O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


Xitoyga Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi va TSin` dinastiyasining ularga qarshi kurashi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə159/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

Xitoyga Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi va TSin` dinastiyasining ularga qarshi kurashi.
XVII asrda Yevropalik savdogarlar va missionerlar Xitoy ichkarisiga kirishga harkat qildilar. Katolik (asosan portugalya va qisman Frantsiya) missionerlari bir vaqtlari Manchjurlar ishonchini qozonib, ularga, jumladan, to`pchi instruktorlar va qurol-yarog` ishining ustalari sifatida xizmat ko`rmsatdilar.
Ayni vaqtda XVII asrning ikkinchi yarmida Xitoyga ingliz, golland va frantsuz Ost-Indiya kompaniyalarining vakillari kirib kelishga astoydil harakat qilib, Xitoy hukumatidan turli yengilliklapr va imtiyozlar olishga muvaffaq bo`ldilar. Biroq, Yevropa mustamlakachilarining bu siyosati muvaffaqiyatli chiqmadi.
YAngi TSin` dinastiyasi mustahkamlanib olgach Yevropa missionerlarining xizmatiga muhtoj bo`lmay qoldi va ular XVII asrning 60-yillarida mamlakatdan quvib chiqarildi. XVII asrninng oxirlarida ular Xitoyda o`z tfaoliyatlari uchun yana imkoniyat oldilar. Biroq, XVIII asrning boshlarida ular yana bir marta haydab chiqarildi va bu gal quvib chiqarishh uzil-kesil bo`ldi. Ular Janubiy Xitoy sohilida joylashgan Makao orolidagi Portugaliya mustamlakasidagina yashay olardilar. XVIII asrda, 1757 yilda Xitoy hukumati birgina Kanton portidan tashqari o`zining portlarini barcha ajnabiy savdogarlar uchun tamomila yopib qo`ydi.
Xitoyning ajnabiylar uchun mashhur «yopib qo`yilishi» shu tarzda ro`y berdi. Bu hol XIX asrning yarmilarigacha davom etdi. TSin dinastiyasining Xitoyga chet-el kapitalining suqilib kirishiga qarshi ana shunda ykurashishi natijasida Xitoy chet el kapitalistik ekspluatatsiyasidan bir oz vaqt holi bo`lib turdi. Ammo bu siyosatning ikkinchi salbiy tomoni ham bor edi. Xitoy ana shu siyosat natijasida tashqi dunyodan tamomila ajralib qoldi. Tapshqi iqtisodiy aloqalar shu yo`l bilan qo`pol va sun`iy tarzda to`xtatildi va cheklandi. Bu esa Xitoy hunarmandchiligi va Xitoy manufakturasining, Xitoy shahri va Xitoy ichki savdosining rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Umuman olganda bu tadbirlarning hammasi, Xitoyning orqada qolishiga hamda uning iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi rivojlanmay qolishiga olib keldi, oqibat natijada xalq ommasining ahvoli yomonlashib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti to`xtatib qo`yildi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə