Diagnostik ob'yektlar bo'yicha qoldiq resursini va diagnostik parametrlar xarakteristikalarini aniqlash Reja



Yüklə 31,11 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü31,11 Kb.
#161755
1   2   3   4   5   6
Diagnostik ob\'yektlar bo\'yicha qoldiq resursini va diagnostik parametrlar xarakteristikalarini aniqlash

Sezuvchanlik xususiyati. Diagnostik parametr (S)ning sezuvchanligi – bu, uning aniqroq o‘lchash uchun tuzilmaviy parametr (y) o‘zgarganda o‘zining qiymatini yetarlicha o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lish xususiyatidir. Diagnostik parametrlarning sezuvchanligini baholash uchun sezuvchanlik koeffitsienti (Ks) qo‘llaniladi, u tegishli tuzilmaviy parametr (dY) o‘zgarishiga mos keladigan diagnostik parametrning orttirmasi (dS)ni aniqlaydi:



(10.1)

Diagnostik parametr orttirmasi (S)ning son qiymati uning boshlang‘ich va chegaraviy qiymatlari oralig‘idagi nisbiy o‘zgarishlar bilan aniqlanadi:




(10.2)

bu yerda: Sch va Sb – diagnostik parametrning chegaraviy va boshlang‘ich qiymatlari.

10.3-rasmdan ko‘rinib turganidek, (1) bog‘lanish sezuvchanligi (2) bog‘lanish sezuvchanligidan yuqoriroq.


Bir ma’nolilik xususiyati. Diagnostik parametrning bir ma’noliligi – bu, uning bitta qiymatiga tuzilmaviy parametrning faqat bitta qiymati to‘g‘ri kelishi xususiyatidir. Diagnostik parametrning bir ma’noliligi uning tuzilmaviy parametrdan bog‘liqligining o‘sishdan ozayishga yoki aksincha, ozayishdan o‘sishga o‘tishning yo‘qligini bildiradi. Bir ma’nolilik sharti:



(10.3)

11.4-rasmda bir ma’noli va ko‘p ma’noli bog‘lanishlar keltirilgan. Rasmdagi 3-chiziq -A nuqtasida ga ega dS/dY=0. Shuning uchun Sj ga ikkita har xil tuzilmaviy parametrlar to‘g‘ri keladi, bu esa bir ma’noda diagnoz qo‘yish imkonini bermaydi.
Barqarorlik xususiyati. Diagnostik parametrning barqarorligi – bu, uning bir xil o‘lchash sharoitlarida o‘rtacha miqdorda og‘ishni kamaytirish qobiliyatini tavsiflaydigan xususiyati. Barqarorlik o‘rtacha kvadratik og‘ish (S) orqali baholanadi:





(10.4)

bu yerda: Si – i-o‘lchashdagi diagnostik parametr qiymati; – diagnostik parametrning i - o‘lchovlardan keyingi o‘rtacha miqdori; n -o‘lchovlar soni.
Bir xil diagnostik parametrlar diagnostikalash Ob’ektining aniq nosozligini ko‘rsatsa, boshqalari uning texnik holatini umumlashgan holda tavsiflaydi. Murakkab Ob’ektlarni diagnostikalashda bir necha diagnostik parametrlarni o‘lchash zaruriyati tug‘iladi, ulardan har biri nosozlikning keyingi qidirish yo‘nalishini oydinlashtiradi va uni aniqlashni yaqinlashtiradi (10.5-rasm). Diagnostik parametrlar diagnostikalash Ob’ekti texnik holati noaniqligini pasaytirish imkoniyati bo‘yicha miqdoran farqlanadi.

Diagnostik parametrning beqarorligi uning Ob’ekt texnik holatini baholash aniqligini pasaytiradi.



Yüklə 31,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə