O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


-rasm. Speroxetalar marfologiyasi: 1-treponemalar; 2-borrelilayalar; 3-lepto spirallar; 4-



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   243
15-rasm. Speroxetalar marfologiyasi: 1-treponemalar; 2-borrelilayalar; 3-lepto spirallar; 4-
elektron mikroskopda ko’rinishi (a-buramalar; b-tashqi yopqich qavati) 
 
Ularning soni turlarga qarab 2 tadan 100 bo‘lishi mumkin. Fibrillalar 
spiroxetalarni bir uchi, bleforoblastlarga maxkamlangan bo‘ladi, ikkinchi uchi ham 
ba’zilarida mahkamlangan, ba’zilarida esa birikmagan bo‘lishi mumkin, ularning
ustidan tashqi yopqich qavat o‘rab turadi. Patogen spiroxetalarning uzunligi 3-20 
mkm va yo‘g‘onligi 0,1-0,5 mkm. 
 
 
 
 
 
 
 
 
16-rasm. 


43 
Ayrim zotlarning vakillari bir-biridan uzunligi va yo‘g‘onligi, o‘ramaning soni, 
harakat tiplari va xususiyati (2-jadval) bilan farqlanadi. Spiroxetalar grammanfiy. 
Borreliyalar treponema va leptospiralardan anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘yalishi 
orqali farq qiladi. Treponema va leptospiralar morfologiyasi tirik mikroorganizmlarni 
mikroskop ostida ko‘rish usuli bilan «ezilgan» yoki «osilgan» tomchi - preparatlarni 
qorong‘ilashtirilgan maydon yoki fazo-kontrast mikroskoplar yordamida hamda 
Romanovskiy-Gimza yoki maxsus bo‘yash usullari bilan o‘rganiladi. Masalan, 
surtmani kumushlantirish usullari bilan ham spiroxetalarning morfologiyasi 
o‘rganiladi.
Qondan surtma tayyorlash.
Toza buyum oynasining bir tomoniga bir tomchi 
qon tomiziladi. Ikkinchi bir tomoni silliqlangan buyum oynasini 45° da ushlagan 
holda birinchi buyum oynasidagi qon tomchisiga tekkiziladi va asta-sekin ikkinchi 
tomonga qon bilan birga suriladi. Natijada qon buyum oynasining ustida bir xil 
qalinlikda suriladi. Preparat havoda quritiladi va suyuq fiksatorda (metil spirti yoki 
etil spirtining efir bilan aralashmasi) oynaga biriktiriladi. 
Jadval 2. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə