O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə136/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning
tayyorgalik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni
belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va
moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash jarayonining faol ishtirokchisi



200
Kompensatsiya (yunoncha “compensatio” o‘rnini to‘ldirish, tenglashtirish)


– oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayangan holda
organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o‘rnini to‘ldirish
yoki qayta qurish
Korrektsiya (yunoncha “correctio” - tuzatish) – pedagogik uslub va
tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va
jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman yoki to‘liq tuzatish
Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya, yunoncha “defectus” -
nuqson, kamchilik, “logos” - fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik
kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan,
salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini
rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan
Korreksion-pedagogik faoliyat – yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi
hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning
amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim
Ko‘nikma – olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga
binoan bajariladigan harakatlar yig‘indisi
Ko‘rgazmali metodlar – predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy
holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda qo‘llaniluvchi
usullar
Loyihalashtirish (rejalashtirish) – o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini
boshqarish dasturini yaratish
Logopediya (yunoncha
“logos”-so‘z, nazariya, ta’limot,
“paideia”-
tarbiyalash) – nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, ular kelib chiqishining oldini
olish va ularni qisman yoki to‘liq tuzatish masalalarini o‘rganuvchi fan;
korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə