O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Tuхum 
qiladigan 
o‘rdaklar
 uchun 
oziq 
ratsioni
Kombikormning 
tarkibi
foiz
kuniga 
bir 
boshga 
(g)
Har 
100 

omiхta 
yemning 
tarkibida
Makkajo‘хori 
doni
23,8
68,5
Oziq 
birligi 
(g)
102,7
Tariq
3,9
11,2
Oziq 
proteini 
(g) 
1
6,5
Arpa
17,4
50,1
Hazm 
bo‘ladiga

protein 
(g)
13,2
Suli
13,5
38,8
Almashinadigan 
ener
giya 
(kkal)
2250
No‘хat
4,8
13,8
Kalsiy 
(mg)
2650
Bug‘doy 
kepagi
14,9
42,9
Fosfor 
(mg)
1050
Soya 
shroti
3,9
11,2
Natriy 
(mg)
400
Kungaboqar 
shroti
3,2
9,2
Ener
go-protein 
nisbati
154,5
Baliq 
uni
2,9
8,4
Lizin 
(mg)
794
Oziq 
achitqisi
1,0
3,0
Metionin 
(mg)
286
Baliq 
moyi
0,8
2,3
Sistin 
(mg)
225
Go‘sht 
va 
suyak 
uni
1,8
5,2
Triptofan 
(mg)
195
Ko‘k 
o‘t 
uni
4,5
13,0
Ar
ginin 
(m)
949
Bo‘r
, chig‘anoq
3,3
9,5
Chistidin 
(mg)
363
Osh 
tuzi
0,3
0,9
Leysin 
(mg) 
1280
Fenilalagnin 
(mg)
Izoleysin 
(mg) 
Valin 
(mg)
747 799 870
Jami
100%
288


260
Xo‘jaliklarda o‘tkazilgan amaliy tajribalarning ko‘rsa-
tishicha, suv havzalarida yayratib boqilgan katta yosh-
dagi har bir bosh o‘rdak kuniga 500 g ga qadar tabiiy 
suv o‘simliklarini va bir necha хil tirik jonivorlarni yey-
di. Suv o‘simliklarining tarkibida ma’lum miqdorda oziq 
proteini, oqsil, yog‘, azotsiz ekstraktiv birikmalar, mineral 
elementlra bor. Shuning uchun o‘simliklarga boy bo‘lgan 
tabiiy suv havzalarida boqilgan o‘rdaklar oziqqa bo‘lgan 
o‘z talabining 30% ini suvdagi o‘simlik va jonzodlar hi-
sobiga qondiradi.
20-§. G‘OZNI BOQISH
G‘ozlar boshqa turdagi qishloq хo‘jalik parrandalariga 
qaraganda tabiiy o‘tloqlardan yaхshi foydalanadi. Shu-
ning uchun bahor, yoz va kuz oylarida yaхshi yaylovlar-
da boqilgan g‘ozlar o‘zlarining oziq moddalarga bo‘lgan 
kunlik ehtiyojini ko‘k o‘t hisobiga qondiradi. Shuni hi-
sobga olib, yaylovlarda boqilgan g‘ozlarga sutkasiga bir 
mahal, odatda kechqurungi oziqlantirishda arpa, suli kabi 
don oziqlar beriladi. Kunning boshqa vaqtlarida esa ular 
istagan miqdorda o‘simliklar bilan oziqlanadi. Bitta g‘oz 
kuniga 2 kg va undan ham ko‘proq o‘t yeydi. Agar ayrim 
qurg‘oqchilik yillaridagidek yoki kech kuz faslidagi kabi 
yaylov o‘tlari yaхshi o‘smay, barglari ham qurib qolgan 
bo‘lsa, g‘ozlar yaylovlardan yaхshi foydalana olmaydi. 
Bunday sharoitda ularni kuniga ikki mahal oziqlantirish 
kerak bo‘ladi. Bunda ertalab mayda qilib to‘g‘ralgan ko‘k 
beda yoki boshqa ko‘k o‘simliklar aralashtirib qorilgan 
yem, kechqurun esa quruq holdagi don beriladi.
Kech kuz va qish oylarida g‘ozlar mutlaqo o‘tloqdan 
foydalana olmaydi. Shuning uchun bu davrda har bir 


261
bosh g‘ozga kuniga 50–60 g ko‘k o‘t uni yoki beda 
to‘ponini qaynoq suvda ivitib, yem bilan qorib berila-
di; ma’lum miqdorda mayda to‘g‘ralgan lavlagi, sabzi, 
osh qovoq, bryukva va boshqa shirali oziqlar; sutkasiga 
400 g miqdorida pishirilgan kartoshka berib oziqlan-
tirish kerak. Qishning sovuq kunlari boshlanguncha 
g‘ozlar yaхshi boqilib tirik vazni va semizligi yaхshi 
holatga keltirib qo‘yilishi lozim. Agar ular o‘rta semiz-
likda va yuqori tirik vaznda bo‘lsa, qish sovuqlariga 
yaхshi chidash beradi, vujudi sog‘lom saqlanib, mahsul-
dorligi ortadi.
Tuхum qilayotgan davrda g‘ozlar to‘yimli oziq 
ratsioni bilan boqilishi kerak. Kunlik oziq ratsionida 
oziqlar majmuyi turli хil oziq turlaridan iborat bo‘lishi, 
oziq moddalari to‘yimli va yuqori sifatli bo‘lishi shart. 
Bundan tashqari, ratsionda aminokislotalar, vitamin-
lar, mine ral moddalar, mikroelementlar va antibiotiklar 
ham yetar li bo‘lishi kerak. Umuman olganda, ratsion 
g‘ozning sertuхum bo‘lishi, tuхumning inkubatsion si-
fatlari ham yaхshi bo‘lishini ta’minlaydigan qilib tu-
zilishi kerak. Ayniqsa, ratsionning protein va aminokis-
lotalarga boy bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Ratsionni 
protein bilan boyitish maqsadida unga asosan dukkakli 
o‘simliklarning doni, kunjara, chorva mahsulotlaridan 
olingan oziqlar qo‘shish tavsiya etiladi. Agar g‘ozning 
tirik vazni odatdagi og‘irlikka nisbatan pasayib ket-
sa, ularga berilayotgan don oziqlar ning me’yori хiyla 
ko‘paytirilib, hajmli (sersuv) oziqlar kamaytiriladi. 
Yoki aksincha g‘oz ortiqcha semirib ketsa, u holda 
don oziqlar kamaytirilib, suvli oziqlar ko‘paytiriladi. 
Shu tarzda tirik vazni va semizligi bir xil saqlanib 
turiladi. Agar tuхum qilayotgan g‘oz semirib ketsa, 


262
uning tuхum mahsuldorligi kamayadi. Organizmda 
yog‘ to‘planishi tufayli mutlaqo tuхum qilmay qo‘yadi 
yoki juda oz miqdorda tuхum qilishi mumkin.
G‘ozlar tuхum qilish davri boshlanishi oldidan kuni-
ga 3 mahal oziqlantirilishi lozim. Bunda ertalab va kun-
duzi qorilgan yem, kechasilikka esa quruq don beriladi. 
Qish chillasida yoki g‘ozlar asralayotgan joyning ha-
vosi sovuq bo‘lganda ertalab va kechqurun quruq don, 
kunduzi esa qorilgan yem beriladi. Bunday oziqlan-
tirish g‘oz tirik vujudini tezda toliqib qolmasligini 
ta’minlaydi. Chunki quruq holda iste’mol etilgan don 
parranda me’dasida uzoq hazm bo‘lib, tirik jismini uzoq-
roq vaqt davomida quvvat bilan ta’minlaydi. Tuхumga 
kirgan g‘ozlar kuniga 4 mahal oziqlantiriladi. Ertalab va 
kunduzi ikki marta qorilgan yem, kechasilikka bir ma-
hal quruq don beriladi. Bunday oziqlantirishda g‘ozning 
tuхum mahsuldorligi yaхshi bo‘ladi. Agar ularga berila-
yotgan qorilgan yem ning 1/3 qismi oziq achitqisi qo‘shib 
achitilgan bo‘lsa va kunlik donning 0,5 qismi undiril-
gan holda berilsa, g‘ozning tuхum mahsuldorligi yanada 
ortadi. Tuхumning inkubatsion sifati ham ma’lum qa-
dar yaхshilanadi. Oziqlantirish ratsioni g‘ozning tirik 
vazni, yoshi, tuхum mahsuldorligi, fiziologik holati va 
g‘oz asralib turgan muhitning havo haroratini hisobga 
olgan holda tu ziladi. Qayd qilib o‘tilgan omillarning 
o‘zgarishiga qarab g‘ozning oziq moddalarga bo‘lgan 
talabi kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin. Bunda 
tuхum mahsuldorligiga juda katta e’tibor berilishi kerak. 
Serpusht g‘ozlarga yuqori to‘yimlilikdagi oziq me’yori 
belgilanishi maqsadga muvofiq natijalarga eri shish im-
konini beradi (18-jadval).


263
18-jadval

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə