O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


-rasm. Bakteriyalarning morfologik va tinktorial xususiyatlari



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   243
14-rasm. Bakteriyalarning morfologik va tinktorial xususiyatlari. 
*sporalar joylashuvi: 1-markaziy; 2-subterminal; 3-terminal 
Kislotaga chidamli bakteriyalarni Sil-Nilsen usuli bilan bo‘yash. 
1.
Fiksatsiyalangan surtmaning ustiga tayyorlangan filtr qog‘ozidan 
qo‘yiladi, so‘ngra fuksinning karbolli eritmasi tomiziladi va bug‘ hosil bo‘lgunga 
qadar qizdiriladi. SHu holat uch marta takrorlanadi. 


38 
2.
Filtr qog‘oz olinadi va surtma suv bilan yuvilmaydi
3.
Surtmaga rangsizlantirish uchun 5% li sulfat kislota yoki 3% spirtli 
xlorid kislota eritmasidan tomiziladi va 1—2 min ushlab turiladi. 
4.
Suv bilan yuviladi. 
5.
Surtma metilen ko‘kining suvli eritmasi bilan 3—5 min davomida yana 
bo‘yaladi. 
6.
Suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi. 
Kislotaga va spirtlarga chidamli bakteryalarga sil va moxov qo‘zg‘atuvchilari 
kiradi. 
Kislotaga chidamlilik bakteriyalarning hujayra devori va sitoplazmasida yog‘ va 
yog‘ kislotalarini ko‘p bo‘lishidir. YOg‘lar hujayraning umumiy massasiga nisbatan 
40% gacha bo‘lishi mumkin. Lipidlarni (yog‘larni) uch xil fraksiyasi aniqlangan
fosfolipidlar (efirda eruvchi), yog‘simon (efir va atsetonda eruvchi) va mumsimon 
(efir va xloroformda eruvchi). Lipidlar tarkibida juda ko‘p kislotaga chidamli yog‘ 
kislotalari uchraydi bularga stearin, ftioid va mikol kislotalari kiradi. Hujayra 
tarkibida lipidlarni yuqori bo‘lishi, bu bakteriyalarni kislotaga, spirtlarga va tashqi 
muhit omillariga chidamli qilib qo‘yadi. SHuning uchun bu bakteriyalar bo‘yoqlar 
bilan qiyin bo‘yaladi. Ularni bo‘yash uchun maxsus intensiv Sil-Nilsen usuli 
qo‘llaniladi. Sil-Nilsen usulida kislotaga chidamli bakteriyalar karbolli fuksinning 
yuqori konsentratsiyali eritmasi bilan va qizdirib bo‘yaladi.
 
Karbol kislotaning 
eritmasi hujayra devorini yumshatadi, shu bilan uning tinktorial xususiyatini oshiradi, 
bo‘yoqning yuqori konsentratsiyasi va bo‘yash jarayonida qizdirish orqali bo‘yoq 
bilan bakterial hujayraning o‘zaro ta’sir reaksiyasi kuchayadi va yaxshi bo‘yaladi, 
natijada sulfat kislota bilan ta’sir etilsa, kislotaga chidamsiz bakteriyalar 
rangsizlanadi va metilen ko‘ki bilan havo rangga bo‘yaladi. Kislotaga chidamli 
bakteriyalar esa, fuksin bilan qizil rangga bo‘yalganicha qoladi. 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə