O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov


 Tasvirlarni sifatini yaxshilash usullari



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/94
tarix08.06.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#116037
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

4.5. Tasvirlarni sifatini yaxshilash usullari. 
 
Texnik qurilmalarning ma’lumotlarni qabul qilish xususiyati va suratga olish 
paytidagi yorug`lik darajalari kabi omillar tasvir sifatiga turlicha ta`sir qiladi. Agar 
tasvir sifati yomon bo`lsa, uni yaxshilash zarur. Chunki, sifatli bo`lmagan tasvirlarda 
yuz elementlarini topish qiyin kechadi. Tasvir sifatini yaxshilashning turli usullari 
mavjud. Masalan, chegaralarni kuchaytirish, halaqitlarni yo`qotish, tiniqlikni 
oshirish va boshqalar. Tasvir sifatini yaxshilashda mediana usulida filtrlash keng 
qo`llaniladi. Bu usulning mohiyati tasvir bo`ylab biror oyna bilan harakatlanish va 
markaziy nuqta qiymati oynadagi qiymatlarni kattaligi bo`yicha tartiblanganda 
o`rtaga tushuvchi qiymat bilan almashtiriladi. Misol uchun, 3x3 oyna markazida 5, 
ikki yonida 35,40, yuqorisida 1,41,52 va pastida 23,17,89 qiymatlar joylashgan deb 
faraz qilaylik. Ularni tartiblaymiz: 1, 5, 17, 23, 35, 40, 41, 52, 89. Markazdagi qiymat 
(mediana) 35 ga teng. Demak, 5 o`rniga 35 yoziladi:
bu
yerda W (m,n) – markazi (m, n) dagi oyna, f (x, y) - shu oynadagi nuqtalar 
qiymati. Natijada anchagina tekislangan tasvir hosil bo`ladi. Chiziqli tiniqlashtirish 
usuli ham tasvirlar sifatini oshirish masalalarida ko`p qo`llaniladi. Uning ko`rinishi 
quyidagicha: 
 
(4.5.1)
(4.5.2)


72 
Bu yerda G
min
va G
max
- tasvirdagi eng kichik va eng katta rang qiymatlari, G(x, y)- 
(x, y) koordinatadagi rang qiymati. Shuningdek, tasvir gistogrammalari tahlili 
asosida ham tasvir tiniqligini oshirish mumkin. U quyidagi formula asosida amalga 
oshiriladi: 
bu yerda H
i
– tasvirdagi i rangdagi piksellar soni (0≤i≤255), G(x,y) – (x,y) 
koordinatada joylashgan pikselning rang qiymati, r - normallashtiruvchi parametr. 
Operatorlar tasvir kontrasti yoki ravshanligini korreksiyalovchi bo`lsa, u holda 
I(x,y)=q*f(x,y)+C 
yoki 
I(x,y)=f(x,y)+C 
almashtirishlar bajariladi, bu yerda q, C – konstantlar 
Tasvirda halaqitlarni bartaraf etishda qo`llaniladigan filtrlar ikki sinfga 
ajratiladi: quyi chastotali va yuqori chastotali fazoviy filtrlar. Sochma dog`lar, 
g`alayonlar spektri uchun quyi chastotali filtrlar qo`llanilib, keyin obyektda 
chegaralarni belgilash yoki ajratib olishda yuqori chastotali filtrlar qo`llaniladi.

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə