O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Rikketsiyalarni Zdrodovskiy usuli bilan bo‘yash



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   243
Rikketsiyalarni Zdrodovskiy usuli bilan bo‘yash. 
1. Surtma suyultirilgan Sil fuksini bilan (10-15 tomchi 10 ml distillangan suvga 
tomiziladn) 5 min davomida bo‘yaladi. 
2. Suv bilan yuviladi. 
3. Surtmaga 0,5% li limon kislota yoki 0,01% li vodorod xlorid kislota eritmasi 
tomiziladi. 
4. Suv bilan yuviladi. 
5. Metilen ko‘ki bilan 1 min davomida bo‘yaladi. 
6. Preparat suv bilan yuviladi va quritiladi. Rikketsiyalar Zdrodovskiy usuli
bilan qizil rangga bo‘yaladi, ichida rikketsiyalari bo‘lgan hujayra sitoplazmasi 
havorang, yadro esa, ko‘k rangga bo‘yaladi. 
Xlamidiyalar.
Chlamydiae tipiga
 
Chlamydiae sinfiga va bularga 2 ta avlod 
Chlamydia, Chlamydophila kiradi. Xlamidiyalar gram manfiy sharsimon obligat 
hujayra ichida yashovchi parazit bakteriyalar bo‘lib, faqat tirik hujayralardagina 
hayot kechiradi. Xlamidiyalarni energetik parazitlar sifatida qaraladi, chunki ular 
o‘zlari hujayra uchun zarur energiya bo‘lgan adenozintrifosfat (ATF) va 
guanozintrifosfat (GTF) sintez qila olmaydi, bu energiyani ho‘jayin hujayrasidan 
o‘zlashtiradi. Xlamidiyalarni 2 ta biologik shakli tafovut qilinadi; elementar tanacha 
 
 
 
 
 
 
 
 
18-rasm. 
Rikketsiyalar shakli buyicha har xil tuzilishga ega: 
tayyoqchasimon, 
ipsimon, 
tarmoqlangan. 
Rikketsiyalar 
xarakatsiz bo‘lib spora hosil qilmaydi. Rikketsiyalarning 
talaygina turlari odamda rikketsioz kasalligini chaqiradi. 


46 
(ET), sferik shaklda, metabolitik aktiv emas (0,3 mkm) hujayradan tashqarida 
uchraydi, infeksion, sezgir hujayralarga kira oladi. ET epitelial hujayralarga 
endotsitoz yo‘li bilan kiradi va hujayra ichida vakuolada shakllanadi, katalashib aktiv 
bo‘linuvchan retikulyar tanachaga (RT) aylanadi. RT ko‘payib ET aylanadi va 
hujayradan chiqadi, yangi sikl takrorlanadi. Xlamidiyalar Romanovskiy-Gimza usuli 
bilan bo‘yaladi, grammanfiy, fazokontrast mikroskop ostida, tirik holda tayyorlangan 
preparatlarda juda yaxshi ko‘rinadi. 
Mikoplazmalar.
Fermicutes tipiga, Mollicutes sinfiga va bularga 2 ta avlod 
Mycoplasma, Ureaplasma kiradi. Mikoplazmalarni hujayra devori bo‘lmaydi, 
osmotik sezgir, lekin sitoplazmatik membranasi yaxshi rivojlangan, uch qatlamli 
lipoproteidlardan tarkib topgan. Ko‘plab morfologik formalari uchraydi: kokksimon, 
ipsimon, kolbasimon. Mikoplazmalarning o‘lchami 125-250 mkm atrofida, 
grammanfiy, spora kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz. Mikoplazmalar odamlarda 
atipik pnevmoniya va siydik tanosil yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaradi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə