O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Bakteriya hujayrasining ulturastrukturasi



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   243
Bakteriya hujayrasining ulturastrukturasi 
Bakteriya hujayrasining hozirgi kunda yaxshi o‘rganilgan tarkibiga quyidagilar 
kiradi: hujayra qobig‘i, sitoplazma va tashqi strukturalari. 
Hujayra qobig‘i tarkibiga o‘z navbatida kapsula, hujayra devori va 
sitoplazmatik membrana kiradi. Sitoplazmada esa nukleoid, ribosoma va kiritmalar 
joylashgan. (11-rasm). Ayrim bakteriyalarda tashqi strukturalar, xivchinlari va 
tukchalari mavjud. Bir qator bakteriyalar sporalar hosil qiladi. Sporasi bakteriya 
tanasini o‘lchamidan kichik bo‘lishi mumkin (Bacillus) va tana o‘lchamidan katta 
bo‘lishi mumkin (Clostridium–so‘zi yunoncha bo‘lib urchuq, duksimon ma’nosini 
anglatadi). Sporasi hujayrada terminal, subterminal yoki markaziy tarzda joylashadi.
 
Bakteriyalarni hujayra devori 
- mustahkam, qayishqoq struktura birligi bo‘lib, 
bakteriya hujayrasini tashqi tomondan sitoplazmatik membrana bilan o‘rab turadi.
11- rasm. 


33 
Prokariot hujayra devori o‘zining tuzilishi va kimyoviy tarkibi bilan eukariot 
hujayralarning hujayra devoridan farq qiladi. Hujayra devorini asosiy tarkibidan biri 
prokariotlarda peptidoglikan (murein, mukopeptid) hisoblanadi. Eukariot va boshqa 
hujayralarda bu mukopeptid uchramaydi. Peptidoglikan bir –biri bilan paralell 
joylashgan, qaytalanib keluvchi, glikozidli bog‘lar bilan bog‘lanuvchi N- 
atsetilglyukozamin va N-atsetilmuramin kislotalar qoldig‘idan iborat, murakkab 
polisaxarid hisoblanadi (rasm 12). Bakteriya hujayrasi devorini kimyoviy tarkibi va 
tuzilishi ma’lum tur bakteriyalar uchun doimiy hisoblanib, muhim diagnostik 
ahamiyatga ega. Hujayra tuzilishiga qarab prokariotlarga kiruvchi eubakteriyalar 
ikkita katta guruhga bo‘linadi. Agar, fiksatsiya qilingan eubakteriya hujayrasi oldin 
kristal fiolet va keyin yod bilan ishlov berilsa, bo‘yalgan kompleks xosil bo‘ladi. 
Keyingi bosqichlarida eubakteriyani spirt bilan ishlov bersak, hujayra devorini 
strukturasiga qarab hosil bo‘lgan kompleksni taqdiri ikki ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchi 
gruppa gram musbat deb nomlanuvchi bakteriyalarda kompleks spirtda yuvilib 
ketmaydi, binafsha rangi saqlanib qoladi. Grammanfiy eubakteriyalarda esa spirtda 
kompleks yuvilib ketadi va rangsizlanadi. Ma’lum bo‘lishicha kompleks 
eubakteriyalarni protoplastida hosil bo‘ladi, lekin spirt bilan keyinchalik yuvilib 
ketishi, yoki, ketmasligi hujayra devorini strukturasiga bog‘liq ekan. Gram musbat va 
gram manfiy bakteriyalarninig hujayra devori o‘zining kimyoviy tarkibi (jadval 1)
va strukturasi bilan (rasm 11,12)
farq qiladi.

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə