O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
 
 
 



So‘z boshi 
1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoyishga 
binoan Oliy hamshiralik yo‘nalishi tashkil qilindi. 
5510700 - “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni 
tayyorlashdan maqsad sog‘liqni saqlash tizimini yuqori malakali, har tomonlama etuk 
mutaxassislar bilan ta’minlashdir. 
Mikrobiologiya va immunologiya fani 1 bosqich oliy hamshiralik ishi bo‘limi
talabalariga 1 semestrda o‘qitiladi. Bu fanni o‘tishda talabalar mavzular bo‘yicha 
namunaviy dasturda belgilangan reja asosida ma’ruzalar eshitishadi. O‘quv qo‘llanma
umumiy va xususiy mikrobiologiya qismlarini o‘z ichiga olib, bu qismlar xam o‘z 
navbatida muayyan mavzularga bo‘lingan. Talabalar amaliy mashg‘ulotlarda 
o‘rganib chiqadigan mavzular, tayyorlash uchun savollar, mashg‘ulotlarni o‘tkazish 
uchun zarur bo‘lgan materiallar va uskunalar haqida ma’lumotlar, shuningdek o‘quv 
qo‘llanma topshiriqlarni bajarish jarayonini tavsifi va talaba bajarishi ko‘zda tutilgan 
mustaqil ishlar xajmi, interfaol usullar, vaziyatli masalalar kabi masalalarni o‘z 
ichiga qamrab olgan. Ko‘pgina mavzularga bir tipdagi topshiriqlarni bajarish va 
olinajak natijalarni to‘g‘ri aniqlashda muxim metodik ahamiyatga ega bo‘lgan 
ko‘rgazmali materiallar xam ilova qilingan. 
Tibbiyot akademiyasi va oliygohlarida ta’lim olayotgan talabalarning 
mikrobiologiya va immunologiya fanlaridan olayotgan nazariy bilimlarini 
mustahkamlash, uni xotirada saqlanib qolish muddatini uzaytirish va tibbiy 
amaliyotda qo‘llash darajasida malaka qolishi uchun qo‘plab pedagogik usullar taklif 
etilgan. 
Mikrobiologiya va immunologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlarda yangi 
interfaol usullarni qo‘llash o‘qituvchilardan ko‘p mehnat, mahorat, bilimlilik, 
izlanuvchanlik talab qiladi. CHunki har bir mashg‘ulotga u mavzuga oid ko‘plab 
vaziyatli masalalar, muammoli savollar, qiziqarli krossvordlar, mulyaj, maketlar, 
rangli tablitsalar va shu bilan birga o‘qitishning yangi dasturini tayyorlaydi, kichik 
guruhlarda ishlash uchun ma’lumotlarni beruvchi materiallar to‘playdi. 


10 
O‘quv qo‘llanmada bakteriyalar, viruslar, rikkketsiyalar, spiroxetalar, 
xlamidiyalar, 
mikoplazmalar, 
zamburug‘lar, sodda jonivorlar va boshqa 
mikroorganizmlar qo‘zg‘atadigan kasalliklar, ularni bakteriologik, virusologik va 
immunologik, serologik tekshirish usullari bayon etildi. 
Maruzalarda olingan malumotlar amaliy ishlarni bajarish paytida talabalar 
bilimini yanada chukurlashtirishga yordam beradi. Xar bir amaliy mashg‘ulotlar
davomida talabalarni nazariy bilimlari tekshirib boriladi, ya’ni mavzular bo‘yicha 
javob berish va amaliy ishlarda surtma tayyorlash, mikrob kulturalarini ekish, sof 
kulturalarini olish, serologik reaksiyalar qo‘yish, kabi ishlar bajariladi. Bajarilgan 
amaliy ishlar xisobga olingan xolda, talabaning nazariy bilimi bilan qo‘shib 
baholanadi. Amaliy ishlarni kanday bajarishni o‘qituvchi tushuntirib beradi va 
nazorat qilib turadi, ish barcha texnika xavfsizligi, aseptika koidalariga rioya kilgan 
holda bajariladi. Nazariy bilim bilan amaliy ishlarni bajarish mikrobiologiya, 
virusologiya va immunologiya fanlarini yanada o‘zlashtirishga talabalarga yordam 
beradi. 
Bo‘lajak oliy ma’lumotli hamshiralar faoliyatini hisobga olib, o‘quv qo‘llanmada 
inson organizmi, tuproq, suv va xavo mikroflorasi, kimyoterapevtik dorivor 
xomashyolar va tayyor dori-darmonlarning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, 
sanitar ko‘rsatkichli mikroorganizmlar, ularni aniqlash va xar xil ob’ektlar yoki tibbiy 
preparatlarda qo‘llanilish normativlari haqida ham zarur ma’lumotlar hamda 
asseptika, antiseptika, sterilizatsiya va dezinfeksiya masalalari ko‘rib chiqilgan. 
Ushbu o‘quv-qo‘llanmada mikrobiologiya va immunologiya fanidan amaliy 
mashg‘ulotlarda umumiy va xususiy mikrobiologiya bo‘limlari bo‘yicha namunaviy 
dasturdagi mavjud barcha mavzular qamrab olingan, shuningdek, taklif etilayotgan 
barcha yangi interfaol usullar kafedramizda ko‘p yillardan beri sinovdan o‘tib 
kelmoqda. Ushbu yangi interfaol usullar o‘qituvchilar va talabalardan o‘z ustida 
mustaqil ishlashni, ma’lumotga boy materiallar yig‘ib, texnik vasitalardan 
foydalanishni o‘rgatadi.


11 
Barcha vaziyatli masalalar, amaliy o‘yinlar va yangi interfaol usullar talabalar 
tomonidan to‘liq o‘zlashtira olinishiga ishonch hosil qilingandan so‘ng ushbu 
to‘plamga kiritildi va taqdim etilmoqda. 
 
Muallif ushbu uslubiy qo‘lanmani tuzish va chop etishda ko‘rsatgan nazariy va 
amaliy yordami uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi mikrobiologiya, virusologiya 
va immunologiya kafedrasi professori, Rossiya tibbiy-texnik akademiyasi akademigi, 
tibbiyot fanlari doktori 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə