Diagnostik ob'yektlar bo'yicha qoldiq resursini va diagnostik parametrlar xarakteristikalarini aniqlash Reja



Yüklə 31,11 Kb.
səhifə6/6
tarix27.12.2023
ölçüsü31,11 Kb.
#161755
1   2   3   4   5   6
Diagnostik ob\'yektlar bo\'yicha qoldiq resursini va diagnostik parametrlar xarakteristikalarini aniqlash

Chegaraviy me’yor (Sch) – Ob’ektning shunday miqdoriki, unga yetishgandan keyin diagnostikalash Ob’ektining ekspluatatsiyasi xavfsizlik, iqtisodiy samaradorlik yoki ekspluatatsiyani davom ettirish nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi (ayrim hollarda esa imkoni bo‘lmaydi). Bu me’yor davlat standartlari talablarida va texnik hujjatlarda keltiriladi.
Diagnostika o‘tkazish va profilaktik xizmatlarning davriyligini hamda diagnostik parametrni o‘lchash vaqtidan texnik ta’sir o‘tkazish vaqtigacha tuzilmaviy va diagnostik parametr o‘zgarishlarining ehtimollik xarakterini hisobga olgan holda ishlash davomiyligining qandaydir zaxirasi zarur.
Avvalgi diagnostikalashda o‘lchangan diagnostik parametrning miqdori chegaraviy miqdorga yetmaganligini va nazoratlar oralig‘ida bu qiymatning me’yorlangan miqdordan oshib ketganligini ko‘rsatishi mumkin. Shu munosabat bilan transport vositalari ekspluatatsiyasida parametrning chegaraviy qiymati o‘rniga diagnostik parametrning ruxsat etilgan chegaraviy qiymatidan foydalaniladi.
Chegaraviy va ruxsat etilgan chegaraviy parametrlar qiymatlari orasidagi farq nazoratlar oralig‘ida berilgan buzilmasdan ishlash ehtimolligi darajasini ta’minlaydigan “zaxira”ni tashkil etadi (11.6-rasm).
Yo‘l qo‘yilgan me’yor (Syq) – ekspluatatsiya jarayonida diagnostikalashda ko‘p hollarda diagnostik parametrning ruxsat etilgan chegaraviy qiymatidan foydalaniladi. Yo‘l qo‘yilgan me’yor asosida Ob’ekt holatiga diagnoz qo‘yiladi va ekspluatatsiyani davom ettirish, profilaktik ta’sir yoki ta’mirlash ishlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
6 Diagnostik parametr me’yorlari asosida diagnoz qo‘yish
Diagnostikalash Ob’ekti, parametrlarning joriy qiymatlari dastlabki va ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlar oralig‘ida yotganda ishga qobiliyatli holatda bo‘ladi (11.6-rasm).
Diagnostikalash Ob’ektining parametri ruxsat etilgan chegaraviy qiymatiga yetganida tuzilmaviy parametrlarni profilaktika, sozlash yoki ta’mirlash ishlari yordamida tiklash talab etiladi (11.6-rasm).
Shunday qilib diagnostikalash natijasida to‘plangan axborot bo‘yicha Ob’ektning texnik holati to‘g‘risida diagnozlarning birini chiqarib beradi:
– agar diagnostik parametrning joriy vaqtdagi qiymati (Si) boshlang‘ich me’yoriy qiymat (Sb)ga teng yoki katta bo‘lgan hollarda “ekspluatatsiya qilish” diagnozi qo‘yiladi, ya’ni ushbu shart bajarilishi kerak;
– agar diagnostik parametrlarning joriy vaqtdagi qiymati (Si) yo‘l qo‘yilgan me’yoriy qiymat (Syq)ga teng yoki katta bo‘lsa hamda uning chegaraviy me’yoriy qiymati (Sch)dan kichik bo‘lgan hollarda “texnik xizmat ko‘rsatish” diagnozi qo‘yiladi, ya’ni
– agar diagnostik parametrning joriy vaqtdagi qiymati (Si) chegaraviy me’yoriy qiymat (Sch)ga teng yoki katta bo‘lgan hollarda “ta’mirlash” diagnozi qo‘yiladi, ya’ni .

Yüklə 31,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə