O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə132/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Davlat ramzlari – muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari,
qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari va maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy
birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmui
Davlat ta’lim standarti – 1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar
erishishlari zarur bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o‘quv
fani bo‘yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3)
ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan



197
bajariladigan


o‘quv
ishlarining
maksimal
hajmi,
shuningdek,
bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablar
Dars – bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan
olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli
Darslik – muayyan fan bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik
talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
beruvchi manba
Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha “didaktikos” - o‘rgatuvchi,
“didasko” - o‘rganuvchi) – ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining
mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati
mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini
takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolari)ni o‘rganuvchi fan
Didaktika tamoyillari (lotinchadan “principium “har qanday nazariyaning
asosiy, boshlang‘ich, dastlabki holati) – ta’limni tashkil etishga qo‘yilgan
me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy
maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki holatini belgilovchi
qarashlari
Didaktik tizim (yunoncha “systema” - yaxlit, qismlarda tashkil topgan,
birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash,
ajratib ko‘rsatish
Didaktik o‘yin – o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni
modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik
darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi
Dunyoqarash – tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati
mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va
e’tiqodlar tizimi

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə