27
tiplari bo‘yicha bir birlaridan farq qiladi. Spiroxetalarga 3
ta patogen avlodlar
(treponema, borrella, leptospira) kiradi.
Bakteriologik surtma tayyorlash texnikasi.
Surtma tayyorlash
: Mikrob kulturasidan va
suyuq patologik materialdan
surtma tayyorlash. Buning uchun bir tomchi material bakterial qovuzloq yordamida
buyum oynasiga tomiziladi, aylanma xarakat bilan yupqa qilib yoyiladi.
Qondan surtma tayyorlash uchun buyum oynasining chekka qismiga bir tomchi
qon tomiziladi. Uning ustiga ikkinchi yassilangan oyna 45°C
li burchak ostida
joylashtiriladi va qon tomchisi surib boriladi. Keyin qonning yassi yuzaga tarqalishi
kutib turiladi. Surtmaning qalinligi surtmalar orasidagi burchak o‘tkirligiga bog‘liq.
To‘g‘ri tayyorlangan qon surtmasi qizg‘ish rangda bo‘lib, buyum oynasiga bir xil
qalinlikda tarqaladi.
Preparat tayyorlash uchun yog‘sizlantirilgan buyum
oynasiga bir tomchi suv
yoki natriy xlorning izotonik eritmasi tomiziladi va unga qovuzloq bilan
tekshirilayotgan material qo‘shilib, qovuzloq bilan yaxshilab aralashtiriladi, surtmani
diametri 1,0-1,5 sm. bo‘lishi kerak, agar surtma qalinligi bir tekisda bo‘lmasa,
mikroorganizmlarni alohida-alohida yotgan morfologik formalari ko‘rinmaydi. Agar
tekshirilayotgan material suyuq muhitda bo‘lsa, u holda uni qovuzloq bilan to‘g‘ridan
to‘g‘ri buyum oynasiga tomizilib surtma tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: