O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

5.
 
Jismoniy tarbiya darsining tuzilishi 
Tuzilishiga ko‘ra har tomonlama jismoniy rivojlanganlik, estatik va ahloqiy sifatlarni 
tarbiyalashni maqsad qilib, «sokol gimnastikasi» tizimini asos qilib olgan davrlar XIX asrning 
o‘rtalariga kelib qator Ovrupa malakatlari, jumladan Rossiyada keng ommalasha boshladi. 
Uning asoschisi Miroslav Tirsh (1832-1884) bo‘lib «sokol gimnastikasi» darsini tayyorlov, 
asosiy, yakunlov qismi deb ilk bor dars tuzilishini uch qismga ajratdi. 
Keyinchalik Frantsuz fiziologi va pedagogi Jorj Demeni (1850-1917) jismoniy tarbiya 
darsining yangi (orginal) tizimini ishlab chiqdi va uni qisqa vaqt ichida ommalashtirishga 
erishdi. Uning darsi yetti qismdan iborat bo‘lib, uni o‘tkazishda anatomiya va fiziologiya, 
gigiena va pedagogika fanlarining yutuqlaridan foydalandi. 
Etti qismli darsning tuzilishi o‘zida o‘nta komponentni - darsning vazifalari, vositalari va 
mashqlarning dozirovkasi (me‘yorlanishi)ni mujassamlashtirdi. J.Demenining izdoshlaridan 
Eber ilk bor darsni majburan ochiq havoda 60 daqiqa davomida o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. 
Shunday qilib vaqti chegaralangan, ma‘lum tuzilishga ega bo‘lgan darslar yuzaga keldi. 
Darsning tuzilishi uning samaradorligiga turlicha - ham ijobiy, ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadi 
hamda darsning umumiy va xususiy vazifalarni hal qilish bilan birga o‘qituvchidan darsning 
tuzilishiga oid maxsus kasbiy - nazariy va amaliy bilim va malakalarni talab qiladi. 
Dastlab «darsning tuzilishi» deb nomlanadigan atamadan foydalanilmagan. Dars haqida 
fikr bildirish paytida esa uni tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar, ularni ketma-ketligi va 
davomiyligiga qarab, «dars sxemasi» (shartli tasviri) atamasi qo‘llanila boshlangan 
(B.A.Ashmarin,1978; JI. P. Matveev, 1991). 
Keyinchalik darsga qo‘yilgan vazifalar va ularni hal qilish uchun tanlangan jismoniy 
mashqlar ularning me‘yori (dozasi)ga qarab, «dars rejasi» degan atamalar qo‘llanildi. 
Darsning tuzilishi atamasi ilk bor V.V.Belinovich tomonidan (1939) qo‘llanildi va uni 
o‘rinli ravishda darsning tuzilishi deb to‘g‘ri nomlanganligi qator olimlar tomonidan e‘tirof 
etildi. 
Belinovich darsning tuzilishi unda hal qilinadigan vazifalar va ularni hal qilishga 
yo‘naltirilgan vositalar, usuliyotlarning majmui bilan bog‘liqligini uqtirish bilan cheklandi 
xolos. 
Lekin, N.N.Efremov (1959) birinchilardan bo‘lib mashg‘ulotning - kirish, tayyorlov, asosiy va 
yakunlov qismlarini o‘zaro joylanishi va ularning o‘zaro munosabatlarini darsning tuzilishi deb 
atashni tavsiya qildi. 
K.A.Kuzmina (1960)ning fikriga ko‘ra darsning tuzilishi uni qismlarining soni, ularning 
mohiyati va mazmuni ularda mashqlarning joylashishini ketma-ketligi va darsni har bir 
qismining davomiyligini o‘z ichiga oladi» deb ta‘rif berdi. 
Darsning tuzilishiga oid maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlar va darsliklarda uning tuzilishi 
uch qismli tarkibdan iborat ekanligi hozirgi kunda qoidaga aylantirilgan. 


26 
Dars tuzilishining loyihasi, uning qismlarining o‘quv materiallarini ketma-ketligi 
ifodalanadigan o‘quv ishlarining xujjatlaridan biri darsning reja-konspekti deb nomladigan 
matnda ifodalandi. Loyhani tuzish o‘qituvchi tomonidan mashqlarni oqilona tanlashga, ularni 
tug‘ri joylashtirish va yuklamani me‘yorini lozim bo‘lgan darajada belgilash imkonini berdi. 
Darsning tuzilishi dastur materiallarini o‘zlashtirish uchun aniq vazifalarni belgilab ularni 
hal qilish uchun izchil o‘zlashtirishni, o‘zlashtirilgan harakat faoliyati yoki harakat aktini 
mustaxkamlash va takomillashtirish bilan amalga oshiriladi; dars uchun rejalashtirilgan 
vazifalarni hal qilishda qo‘llaniladigan ta‘limning uslubiyotlariga yetarlicha aniqlik kiritilib 
ularni qanday qo‘llash, darsning qismlari yoki ularning ayrim bo‘laklaridan qaysi maqsadda 
foydalanish lozimligiga aniqliklar kiritiladi. 
Darsni tuzilishining qonuniyatlari haqida gapirishdan avval uni qanday strukturaviy 
birliklardan tashkil topganligini bo‘lajak soha mutaxasisini bilishi lozim bo‘ladi. 
Jismoniy madaniyat darsida har qanday pedagogik vazifalarni hal etish ko‘pincha 
shug‘ullanuvchilar organizmidan ma‘lum darajadagi zo‘riqishini vujudga keltiradi, shuning 
uchun darsning qismlaridagi zo‘riqishga organizmni tegishli darajada funktsional tayyorlash 
darsning tayyorlov qismida amalga oshiriladi. 
Buyuk rus olimi akademik I.P.Pavlov organizm qiyin vazifalarni hal etishga tayyor 
bo‘lishini, ayniqsa, jismoniy harakatlar, mashqlarni asta-sekinlik bilan takrorlashda ma‘lum 
fiziologik qoidalarga rioya qilishni qonuniyat darajasiga ko‘tarish zaruriyat ekanligini uqtirgan. 
Dars strukturasi tarkibidagi faoliyatlar davomida o‘qituvchi quyidagi qonuniyatlarga: 
-
o‘quvchilarni katta kuch talab qiladigan pedagogik vazifalarni hal qilishga safarbarlik 
darsning boshida emas, ularning organizmini o‘sha zo‘riqishni amalga oshirish uchun 
ma‘lum funktsional tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng amalga oshirish kerakligi 
qonuniyati; 
-
darsdagi asosiy vazifalar shug‘ullanuvchilar organizmi faoliyatga uyushtirish lozimligi; 
-
harakatning ijrosi uchun zaruriy ruhiy holatni yuzaga keltirilishi qonuniyati. 
-
darsning qismlari uchun qo‘yilgan vazifalarni hal qilish mashqni o‘rganishga bo‘lgan 
ishtiyoqni shakllantirish va boshqalarni dars davomidagi asosiy talablar sifatida o‘qituvchi 
zimmasiga yuklatilishi qonuniyati. 
Ularni o‘quv-tarbiya jarayonining yetakchi omili darajasiga ko‘tarish va ijobiy hal qilishni 
har kunlik vazifaga aylantirilishi ahamiyatga molik xususiyatlar sirasiga kiradi. 
O‘quvchilar tomonidan asosiy vazifalarni hal qilish harakatni bajarish uchun zo‘riqish 
qilish organizmini ishchanligi, faolligini oshgan davriga to‘g‘ri kelishiga erishish, ularning 
organizmini nisbatan katta zo‘riqish va kuchli emotsional holatdan vazminlik, tinchlanishga, 
o‘zini bosish holatiga birdan (tez) o‘ta olmasligini nazarda tutish darsning tuzilishida e‘tiborga 
olinishini ahamiyati katta. 
Shunga ko‘ra darsni tuzilishi tarkibida o‘quvchilarni organizmini xotirjamlik holatiga 
o‘tkazishni kiritish va mashg‘ulotlardan organizmda yuzaga kelgan qo‘zg‘aluvchanlikni 
pasaytirishni yo‘lga qo‘yishni tashkillash maqsadga muvofiqligi har bir mutaxassisning maxsus 
kasbiy bilimlari hisoblanadi. 
Bu jarayonning mexanizmiga oid nazariy bilimlar hozirgi kunga kelib kasbiy tayyorgarlik 
bilimlariga aylandi. Organizmning tiklanish holati sanalmish bu holat har bir individda turlicha 
kechishi va dars jadvalidagi jismoniy tarbiya darsidan so‘nggi darslarning samaradorligiga ham 
ta‘sir qilishi hozirgi kun jismoniy madaniyat ta‘limi-tarbiyasi jarayoni amaliyotida isbotlangan. 
Darsning tuzilishi aynan shu dars uchun qo‘yilgan umumiy va xususiy vazifalarni, ularni 
hal qilish uchun tanlangan vositalar, ularni qo‘llash metodlari, shuningdek, o‘tkazish 
mo‘ljallangan darsning tipi bilan bog‘liq. 
Quyida biz darsning strukturaviy birligi tarkibidagi tayyorlov qismining mazmuni va 
uning tuzilishiga to‘xtaldik. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə