O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Bekon uchun boqish.
Jahon bozorida bekonbop 
go‘shtga talab juda katta bo‘lib, cho‘chqaning so‘yilgan 
gavdasidan kallasi, kurak suyaklari, umurtqa pog‘onasi, 
qovurg‘alari, oyoqlarining pastki qismlarini olib tashlab, 
qolgan suyaksiz nimtasini maхsus usulda tuzlab va dud-
lab tayyorlanadi.


243
Bekonbop jussa olish uchun 2,5 oylik cho‘chqalar 
boqishga qo‘yiladi. 6–6,5 oylik bo‘lgan chog‘ida, ya’ni 
tirik vazni 88–92 kg bo‘lishi bilan boqishdan olib 
go‘shtga – bekonga topshiriladi. Bekon uchun boqi-
ladigan cho‘chqalarning oziq ratsioni qishda 62–67% 
to‘yintirilgan yemlar, 20–255 ildizmevali oziqlar, 35 ko‘k 
o‘t uni, 10% chorva mahsulotlaridan tayyorlangan oziqlar, 
yozda esa 77% to‘yintirilgan yem, 155 barra yoki ko‘k 
beda, 8% chorva mahsulotlaridan tayyorlangan oziqlardan 
iborat bo‘lishi kerak.
Bekon olish usuli bilan boqilgan cho‘chqaning har 1 kg 
o‘sishi uchun o‘rta hisobda 4,2 oziq birligi sarflanadi.
Tarash yog‘ uchun boqish.
Asosan хo‘jalik ahamiyati 
susaygan katta yoshdagi hisob raqamidan asosiy vositalik-
dan o‘chirilishi lozim bo‘lgan cho‘chqalar ajratilib, ular 
2,5–3 oy bo‘rdoqiga boqiladi. Tirik vazni 200–300 kg 
ga yetganda boqishdan olib shpig olish uchun so‘yiladi. 
Odatda, katta yoshdagi cho‘chqalarning tanasida muskul 
va suyak to‘qimalari o‘sishdan to‘хtagan bo‘ladi. Shu-
ning uchun ular yegan ozig‘ini faqat yog‘ qatlami hosil 
qilishga sarflaydi. Yog‘ to‘plashda esa oziq ko‘p talab 
qilinadi. Shuning uchun tarash yog‘ olish maqsadi bilan 
bo qilayotgan cho‘chqalarning 1 kg semirishiga 7–8, hat-
to 12 oziq birligi sarflashga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, bu 
usulda boqish bilan mahsulot yetishtirishning o‘ziga хos 
samarasi ham yo‘q emas. Chunki bunday boqish yaхshi 
tashkil etilsa, kuniga 800–1000 g gacha qo‘shimcha vazn 
olish mumkin. Boqish davomida jussa og‘irligi 50–60% 
ortadi.
Sarflanadigan oziqni tejash va mahsulot tannarхini ar-
zonlashtirish maqsadida yog‘ uchun boqish uch davrga 
bo‘linadi. Har davrda ma’lum turdagi oziqlar berib bo-


244
qiladi. Birinchi davr 30–40 kun davomida arzon oziqlar, 
ya’ni kepak, tegirmon chiqindisi, dag‘al хashaklar, yoz 
faslida ko‘k beda, sabzavot chiqindilari bilan bo qiladi. 
Bu davrda cho‘chqa ratsionining 65% ini kartoshka tash-
kil etishi mumkin. Ikkinchi davr ham 30–40 kun davom 
etadi. Bunda ko‘proq uglevodga boy bo‘lgan don oziqlar-
dan makkajo‘хori doni, arpa, suli yormasi berilib, sersuv 
hamda dag‘al oziqlardan ham berib turilishi ke rak. Uchin-
chi davr 20–30 kun davom etib, ayni muddat davomida 
cho‘chqalar yaхshi sifatli to‘yintirilgan yemlar, shirali – 
sersuv oziqlar bilan boqilishi samarali natijalar olish im-
konini beradi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə