Diagnostik ob'yektlar bo'yicha qoldiq resursini va diagnostik parametrlar xarakteristikalarini aniqlash Reja



Yüklə 31,11 Kb.
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü31,11 Kb.
#161755
  1   2   3   4   5   6
Diagnostik ob\'yektlar bo\'yicha qoldiq resursini va diagnostik parametrlar xarakteristikalarini aniqlash


Diagnostik ob'yektlar bo'yicha qoldiq resursini va diagnostik parametrlar xarakteristikalarini aniqlash
Reja:

1 Tuzilmaviy parametr, tashqi belgi (simptom) va diagnostik


parametr tushunchalari.
2 Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning o‘zaro bog‘lanishlari.
3 Diagnostik parametrlarning tasnifi.


1 Tuzilmaviy parametr, tashqi belgi (simptom) va diagnostik parametr tushunchalari
Transport vositasi, uning uzeli, agregatining tuzilishi, tuzilmaviy elementlarning bir-biriga ta’siri va bog‘liqligi tuzilmaviy (strukturaviy) deb atalgan parametrlar bilan tavsiflanadi va baholanadi. Bu bog‘liqlik fizik miqdorlar orqali ifodalanadi (tortish kuchi, bosim, tebranish amplitudasi, tovush kuchi, tok kuchi, harorat va h. k). Tuzilmaviy parametrlar ko‘p hollarda Ob’ektning texnik holatini (masalan, eyilganlik, birikmadagi tirqish) bevosita tavsiflaydi. Tuzilmaviy parametrlarni o‘lchash, odatda, oddiy asbob yordamida bajariladi, aniqlik va haqiqiylik bilan tavsiflanadi. O‘lchash natijasi diagnostikalash Ob’ekti texnik holati o‘zgarishi sabablariga bevosita bog‘liq. Tuzilmaviy parametr qiymati bo‘yicha Ob’ekt texnik holatini baholash mumkin.
Tuzilmaviy parametrlarni, ko‘p hollarda, diagnostikalash Ob’ektini bo‘laklarga ajratmasdan turib o‘lchab bo‘lmaydi. Bo‘laklarga ajratish diagnostikalash mehnat hajmining o‘sishiga va qoldiq resursning kamayishiga olib keladi, chunki ajratish-yig‘ish jarayonidan so‘ng o‘zaro ta’sirdagi detallarning yana moslashuv davri boshlanadi, bu davr esa jadal yeyilish bilan tavsiflanadi (10.1-rasm). Tuzilmaviy parametrlar yordamida murakkab Ob’ektlar texnik holatini kompleks baholashning imkoni yo‘q.
Transport vositasi texnik holatini baholash uchun tuzilmaviy parametrlarni bevosita o‘lchash imkoniyati cheklanganligi sababli diagnostik parametrlardan foydalaniladi. Ular Ob’ekt texnik holatini aniqlash imkonini beradi va o‘lchashlarni ko‘proq qulaylik bilan o‘tkazish bilan tavsiflanadi. Diagnostik parametrlar buzilish (nosozliklar)ning bilvosita ko‘rinishidir. Diagnostik parametr qiymatini Ob’ektini bo‘laklarga ajratmasdan turib aniqlash mumkin (masalan, moy bosimi, harorat, ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidi miqdori va h.k.).


Yüklə 31,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə