O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Lyoffler usuli bilan volyutin donachalarini bo‘yash



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   243
Lyoffler usuli bilan volyutin donachalarini bo‘yash. 
1. Fiksatsiyalangan surtmaga metilen ko‘ki 1 % eritmasi tomiziladi va 1- 2 min 
ushlab turiladi. 
2. Preparat suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi. Volyutin 
donachalari to‘q ko‘k rangga, tanasi ochroq havo rangga bo‘yaladi. 
Bakteriyalarni sporasi.
Ba’zi bir bakteriyalar (Clostridium, Bacillus) noqulay 
sharoitga tushib qolganda endospora hosil qiladi. Spora bakteriyalarni o‘ziga xos 
bo‘lgan tinch turuvchi shakli hisoblanadi va ularning metabolitik aktivligi o‘ta past 
bo‘ladi, lekin ular tashqi muhit omillariga (quritishga, yuqori temperaturaga
kimyoviy moddalarga) o‘ta chidamli bo‘ladi.
Tashqi muhitda bir necha o‘n yillar saqlanishi mumkin. Sporani tashqi omillarga 
bunchalik chidamli bo‘lishini, ular tarkibidagi dipikolin kislotasi va kalsiy tuzlari 
ta’minlaydi. Bundan tashqari spora tarkibida
erkin suv molekulalari uchramaydi, suv faqat bog‘langan ko‘rinishda bo‘ladi. Spora 
yaxshi sharoitga tushsa, undan yana vegetativ shakli hosil bo‘ladi. Bakteriyalarda 
spora ko‘payish xususiyati emas, u turni tabiatda saqlanishini
ta’minlaydi. Bakteriyalarni sporasini aniqlash amaliyotda diagnostik ahamiyatga ega. 
 
Sporalarni Ojeshko usuli bilan bo‘yash.
1. Fiksatsiyalanmagan surtmaga 0,5% vodorod xlorid kislotasining eritmasi 
tomiziladi va 2—3 min davomida gorelka alangasida qizdiriladi. 
2. Kislota to‘kiladi, preparat suv bilan yuviladi, quritiladi va gorelka alangasida 
fiksatsiya qilinadi. 
3. Preparat Sil-Nilsen usuli bilan bo‘yaladi. Bunda bakteriya sporalari qizil 
rangga, vegetativ shakldagilari havo rangga bo‘yaladi. 
Bakteriyalar morfologiyasini o‘ziga xosligi. 
Spiroxetlar 
- ingichka, uzun buralgan harakatchan bakteriyalar bo‘lib, 
Spirochaetales tartibiga, Spirochaetaceae oilasiga kiradi. Patogen spiroxetalar uchta: 
Borrelia, Treponema, Leptospira avlodlarga bo‘linadi. Spiroxeta hujayrasi buralgan 
protoplazmatik silindrsimon bo‘lib, sitoplazmatik parda bilan chegaralangan 


42 
sitoplazmaga ega, tashqarisida biroz peptidoglikan qatlami bo‘lgan hujayra devoridan 
tashkil topgan. Tarkibi jihatdan gram manfiy bakteriyalarga o‘xshab ketadi. Hujayra 
devorini ustidan aksial iplari fibrillalari o‘rab turadi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə