O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi Materialni og‘zaki bayon qilish metodlari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə137/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi
Materialni og‘zaki bayon qilish metodlari – o‘quv materiali mohiyatini
ozg‘aki (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi kabi shakllarda) yoritishda
qo‘llaniluvchi usullar
Mafkura (arabcha “mafkura”-naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) –
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy
qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy
ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini
aniqlashda yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar tizimi
Mashq va o‘rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari – muayyan
mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har
tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor
qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil
qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui



201
Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” - ma’nolar majmui– mohiyatiga ko‘ra


ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy,
axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui
Ma’rifat – shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-
tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni
o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar
tizimi
Ma’ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish shakli
Metod (yunoncha “usul, maqsadga erishish yo‘li”)
1) tabiiy va ijtimoiy hodisalarni tadqiq qilish, bilish usuli;
2) pedagogik faoliyatni tashkil qilish usuli

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə