O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Buyraksimon tog‘oracha va ko‘prikcha



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   243
3. Buyraksimon tog‘oracha va ko‘prikcha: 
buyum oynachasidagi 
mikroorganizmlarni yuvishda ishlatiladi. 
4. SHtativ: 
har-hil o‘lchamdagi probirkalarni va qovuzloqlarni qo‘yish uchun 
ishlatiladi. 
5. Buyum oynachasi: 
mikroorganizmlarni bo‘yash va surtma tayyorlashda 
ishlatiladi. 


20 
6. Qovuzloq (bakteriologik petlya
): mikroorganizmlarni bo‘yashda va oziq 
muxitlarga ekishda ishlatiladi. 
7
.
Kolbalar 
– ularning ichida distillangan suv bo‘ladi.
8
.
Spirt lampasi:
–laboratoriya asboblariga ish jarayonida xavodan mikrob 
tushmasligi uchun sterilizatsiya qilishda. fiksatsiya qilishda, buyum oynachasiga 
mikroorganizmlarni yopishtirish kabi vazifasini bajaradi. 
9
.
Probirkalar:
– ular 5 xil bo‘lib: 
1) katta probirka 
2) oddiy 
3) pretsipitatsion
4) agglyutinatsion
5) sentrifugal probirkalar mavjud. 
10

Planshetalar:
ular 2 xil: 1) 6 chuqurchali, 2) 96 chuqurchalik. Immunologik 
laboratoriyada lizotsim aktivligini aniqlash va qon zardobi tarkibidagi noma’lum 
antigen va antitelolarni aniqlashda ishlatiladi. 
11

Paster pipetkalari:
– hajm jihatidan har xil bo‘lib, malum miqdordagi 
ashyoni oziq muxitlarga solishda ishlatiladi. 
Bakteriologik laboratoriyada epidemiyaga karshi rejim qoidasi. 
1.
Kafedrada shahar, viloyat sog‘likni saqlash boshqarmasi epidemiyaga qarshi 
rejim komissiyasining patogen mikroorganizmlar bilan ishlashga yozma 
ruxsatnomasi bo‘lishi zarur. 
2.
Kafedraga kirish joyi alohida bo‘lib, boshqa kafedralarning kirish joylari 
bilan bog‘lanmagan bo‘lishi shart. Kafedra xududi orqali boshqa kafedralarga o‘tib-
qaytish qatiyan man etiladi. 
3. 
Kafedraga kiraverishda tashqaridan kelganlarning poyafzallarini tozalash 
uchun metaldan yasalgan maxsus moslama va xo‘llangan latta (ostonada) bo‘lishi va 
maxsus moslama har kuni, yog‘ingarchilik paytida esa ifloslanish darajasiga qarab 
tozalanib turishi kerak.


21 
4. 
Mikrobiologik, immunologik va mikologik laboratoriyalar, shuningdek 
bokslar alohida xonalarda joylashgan bo‘lishi va kirish eshiklari alohida bo‘lishi 
shart. 
Ushbu xonalarda ovqat tayyorlash, ovqatlanish, suv ichish, chekish, kosmetik 
bo‘yanish buyumlaridan foydalanish, kiyimlarni ilib qo‘yish (maxsus xalatlardan 
tashqari), behuda kirib chiqish qatiyan man etiladi. Bu xonalarda ishlayotganda 
tegishli epidemiyaga qarshi qoidalarga rioya qilinishiga kafedra mudiri va katta 
laborant javobgardirlar. 
5.
Kafedra o‘quv xonalari va laboratoriyalarda suv bo‘lmasa, ishlash qatiyan 
man etiladi, shuningdek, elektrni o‘chirib qo‘yish xam mumkin emas, chunki 
muzlatgich va termostatlar doimo ishlab turishi lozim. 
6.
Har bir o‘quv xonasi va laboratoriyalarda alohida suv jo‘mraklari (issiq va 
sovuq suvlar uchun), sovun, “elektr sochiq” (quritgich) va maxsus idishda 
dezinfeksiyalovchi eritma bo‘lishi shart. Agar “elektr sochiq” o‘rnatishning iloji 
bo‘lmasa, odatdagi sochiqlardan tegishli gigienik va epidemiyaga qarshi rejim 
qoidalariga amal qilgan holda foydalanish mumkin. 
7. 
Har bir o‘quv xonasi, laboratoriyalar va boshqa xonalardagi stol, kursilarning 
yuzlari silliq bo‘lishi (tirqishlari va boshqa xil nuqsonlari bo‘lmasligi) lozim. Agar 
ularning tirqishlari yoki boshqa xil nuqsonlari bo‘lsa ustiga polietilen yoping‘ich 
bilan yopib qo‘yiladi. Xonalar, laboratoriyalar va koridorlarda osib qo‘yilgan devoriy 
ko‘rgazmalar ham polietilen yopingich bilan o‘rab qo‘yilishi shart. 
8.
Har bir ish kunida laborantlar xonalar va laboratoriyalarni 15-30 minut 
davomida kvars lampalari bilan nurlantirishlari, keyin esa stol, stol va xonadagi 
asbob-anjomlarni dezinfeksiyalovchi eritma bilan, mikroskoplarni esa 70% li etil 
spirti bilan artib chiqishlari lozim. Kafedra farroshi esa polni xloraminli suvda yuvib 
chiqishi kerak. 
9.
Har xaftaning so‘nggi ish kunida mukammal, butun kafedra bo‘yicha artib 
– tozalash ishlari (devorlar, eshiklar, derazalar va ularning oynalari, tokchalari, 
stollar, kursilar bilan birgalikda) tegishli dezinfeksiyalovchi eritmalarni qo‘llagan 
holda olib borilish shart. 


22 
10.
Kasallikka chalingan yoki biror kasallik tufayli organizmi zararlangan 
kafedra xodimlari ishga, talabalar esa mashg‘ulotlarga qo‘yilmaydi (ayniqsa nafas
yo‘llari va teri kasalliklari – piodermiyalar va mikozlar bilan kasallanganlar). 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə