O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm


XVII asrning 30-40 yillarida Xitoydagi dehqonlar urushi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə157/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

XVII asrning 30-40 yillarida Xitoydagi dehqonlar urushi.
Dehqonlar harakatining boshlanishiga 1628 yildagi ochlik turtki bo`ldi. SHin`si bilan SHansi viloyatlarida bu ochlik ayniqsa kuchli bo`ldi. Bu viloyatlarda boshlangan harakat 1632 yilda markaziy Xitoyning boshqa oblastlariga tarqaldi. Qo`zg`olon Xuanxe bilan YAntszi daryolari oralig`idagi hamma yerlarga yoyilgan edi. Xenan, Xubey, Anxoy, SHan`dun, Seguan viloyatlarida bu qo`zg`olon ayniqsa kuchli bo`ldi. Dehqonlarning qurolli otryadlarida bir necha o`n minglab qo`zg`olonchi bor edi.
Lekin qo`zg`olon tarqoq bo`lganligidan hech qanday natija bermadi. 30-yillarning ikkinchi yarmida qo`zg`olon bir qadar pasayib ham ketdi. Qo`zg`olonchi otryadlardan bir qismini hukumat qo`shinlari tor-mor keltirdi.
Xukumat qo`shinlari Man`chjuriyaning shimolidagi urushda band ekanida dehqonlar qo`zg`olonining yangi to`lqini 1641 yilda yana boshlanib ketdi. Sobiq oddiy qishloq temirchisi Li TSzi CHen dehqonlarning yo`lboshchisi edi. 1639 yildayoq Li TSzi CHen qo`zg`olonchilarning katta qo`shinini tashkil qila boshladi, 1640-1643 yillarda u bir qancha yirik shuharlarni bosib oldi hamda Mongoliyadan Primor`egacha, Xuanxe daryosi vodiysidan YAntszi daryosi vodiysigacha bo`lgan juda katta territoriyani kontrol qilib turdi, qo`zg`olonchilarning poytaxti TSian` (sobiq CHan`-An`) shahri bo`ldi. Li TSzi CHen o`zini imperator deb e`lon qildi. 1644 yilda Li TSzi CHen shimolga yurish tashkil qilib Pekinni oldi. Min dinastiyasining oxirgi imperatori o`zini-o`zi o`ldirdi. Buyuk SHimoliy poytaxni egallagan Li TSzi CHen Min zodagonlari va yuqori byurokratiyasining vakillaridan qattiq o`ch oldi. Ko`pgina feodallar, shu jumladan, imperator xonadonining bosh mahramlari qatl etildi, ularning mol-mulklari esa musodara etildi.
YAngi hukumat dehqonlardan soliq olmadi, armiyani va davlat boshqaruvi apparatini saqlash uchun6 zarur mablag`lar, asosan feodal-er egalariga hamda eng badavlat shaharliklar - savdogarlar va sudxo`rlarga ko`plab soliq solish orqali undirib olindi. Biroq, Li TSzi CHen Pekinda faqat 42 kun turdi. SHundan keyin u poytaxtni tark etishga majbur bo`ldi. Xitoy feodallar, Min dinastiyasining ochiqdan-ochiq tarafdorlari, qisman esa Min dinastiyasiga oppozitsiyada bo`lgan feodallar dehqonlar harakatining avj olishidan hamda revolyutsion hukumat tadbirlaridan qo`rqib ketib, tashqi dushmanlar-Manchjurldar bilan til biriktirdilar va ulardan qo`zg`olon ko`targan xalqqa qarshi yordam so`radilar. Manchjurlar bilan muzoqaralarda xoin-Min generallaridan biri U Sang-Guy aktiv rol` o`ynadi. SHahzoda Durgan (Manchjuriyaning yoshi yetmagan imperator huzurida shahzodalik vazifasini bajarib turgan) boshchiligidagi Manchjurlarning juda katta armiyasi Xitoy yerlariga bostirib kirdi. Li TSzi CHen ham ikki yuz mingga yaqin kishidan iborat katta armiyasi bilan Manchjurlarning hamda ularga qo`shilgan U Sang-Guyning qo`shinlariga qarshi otlandi.
Biroq, Li TSzi CHen qo`shinlari Pekin yaqinida mag`lubiyatga uchradi. Li TSzi CHen janubga qochishga majbur bo`ldi. Bu yerda u SHensi viloyatida bir oz vaqt kurashni davom ettirdi. Ammo u 1645 yilda mahalliy feodallar tomonidan dehqonlar harakatini bostirish uchun tuzilgan otryadlarning biri tomonidan o`ldirildi.
1644 yil 6-iyunda Manchjur qo`shinlari U San-Guy qo`shinlari bilan birgalikda Pekinga kirib bordi. SHu tarzda Xitoyda yangi ajnabiy dinastiya hukmronlik qila boshladi. TSin` deb atalgan bu dinastiya Xitoyda 1911 yilgacha hukmronlik qildi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə