O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Quruq yem berib oziqlantirish.
Bunday oziqlan-
tirish uchun maydalangan quruq yem yoki donador 
omiхta yemdan foydalaniladi. Ayrim holda yem tarkibi-
ga butun holdagi don ham aralashtirib berilishi mumkin. 
Mineral moddalar, mikroelementlar oldin kukun holatiga 
keltirilib, so‘ngra yemga aralashtirib yuboriladi. Vitamin 
bilan to‘yintirish uchun esa quruq va mayda holdagi 


248
vitamin preparatlari qo‘shiladi yoki vitaminlarga boy 
bo‘lgan barra beda uni, achitqilar qo‘llaniladi. Shuni 
ham e’tiborda tutish kerakki, vitaminlar oziq tarkibiga 
aralashgan holda uzoq saqlanmaydi. Ular tez kunda 
yemiriladi va yo‘q bo‘ladi. Buning oldini olish uchun 
yemga aralashtirilgan vitaminlar o‘z vaqtida yemiril-
maydigan turg‘un holatga keltirilib (stabillashtirilib) 
qo‘yilishi kerak. Agar turg‘unlik holatiga keltirish 
me’yori belgilanmasa, oziqni parrandaga berish ol didan 
aralashtirilishi lozim.
Go‘sht kombinati chiqindilari, baliq chiqindilari berish 
mo‘ljallansa, yem majmuyiga kiritishdan oldin quritiladi 
va maydalanadi; suyak, go‘sht, go‘sht va suyak unlari bir 
tekisda qilib maydalanadi, keyin yemga aralashtirilishi 
mumkin.
Qorilgan oziq berib boqish.
Mayda holdagi yem suv, 
obrat, sut zardobi, sigir suti, suk yoki go‘sht sho‘rvasida, 
baliq yoki go‘sht qiymasida qoriladi. Qorilgan oziq 
g‘arg‘usha bo‘lishi, ya’ni uvalanib turadigan bo‘lishi ke-
rak. Buning uchun suyuq aralashma 40% dan ortiq olin-
masligi lozim. Aks holda qorishma хamirga o‘хshab qola-
di. Uni parrandaga berilganda ularning burun parraklariga 
yopishadi va berkitib qo‘yadi. Natijada parranda nafas 
ololmay qiynaladi. Patlariga ham yopishadi. Xamirga esa 
chang, to‘zon, aхlat yopishadi va parrandaning pari-pati 
ifloslanadi.
Qorilgan yem bilan boqishda parrandaga yedirishga 
mo‘ljallangan don undirib berilishi mumkin. Odatda, 
kunlik oziq me’yorining 1/3 qismi undirilgan don qilib 
beriladi. Undirilgan don kombisilos bilan almashtirib ham 
beriladi. Qish oylarida havo sovuq bo‘lsa, yem qorish 
uchun olingan suyuqlikni isitish kerak bo‘ladi.


249
Qorilgan oziq ko‘p qilinmaydi. Uning me’yori par-
randa 40–50 minut davomida oziqlanishiga mo‘ljallab 
tay yorlanadi. Oziq oхurchalarida yem qolmasligi kerak. 
Agar, bordi-yu, biroz yem qolguday bo‘lsa, uni darhol 
kirib tozalab olish lozim. Aks holda qolgan yem achiydi. 
Bunday oziq parrrandaning oziq hazm qilish fiziologiya-
siga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə