O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   243
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6 – rasm. Tayoqchasimon bakteriyalarning asosiy formalari: 1-ichak tayoqchasi; 2-diplobakteriyalar; 3-
streptobakteriyalar; 4-stretobatsillalar; 5,6-klostridiyalar; 7-bo’g’ma qo’zg’atuvchisi; 8-difteroidlar; 9-o’lat 
qo’zg’atuvchisi; 10-kokkabakteriyalar; 11-fuzobakteriyalar; 12-mikrobakteriya; 13-vibrionlar; 14-spirillalar; 
15-treponemalar 
Surtmada zanjirsimon bo‘lib joylashsa streptobakteriyalar (yumshoq shankr 
qo‘zg‘atuvchisi) spora hosil qilsa streptobatsillalar (antarokoidlar) deb ataladi. 
Surtmada rim raqamlarini eslatib yotishi mumkin (bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi), sigaret 
pachkasini eslatib turishi (moxov qo‘zg‘atuvchisi) mumkin. 
Burama, 
egilgan 
shaklli 
bakteriyalarga
-spirillalar, 
spiroxetalar, 
kampilobakteriya va xelikobakteriyalar kiradi. Spirillalar - spiral shakldagi bir necha 
buramadan iborat. Spirillalarni ko‘pchiligi saprofit, patogen turiga Sodoku kasalligi 
qo‘zg‘atuvchisi kiradi (kalamushlar tishlashi oqibatida yuqadi). Spiroxetalar 
spiralsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, spirallarini soni, bukilmalari va harakatlarini 


27 
tiplari bo‘yicha bir birlaridan farq qiladi. Spiroxetalarga 3 ta patogen avlodlar 
(treponema, borrella, leptospira) kiradi. 
 Bakteriologik surtma tayyorlash texnikasi. 
Surtma tayyorlash
: Mikrob kulturasidan va suyuq patologik materialdan 
surtma tayyorlash. Buning uchun bir tomchi material bakterial qovuzloq yordamida 
buyum oynasiga tomiziladi, aylanma xarakat bilan yupqa qilib yoyiladi. 
Qondan surtma tayyorlash uchun buyum oynasining chekka qismiga bir tomchi 
qon tomiziladi. Uning ustiga ikkinchi yassilangan oyna 45°C li burchak ostida 
joylashtiriladi va qon tomchisi surib boriladi. Keyin qonning yassi yuzaga tarqalishi 
kutib turiladi. Surtmaning qalinligi surtmalar orasidagi burchak o‘tkirligiga bog‘liq. 
To‘g‘ri tayyorlangan qon surtmasi qizg‘ish rangda bo‘lib, buyum oynasiga bir xil 
qalinlikda tarqaladi.
Preparat tayyorlash uchun yog‘sizlantirilgan buyum oynasiga bir tomchi suv 
yoki natriy xlorning izotonik eritmasi tomiziladi va unga qovuzloq bilan 
tekshirilayotgan material qo‘shilib, qovuzloq bilan yaxshilab aralashtiriladi, surtmani 
diametri 1,0-1,5 sm. bo‘lishi kerak, agar surtma qalinligi bir tekisda bo‘lmasa, 
mikroorganizmlarni alohida-alohida yotgan morfologik formalari ko‘rinmaydi. Agar 
tekshirilayotgan material suyuq muhitda bo‘lsa, u holda uni qovuzloq bilan to‘g‘ridan 
to‘g‘ri buyum oynasiga tomizilib surtma tayyorlanadi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə