O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə131/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Bashoratlash – bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash
va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish
Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga
nisbatan ijodiy yondashishini rag‘batlantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish vositasi
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar
majmui
Bilim olish – borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan
tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining
mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni
Bilish – obyektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni
o‘zlashtirish jarayoni
Boshlang‘ich ta’lim – o‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan ilmiy bilimlarni
berish asosida ularda o‘qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim,
ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiena va
sog‘lom turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarini
tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o‘ziga xos psixologik hamda
fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual,
ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini
o‘rganadi
Vatanparvarlik (lotincha “patriotes”-vatandosh, “patris-“vatan, yurt) –
shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tug‘ilib o‘sgan vatani tarixidan
g‘ururlanishi, buguni to‘g‘risida qayg‘urishi hamda uning porloq istiqboliga
bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat
Verbal – bilim (ma’lumot, axborot)larni so‘z yordamida (og‘zaki) etkazib
berish, ifoda etish
Gnoseologiya (yunonchadan “gnosis” - bilim, ong, o‘rganish) – bilish, ilmiy
bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy
tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘lgan borliqni anglash
qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə