Diagnostik ob'yektlar bo'yicha qoldiq resursini va diagnostik parametrlar xarakteristikalarini aniqlash Reja



Yüklə 31,11 Kb.
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü31,11 Kb.
#161755
1   2   3   4   5   6
Diagnostik ob\'yektlar bo\'yicha qoldiq resursini va diagnostik parametrlar xarakteristikalarini aniqlash

Diagnostik parametr – bu transport vositasi, uning agregat va uzellari texnik holatining miqdoriy qiymatini bilvosita belgi (simptom)lar bo‘yicha bo‘laklarga ajratmasdan turib aniqlanadigan sifatli o‘lchovidir. Diagnostik parametrlar tuzilmaviy parametrlar bilan bog‘langan bo‘lib, Ob’ektning texnik holati to‘g‘risida kerakli ma’lumot beradi.
Har qanday Ob’ektning chiqish jarayonlari ikkiga bo‘linadi:
1) ishchi jarayonlar - Ob’ektning ish funksiyalarini belgilaydigan jarayonlar (masalan, dvigatelda yonilg‘i va boshqa ekspluatatsion materiallarni sarflash, energiya ishlab chiqarish, ishlatilgan gazlarni chiqarib tashlash) va h.k;
2) birga sodir bo‘ladigan (hamroh) jarayonlar – ishchi jarayonlar bilan bir yo‘lakay paydo bo‘ladigan jarayonlar (tebranishlar, urilishlar, issiqlik chiqarish va h.k.). Bunday jarayonlar xarakteristikalari va parametrlarini kuzatish va tashqaridan o‘lchash mumkin. Ishchi va hamroh jarayonlar va ularning hosilalari parametrlari diagnostik parametrlar bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Transport vositasi texnik diagnostikasi nazariyasi va amaliyoti chiqish xarakteristikalari parametrlari miqdorlarining Ob’ekt tuzilmaviy parametrlariga bog‘liqligiga asoslangan.
Ishchi yoki birga sodir bo‘ladigan (hamroh) chiqish jarayonlarini Ob’ektning nosoz texnik holatidan darak beruvchi bilvosita tashqi belgi (simptom) deb qarash mumkin.
2 Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning o‘zaro bog‘lanishlari
Tuzilmaviy va diagnostik parametrlar o‘rtasidagi bog‘lanish turlari diagnostikalashning u yoki bu vazifalarini yechish imkoniyatiga ta’sir etadi, diagnostik parametrlarning serma’noliligini tavsiflaydi va parametrlarni o‘lchash navbati hamda olinayotgan axborotga ishlov berish usuliga ta’sir ko‘rsatadi. Bog‘lanish turlari va ularga tegishli misollar 10.2-rasmda keltirilgan. Sodda bog‘lanishlar bitta diagnostik parametrning o‘zgarishi bo‘yicha bitta tuzilmaviy parametrning o‘zgarishi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ko‘p miqdorli aloqalarning borligi bir necha diagnostik axborotni tahlil etish, texnik holat to‘g‘risidagi ma’lumotni aniqlash va takrorlash, mazkur sharoitlarda o‘lchash uchun eng texnologik parametrlarni tanlashga imkoniyat yaratadi. Tuzilmaviy parametr bilan noaniq bog‘lanishlarda bo‘lgan diagnostik parametrdan, diagnostikalash vaqtini qisqartirish va texnik holat nazorati vazifasini o‘z vaqtida yechishda foydalanilishi mumkin.

Yüklə 31,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə