O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

Iqtisodiy taraqqiyot.
 
Iqtisodiy taraqqiyot, J.S.Mill ta’limotiga ko’ra, fan texnika taraqqiyoti, 
shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan bog’liq. Ishlab chiqarish va jamg’arish 
ko’payadi, soliqlar ancha erkinlashadi, ko’pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, 
kooperatsiya takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi samaradorlikning 
o’sishiga olib keladi, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va 
qiymatning pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xom ashyo qiymatidan tashqari). 
J.S.Millda kapital evalyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o’xshab ketadi. Foyda 
normasi pasayib boradi, asta-sekin minimum darajaga intiladi, u hali ham kapitalni 
jamg’arishga va jamg’arilgan vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz 
normasining minimum darajasiga bo’lgan intilishni chetga kapital chiqarish va 
eksportni ko’paytirish bilan sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda normasini 
pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha qismi chetga ketadi; bu erda kapital yo’qolmaydi, 
balki u yangi bozorlarni tashkil etish va chetdan arzon tovarlarni olib kelish uchun 
ishlatiladi. Kapitalning bir qismi chetga chiqib ketishi foydani va foiz normasini 
oshirib, jamg’armaga bo’lgan yangi intilishni keltirib chiqaradi. Shuningdek,
uning aytishicha, foyda normasining pasayish tendentsiyasi davlat xarajatlarini 
oshirishga qarshi bo’lgan dalillarni kuchsizlantiradi. 
Ko’rilayotgan kapital harakatining oxirgi natijasi bo’lib, iqtisodiy rivojlanish, 
muvaffaqiyat qozonish uchun kurash to’xtagan paytdagi, turg’unlik holat hisoblanadi. 
Ammo J.S.Mill turg’unlik holatga ijobiy munosabatda bo’ladi, agar u ishlab 
chiqarishning yuqori darajasida yuzaga kelgan bo’lsa. «Faqat dunyodagi qoloq 
mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko’paytirish eng asosiy vazifa hisoblanadi. Ancha 
rivojlangan mamlakatlarda taqsimotni takomillashtirish iqtisodiy zaruratga aylandi». 
Uning fikriga ko’ra, hech kim kambag’al bo’lmagan, hech kim boylikka intilmagan 
va birovlarning oldinga chiqib olishga qilgan harakati tufayli boshqalarning orqaga 
surib tashlanishi xavfi bo’lmagan vaziyatdagi jamiyat, odamlar uchun eng yaxshi 
yashaydigan jamiyat hisoblanadi. Bunday turg’unlik davrida madaniyatning barcha 
98 


shakllarini rivojlantirish uchun, ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar 
hech cheklanmagan bo’ladi. 
Odam o’zi yaratmagan narsalarga, uning egalik qilish huquqini adolatsizlik, 
deb hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi chiqdi. Masalan, ishchilar 
fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin uning ko’pchilik qismi boshqa birovga 
tegadi. «Bu e’tirozga javob shundan ibratki, fabrikada mehnat tovar ishlab chiqarish 
uchun zarur bo’lgan sharoitlarning biri hisoblanadi, xolos. Ishni materiallarsiz, asbob-
uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilarni ta’minlash uchun oldindan 
tayyorlangan yashash vositalari zahiralarisiz bajarib bo’lmaydi. Bu narsalarning 
hammmasi o’tgan mehnat mahsuli hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega 
bo’lganda, ularda mahsulotni boshqa birov bilan bo’lishishga zarurat bo’lmas edi. 
Ammo ishchilarda bu narsalar bo’lmaganligi uchun ular ekvivalentning bir
qanchasini (mahsulot- 
larning bir qismini-muallif) ushbu narsalarga egalik qiluvchi kishilarga berishi 
kerak». Ammo, xususiy mulk doirasidan er chiqarib tashlanishi lozim (chunki u 
mehnat mahsuli hisoblanmaydi). 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə