O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Bakteriologik laboratoriya jihozlari



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243
Bakteriologik laboratoriya jihozlari. 
Mikroskopning tuzilishi 
Mikrobiologik tekshiruvlar uchun mikroskoplarning bir necha turlari (biologik, 
lyuminessent, elektron) va mikroskopda ko‘rishning maxsus usullari va moslamalari 
(fazo-kontrast, qorong‘i ko‘ruv maydoni) dan foydalaniladi. 
Biologik mikroskop. 
Mikrobiologiya amaliyotida hozirgi kunda ishlab 
chiqarilgan ko‘plab mikroskoplar qo‘llaniladi (MBR-1, MBI-1, MBI-2, MBI-3, MBI-
6, Biolam P-l va boshqalar). Ular turli mikroorganizmlarning shakli, tuzilishi
o‘lchami, harakati va boshqa belgilarini aniqlash va kattaligi 0,2—0,3 mkm dan 
kichik bo‘lgan mikroorganizmlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan.
Bakteriologik amaliyotda ko‘proq Biolam monokulyar yoki binokulyar 
mikroskoplaridan foydalaniladi (2 –rasm). 
Mikroskop ikkita optik va mexanik qismlardan tashkil topgan. Optik qismiga 
mikroskop pastida joylashgan ob’ektivlar kiradi. Ular ob’ektni katta qilib 
ko‘rsatuvchi va optik kamchiliklarni to‘g‘rilovchi linzalardan iborat. Ob’ektivlar 
quruq va immersion sistemaga (immersia — qamrab olish) bo‘linadi. Biolam 
mikroskoplarda uchta quruq va bitta immersion ob’ektiv bor. Har bir ob’ektiv ustida 
ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozilgan. 
1) x8, 20,40. 90 yoki 100:
2) sonli apertura;
3) zavodda chiqarilgan nomeri. Bular bilan bir qatorda immersion ob’ektivlarda 
90 va qo‘shimcha IO yoki MI (immersion ob’ektiv yoki moyli immersiya) harfli 
indeks yozilgan, hamda ob’ektivning pastki qismida qora chiziq o‘tkazilgan. 
Immersion ob’ektivning to‘g‘riga yo‘naltirilgan (frontal) linzasi kalta fokus 
oralig‘iga ega (f + l,5—3 mm). Mikroskop orqali ko‘rilayotganda linza oldindan 


17 
tomizilgan moyga botiriladi. Immersion moyning nurni sindirish ko‘rsatkichi (1,52), 
oynaning sindirish ko‘rsatkichiga yaqin. Bunda ob’ektivga tushayotgan nurlar to‘liq 
saqlanadi. 
Immersion mikroskop 0,2 mkm dan kichik bo‘lgan ob’ektlarni ko‘rsata olish 
qobiliyatiga ega. Mikroskopning umumiy kattalashtirish imkoniyatini aniqlash uchun 
ob’ektivning kattalashtirishini okulyarning kattalashtirishiga ko‘paytiriladi. Masalan, 
immersion ob’ektivi 100 va okulyari 10 bo‘lgan mikroskopning kattalashtirish 
quyidagicha 100 x 10 -1000 marta. Immersion sistemadagi nurlarning yo‘nalishi 
yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə