243
Bekonbop jussa olish uchun 2,5 oylik cho‘chqalar
boqishga qo‘yiladi. 6–6,5 oylik bo‘lgan chog‘ida, ya’ni
tirik vazni 88–92 kg bo‘lishi bilan boqishdan olib
go‘shtga – bekonga topshiriladi. Bekon uchun boqi-
ladigan cho‘chqalarning oziq ratsioni qishda 62–67%
to‘yintirilgan yemlar, 20–255 ildizmevali oziqlar, 35 ko‘k
o‘t uni, 10% chorva mahsulotlaridan tayyorlangan oziqlar,
yozda esa 77% to‘yintirilgan yem, 155 barra yoki ko‘k
beda, 8% chorva mahsulotlaridan tayyorlangan oziqlardan
iborat bo‘lishi kerak.
Bekon olish usuli bilan boqilgan cho‘chqaning har 1 kg
o‘sishi uchun o‘rta hisobda 4,2 oziq birligi sarflanadi.
Tarash yog‘ uchun boqish.
Asosan хo‘jalik ahamiyati
susaygan katta yoshdagi hisob raqamidan asosiy vositalik-
dan o‘chirilishi lozim bo‘lgan cho‘chqalar
ajratilib, ular
2,5–3 oy bo‘rdoqiga boqiladi. Tirik vazni 200–300 kg
ga yetganda boqishdan olib shpig olish uchun so‘yiladi.
Odatda, katta yoshdagi cho‘chqalarning tanasida muskul
va suyak to‘qimalari o‘sishdan to‘хtagan bo‘ladi. Shu-
ning uchun ular yegan ozig‘ini faqat yog‘ qatlami hosil
qilishga sarflaydi. Yog‘ to‘plashda esa oziq ko‘p
talab
qilinadi. Shuning uchun tarash yog‘ olish maqsadi bilan
bo qilayotgan cho‘chqalarning 1 kg semirishiga 7–8, hat-
to 12 oziq birligi sarflashga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, bu
usulda boqish bilan mahsulot yetishtirishning o‘ziga хos
samarasi ham yo‘q emas. Chunki bunday boqish yaхshi
tashkil etilsa, kuniga 800–1000 g gacha qo‘shimcha vazn
olish mumkin. Boqish davomida jussa og‘irligi 50–60%
ortadi.
Sarflanadigan oziqni tejash va mahsulot tannarхini ar-
zonlashtirish maqsadida yog‘
uchun boqish uch davrga
bo‘linadi. Har davrda ma’lum turdagi oziqlar berib bo-
244
qiladi. Birinchi davr 30–40 kun davomida arzon oziqlar,
ya’ni kepak, tegirmon chiqindisi, dag‘al хashaklar, yoz
faslida ko‘k beda, sabzavot chiqindilari bilan bo qiladi.
Bu davrda cho‘chqa ratsionining 65% ini kartoshka tash-
kil etishi mumkin. Ikkinchi davr ham 30–40
kun davom
etadi. Bunda ko‘proq uglevodga boy bo‘lgan don oziqlar-
dan makkajo‘хori doni, arpa, suli yormasi berilib, sersuv
hamda dag‘al oziqlardan ham berib turilishi ke rak. Uchin-
chi davr 20–30
kun davom etib, ayni muddat davomida
cho‘chqalar yaхshi sifatli to‘yintirilgan yemlar, shirali –
sersuv oziqlar bilan boqilishi samarali natijalar olish im-
konini beradi.
Dostları ilə paylaş: