rsatildi, merkantilistik sig’sat qoralandi. 
Iqtisodiy islohotlar o’tkazish to’g’risida yangi g’oyalar ilgari surildi. Biroq ular o’zi 
ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari tomonidan ham e’tiborga olinmadi, 
qo’llab quvvatlanmadi.
Frantsiyaning XVII asr oxiri – XVIII asr boshidagi sotsial-iqtisodiy axvoli 
klassik iqtisodiyotining Frantsiyadagi asoschilaridan biri bo’lgan Per Buagilberning 
iqtisodiy qarshilariga katta ta’sir ko’rsatdi. Per Lepezon-iqtisodchining asl familiyasi 
bo’lib, de Buagilber – bu oila pomestesining nomi edi. 
Per Lepezon de Buagilber dvoryan permandlik oilasidan chiqqan, u yaxshi ma’lumot 
olgach, adabiyot bilan shug’ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar 
sudya lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib bordi; o’z ko’zi bilan ularning nochor 
53 


axvoliga guvoh bo’ldi; o’zini «qishloq xo’jaligining advokati-himoyachisi» deb 
atadi.
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida va Frantsiyada bozor munosabatlarining 
shakllanishida P.Buagilberning hissasi katta bo’ldi. Aynan uning asarlari 
merkantilistik g’oyalarning batamom obro’sizlanishi va Frantsuz klassik iqtisodiy 
maktabining shakllanishi uchun nazariy-metodologik asos bo’lib xizmat kildi. U 
Pettidan qat’i nazar, mamlaktning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha 
foydali narsa va ne’matlardan tashkil topadi degan kontseptsiyani ilgari surdi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə