O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limi


Dastlabki va rasmiy himoyani o‘tkazish tartibi



Yüklə 413,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/39
tarix24.02.2022
ölçüsü413,02 Kb.
#84100
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
ITI va IPI - 2021-2022

3.2.Dastlabki va rasmiy himoyani o‘tkazish tartibi 

 

Magistrantning ilmiy-tadqiqotlar ish rejasiga binoan 3 semestrning yakunida 



magistrlik dissertatsiyasining dastlabki varianti ilmiy rahbarning imzolangan taqrizi 

bilan  kafedraga  taqdim  qilinadi.  Kafedrning  umumiy  yig‘ilishda  dastlabki 

muhokamadan  o‘tgan  (mart-aprel  oylarida)  va  ma’qullangan  dissertatsiya  ishiga 

kafedraning  qarori  bilan  2  nafar  mutaxassisdan  iborat  taqrizchi  tayinlanadi. 

Taqrizchilar  ilmiy  darajali  yoki  ilmiy  unvonli  soha  mutaxassislari,  ilmiy 

muassasining  xodimlari,  boshqa  oliy  o‘quv  yurtlarining  professor-o‘qituvchilari 

bo‘lishi mumkin. Dissertatsiya ishi taqrizchilarga rasmiy himoya muddatidan 1 oy 

oldin taqdim etiladi. Dissertatsiya ishiga ikki taqrizchi tomonidan qoniqarsiz taqriz 

berilganda (ya’ni, himoyaga tavsiya etilmasin deb xulosa berilganda) dissertatsiya 

ishi  himoyadan  chiqariladi  va  bu  haqda  kafedra  mudiri  tomonidan  magistratura 

bo‘limiga  taqdimnoma  kiritiladi.  Dastlabki  muhokamadan  o‘tgan  magistrlik 

dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida 

kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi. Dastlabki himoyaga boshqa 

kafedralardan,  shuningdek  boshqa  tashkilotlardan  mutaxassislar  taklif  etilishi 

mumkin.  Ilmiy  maslahatchi  tayinlangan  holda  dastlabki  himoyaga  qadar  undan 

magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi. Dastlabki himoyaga qadar 

magistrant ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertatsiya 

mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bo‘lishi kerak. Magistrant 

ushbu  talablarga  amal  qilishi,  berilgan  topshiriqqa  muvofiq  to‘la  hajmda  ishni 

bajarish bo‘yicha shaxsan javobgardir. Dastlabki himoya yakunlari kafedra yig‘ilishi 

bayonnomasi  bilan  rasmiylashtiriladi  va  magistratura  bo‘limiga  taqdim  etiladi. 

Magistratura bo‘limining boshlig‘i dissertatsiya ishini kafedra qarori, ilmiy rahbar 

va taqrizchilarning tasdiqlangan taqrizlari bilan rasmiy himoya qilish uchun Davlat 

attestatsiya komissiyasiga kiritadi. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish 




20 

 

kuni universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi. 



Magistrlik  dissertatsiyasining  rasmiy  himoyasi  universitetning  Davlat  yakuniy 

attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. 

 


Yüklə 413,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə