O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Bakteriologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
Bakteriologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari: 
Mavjud bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalarda yuqumli 
kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi, ya’ni patogen mikroorganizmlar bilan ish olib boriladi. 
SHuning uchun laboratoriyada ishlashning ichki tartib qoidalariga qat’iy (xodimlar va 
talabalar) rioya qilishlari zarur. 
1. Laboratoriyalarga patologik materiallarni qabul qilish va bakteriologik 
ishlarni bajarilishida bir tomonga yo‘naltirilgan oqim qoidalariga qa’tiy rioya 
qilinishi kerak.
2. Laboratoriyaning barcha xodimlari oq xalat, oq qalpoqcha yoki oq ro‘molcha 
o‘rab, maxsus almashtiriladigan oyoq kiyimida ishlashlari kerak. Laboratoriyaga 
halatsiz kirish mutloqa mumkin emas. Zarur hollarda xodimlar yuzlariga dokadan 
tayyorlangan niqoblar bilan ishlashlari mumkin. Virusologik va o‘ta hafli maxsus 
rejimli laboratoriyalarda xodimlar maxsus qabul qilingan qo‘llanmalarga rioya qilgan 
holda ishlashadi. 
3. Patologik materiallarni qabul qilish, ekish va serologik muolajalarni 
bajarishda xodimlar albatta rezina qo‘lqop bilan ishlashlari zarur. 
4. Laboratoriyada chekish, ovqatlanish qa’tiy man qilinadi. Ovqatlanish, dam 
olish va echinish uchun maxsus xonalar ajratiladi. 
5. Favqulotda yuqumli materiallar ish stoliga, polga va boshqa joylarga tushsa, 
bu joy dezinfeksiya qiluvchi eritma bilan yaxshilab zararsizlantirilishi zarur. 
6. Mikroorganizm kulturalarini saqlash, kuzatish va ularni o‘ldirish maxsus 
qo‘llanmalar asosida olib borilishi lozim. Barcha laboratoriyaga kelgan patogen 
materiallar, ajratib olingan mikrob shtammlari maxsus daftarlarga ro‘yhatga olinadi. 
7. Ishni tamomlagach, ish joyi tartibga keltiriladi va qo‘lni yaxshilab yuvish
kerak xollarda, dezinfeksiya qiluvchi eritmalardan foydalanish lozim.
8. Har bir talaba o‘quv laboratoriyasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerak. 
9. Mashg‘ulot uchun berilgan materiallarni navbatchi talaba qabul qilib oladi va 
o‘qituvchi nazoratida talabalarga tarqatadi. 


16 
10. Mashg‘ulot ohirida talabalar ishlatilgan materiallarni navbatchi talabaga, 
navbatchi talaba kafedra laborantiga topshiradi. 
11. Mashg‘ulot oxirida talabalar o‘z ish joylarini tartibga keltirishadi, qo‘llarini 
sovun bilan yuvishadi, mashg‘ulot bo‘yicha qilingan ishlar bayonnomalari va rasmlar 
chizilgan daftarga o‘qituvchi imzosini qo‘ydiradi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə