O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Emizikli ona cho‘chqani boqish.
Oziq moddalarga 
bo‘lgan ehtiyoji uning tirik vazniga, sut mahsuldorligiga 
va bolasining soniga qarab belgilanadi. Jussa og‘irligi 
200 kg va 10 ta bola emizadigan ona cho‘chqaga 6,4 
oziq birligi belgilanadi. Undan ortiq har 20 kg vazniga 
yana 0,3–0,4 oziq birligi qo‘shib berilishi lozim. Pro-
tein har bir oziq birligi hisobiga 115–120 g dan, osh tuzi 
7–8 g, kalsiy 7 g, fosfor 4 g, karotin 10 mg dan belgi-
lanishi kerak.
Emizikli ona cho‘chqalarning oziq ratsionida to‘yim-
liligiga ko‘ra 60–75% to‘yintirilgan yemlar, 5–10% 
miqdorida qaymog‘i olingan sut, baliq uni, go‘sht va 
suyak uni kabi chorva mahsulotlaridan tayyorlangan 
oziqlar, 5–8% dukkakli o‘simliklar pichani, 25–30% si-
los, lavlagi, sabzi kabi shirali oziqlar va ko‘k holdagi 
beda berib boqish ularning sersut va sog‘lom bo‘lishini 
ta’minlaydi.


242
Cho‘chqalarni yaylovda boqish imkoniyati bo‘lgan 
хo‘jaliklarda yangi bolalagan cho‘chqa bir hafta хonadan 
chiqarilmay turib, dastlab 1–1,5 soatga yaylovga chiqarib 
boqiladi. Keyin yayratib boqish muddati asta-sekin uzay-
tirib boriladi. Qish faslida esa bolalagan ona cho‘chqani 
birinchi 2 hafta davomida yolg‘iz o‘zinigina chiqarib 
yayratiladi. Keyinchalik, bolalarini qo‘shib chiqarib, bo-
lalari o‘rgatila boshlaydi.
14-§. CHO‘CHQALARNI GO‘SHT
UCHUN BOQISH
Cho‘chqani so‘qimga boqishning bir necha хil usullari 
bor. Xo‘jaliklarda ko‘proq 3 ta usuli qo‘llanib kelinadi: 
go‘sht uchun oqish, bekon uchun boqish, yog‘ yoki tarash 
yog‘ (shpig) uchun semirtirish.
Go‘sht uchun boqish.
Tez yetiluvchan 3–4 oylik 
yosh cho‘chqalar ajratilib, 6–8 oylik bo‘lganiga qadar 
jadal usul bilan o‘stiriladi. Tirik vazni 90–100 kg ga 
yetganda go‘shtga topshiriladi. Boqib o‘stirish davomi-
da oziq ratsioni 50–60% shirali-hajmli oziqlar, 30–35% 
to‘yintirilgan yem, qishda 10–15% beda pichani, yozda 
esa barra yoki maydalangan ko‘k bedadan iborat bo‘ladi. 
Bunda cho‘chqalardan 1 kg qo‘shimcha vazn olish uchun 
4–4,5 oziq birligi sarf bo‘ladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə