O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


hayvonlar 9. Viruslar 10. Prionlar



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
hayvonlar 9. Viruslar 10. Prionlar. 


13 
Bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalarni tashkil qilish.
Bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalar sanitariya epidemiologik 
stansiyalar (DSENM) tarkibida, yirik shifoxonalarda va tibbiyot oliygohlarida 
(talabalar bilan mashg‘ulot o‘tish uchun) tashkil qilinadi. Bu laboratoriyalarda 
bemorlardan olingan patologik materiallar asosida bakteriologik, virusologik va 
serologik tekshiruvlar o‘tkaziladi. SHu bilan bir qatorda bu laboratoriyalarda 
bakteriya tashib yuruvchilar ko‘rikdan o‘tkaziladi, hamda suv, havo, tuproq, oziq-
ovqat mahsulotlari va turli buyumlar ham sanitariya bakteriologik tekshiruvdan 
o‘tkaziladi.
Kasalxonalar tarkibidagi bakteriologik, serologik laboratoriyalarda 3 va 4 guruh 
yuqumli kasalliklar (ichak, havo tomchi, yiringli infeksiyalar) tashxisi uchun 
tekshiruvlar o‘tkaziladi. SHu bilan bir qatorda shifoxonaning sanitariya gigiena 
holatiga baho berishda, sterillash va dezinfeksiya sifatlari ham muntazam tekshirib 
boriladi. 
O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (o‘lat, brutsellyoz, kuydirgi, tulyaremiya va b.) 
qo‘zg‘atuvchilari diagnostikasi maxsus laboratoriyalarda olib boriladi. 
Virusologik laboratoriyalar Respublika, shahar, viloyat DSNM (SES) lar 
tarkibida va virusologiya ilmiy tekshirish institutida tashkil qilingan. Bu 
laboratoriyalarda viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar (gripp, poliomielit, qizamiq 
va boshqalar) xlamidiya (ornitoz va boshqalar) va rikketsiyalar chaqiruvchi 
kasalliklarga (toshmali tif, Ku – isitmasi va boshqalar) tashxis qo‘yiladi. Virusologik 
laboratoriyalarni tashkil etish va jihozlashda viruslar, hujayra kulturalari, tovuq 
embrionlari va laboratoriya hayvonlari bilan ishlash uchun maxsus bokslar ko‘zda 
tutiladi va juda qattiq aseptik sharoitlar talab etilishi xisobga olinadi. 
Laboratoriyalarni tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash 
Vazirligi qoshidagi rejim xa’yatining talab qoidalariga qattiq amal qilinadi. Ishning 
hajmi va maqsadlaridan kelib chiqgan holda laboratoriyalarda bir necha xonalarga 
joylashgan bo‘lishi kerak, ya’ni:
a )analizlarni ro‘yxatga olish va ularning javobini berish uchun xona; 


14 
b) ayrim bakteriyalar guruhi (ichak, havo tomchi, sanitariya va bosh.) bilan 
ishlash uchun xonalar; 
v) steril materiallar bilan ishlash uchun bokslar; 
g) serologik tekshirishlar o‘tkazish uchun xona; 
d) oziqli muhitni tayyorlash, sterillash uchun xona; 
z) idishlarni yuvish uchun alohida xonalar; 
j) sog‘lom va tajriba qilinayotgan hayvonlar va ularni saqlash uchun xona 
(vivariya).
Virusologik laboratoriyalarida yuqorida ko‘rsatilgan xonalardan tashqari yana 
tekshiriladigan materialga maxsus ishlov berish va hujayra kulturalari bilan ishlash 
uchun alohida bokslar mavjud bo‘lishi shart. 
Bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalar hozirgi kunda quyidagi 
zamonaviy asboblar va anjomlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak, ya’ni: biologik 
va qo‘shimcha moslamali (yorug‘lik beruvchi, fazo-kontrast) lyuminessent, elektron 
mikroskoplar, termostat, anaerostat, sterillash uchun asboblar (avtoklav, quritish, 
sterillash shkafi), suv xammomi, rN-metrlar, distillangan suv tayyorlaydigan asboblar 
(distillyator), sentrifugalar, texnik, analitik tarozilar, filtrlaydigan asboblar (Zeyts 
filtri va boshqalar), xolodilniklar, paxta-dokali probkalar tayyorlaydigan apparat
asboblar to‘plami (bakteriologik qovuzloqlar, shpatellar, ignalar, pinset, avtomatik 
mikropipetkalar va boshqalar), laboratoriya idishi (probirkalar, kolbalar, Petri 
kosachalari, matratslar, flakonlar, ampulalar, Paster pipetkasi va belgilangan 
pipetkalar) va boshqalar bilan ta’minlangan. Zamonaviy yirik laboratoriyalarda 
bakteriyalarning identifikatsiya (saralash) qilishda kompyuterli programmalar 
mavjud. SHu bilan bir qatorda serologik, virusologik laboratoriyalarda 
immunoferment, immunobloting tekshirish uchun asbob anjomlar va Polimerza 
zanjirli reaksiyasi uchun apparat zarur. 
Laboratoriyada mikroskopik preparatlarni bo‘yash uchun alohida joy ajratilgan 
bo‘ladi. Bu erda bo‘yoqlar eritmasi, spirt, kislotalar, reaktivlar filtr qog‘oz va 
boshqalar mavjud. Har bir ish joyida gaz yoki spirtli gorelkalar va dezinfeksiya 
eritmasi solingan shisha idishlar bilan ta’minlanadi. Kundalik ish uchun 


15 
laboratoriyada etarli miqdorda oziqli muhitlar, kimyoviy reaktivlar, diagnostik 
preparatlar va boshqa kerakli narsalar bo‘lishi zarur. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə