O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kurbanova s. Yu



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/243
tarix19.04.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#106256
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   243
 
Bakteriyalarning kapsulasi
Prokariot hujayrasi devorini tashqi tomonidan ko‘pchilik hollarda shilliq 
moddalar o‘rab turadi. Bunday tuzilmalar struktura tuzilishini o‘ziga xos xususiyati 


39 
bo‘yicha kapsula deb nomlana boshlangan. Bularning hammasi biosintez oqibatida 
hujayra atrofini o‘rab olgan organik polimerlardan iboratdir. Agar tuzilmalarning 
qalinligi 0,2 mkm kam bo‘lsa, ularni faqat elektron mikroskopda ko‘rish mumkin. 
SHuning uchun bunday tuzilmalarni 
mikrokapsula
deb ataladi. Tuzilmalarni 
o‘lchami 0,2 mkm katta bo‘lsa yorug‘lik mikroskopida ko‘rish mumkin va 
makrokapsula
deyiladi. Bakteriya hujayrasini o‘rab turgan tuzilmasini tarkibi amorf 
va strukturasiz bo‘lsa, bunday tuzilmalarni shilliq qavat deb yuritiladi.
Bakteriyalar kapsulasining tarkibi hujayra devorini komponentlariga o‘xshab 
ketadi, lekin kimyoviy strukturasi jihatdan ulardan farqlanadi. Ko‘pchilik 
bakteriyalarni kapsulasini kimyoviy tarkibi gomo- yoki geteropolimer polisaxarid 
hisoblanadi, lekin ba’zi bir bakteriyalar kapsulasi (Bacillus) polipeptidlardan tarkib 
topgan. Hamma bakteriyalarda ham kapsula uchramaydi. Kapsula bakteriyalarni tur 
belgisi hisoblanadi. Kapsulasi bor bakteriyalar boshqa bakteriyalarga nisbatan
yashash sharoitlarida afzalliklarga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik patogen bakteriyalar 
kapsula hosil qiladi, bu ularning virulentlik belgisi hisoblanadi. Bakteriyalarni 
kapsulasi ularni mexanik jarohatlanishdan, qurib qolishdan saqlaydi va bakteriya 
uchun qo‘shimcha osmotik barer, faglarning kirishi uchun to‘siq, ko‘pchilik hollarda 
oziq moddalar zahirasi ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari bakteriyalarda
kapsula avlod va tur xususiyatini anglatuvchi antigen bo‘lishi ham mumkin. 
Bakteriyalarni kapsulasini aniqlash amaliyotda ularni bir - birlaridan identifikatsiya 
qilishda qo‘llaniladi.

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə