O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu


Burri-Gins usuli bilan kapsulani aniqlash



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   243
 
Burri-Gins usuli bilan kapsulani aniqlash.
1

Burri bo‘yicha preparat, quyidagicha tayyorlanadi: bir tomchi tush olinib 
buyum oynasiga tomiziladi va unga bakteriologik qovuzloqda mikrob kulturasi olinib 
yaxshilab aralashtiriladi, bir tomoni silliqlangan oynacha bilan qon surtmasiga 
o‘xshash surtma tayyorlanadi, so‘ngra uni quritiladi va fiksatsiya qilinadi. 
2. Surtmaga 1-2 daqiqa davomida fuksinning suvli eritmasi tomiziladi. 
3. Suv bilan yuviladi, havoda quritiladi va mikroskop (immersion sistemada)
ostida ko‘riladi. Bunda kapsulali bakteriyalar tush bilan bo‘yalmaydi va qora fonda 


40 
ularning kapsulali tanalari chegaralanib qoladi, fuksin bilan bo‘yalganda ularni tanasi
qizil rangga bo‘yaladi, bo‘yalmagan kapsulalar esa qora pushti rang ostida ajralib 
turadi. 
Bakteriyalarni 
kiritmalari, 
volyutin 
donachalari.
Prokariotlarning 
sitoplazmasida turli kiritmalar uchraydi. Bu kiritmalar hujayrani metabolizmi 
natijasida chiqarilmay, yig‘ilib qolgan metabolitlari, yoki bakteriyalar uchun oziq 
ovqat zahirasi bo‘lishi mumkin. Bakteriyalarni kiritmalari bo‘lishi mumkin: neytral 
yog‘ tomchisi; mum, oltingugurt; maxsus uglevodlar zahirasi (Clostridium); glikogen 
granulasi metapolifosfat ko‘rinishida (Shirillum volutans, Corynebacterium 
diphtheriae). Bakteriyalarni kiritmalari, volyutin donachalari hujayralar uchun doimiy 
bo‘lmasdan ularning tarkibi, ko‘rinishi o‘zgarib turishi mumkin. Bakteriyalar och 
qolganda kiritmalar yo‘qolib ham ketadi. SHu bilan bir qatorda bu kiritmalar
volyutin donachalari doimiy bo‘lib tur belgisini bildiradi (bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi). 
SHuning uchun volyutin donachalarini aniqlash amaliy ahamiyatga ega. 
Neysser usuli bilan volyutin donachalarini bo‘yash. 
1. Fiksatsiyalangan surtmaga Neysser sinkasining atsetati tomiziladi va 2-3 
daqiqa ushlab turiladi. 
2. Lyugol eritmasi tomiziladi va 10-30 sek ushlanadi. 
3. Preparat suv bilan yuviladi. 
4. Surtma vezuvinning suvdagi eritmasn yoki xrizoidin bilan 1 daqiqa 
bo‘yaladi. 
5. Suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi. 
Volyutin donachalari ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan birikma bo‘lib, shu 
xususiyatiga ko‘ra sitoplazmadan farq qiladi. SHuning uchun sinka atsetati bilan to‘q 
ko‘k rangga bo‘yaladi. Hujayra sitoplazmasi, nordon reaksiyali bo‘lganligi uchun, 
ishqoriy bo‘yoq vezuvini qabul qilib sariq rangga bo‘yaladi . 
Bakteriyalarni kiritmalari oddiy (Lyoffler) usulda, metilen ko‘ki bilan ham 
yaxshi bo‘yaladi.


41 

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə