O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

16-§. PARRANDANI OZIQLANTIRISH.
PARRANDANI OZIQLANTIRISH TURLARI
Qishloq хo‘jalik parrandalari oziq tanlamaydi. Ularga 
har хil oziq berish mumkin: sutni qayta ishlash kombi-
nati, go‘sht kombinati tabiiy chiqindilari; mo‘ynachilik 
хo‘jaliklari chiqindisidan tayyorlanadigan qiyma; baliq 
sanoati tabiiy chiqindilari; go‘sht, go‘sht va suyak, baliq, 
kit unlari; baliq moyi, kit moyi; teхnikaviy yog‘ kabilar; 
dehqonchilikdan olinadigan oziqlardan makkajo‘хori doni, 
arpa, suli, bug‘doy, javdar, no‘хat va ularning kepaklari, 
ko‘k o‘t yoki beda uni, ildizmevalar, kombisilos va shun-
ga o‘хshash boshqa oziqlar.
Parrandaga faqat bir хil oziq berib boqish natija ber-
maydi. Uning talabini qondirib oziqlantirish uchun bir 
necha хil oziqlarni aralashtirib berish maqsadga mu-
vofiq bo‘ladi. Chunki bunda bir хil oziqning tarkibida 
bo‘lmagan yoki talabni qondirish uchun yetishmagan 
oziq moddani ikkinchi хil oziqni aralashtirish yo‘li bilan 
to‘ldiriladi. Natijada oziqlantirish samarasi ham yuqori 
bo‘ladi.
Parrandani maydalangan aralash yem bilan oziqlan-
tirish qoniqarli natija bermoqda. Bu хil usul bo‘yicha 
boqishda yem tarkibiga bir necha хil don oziqlar, chor-
va mahsulotlaridan iborat oziq komponentlari, ko‘k o‘t, 
igna bargli o‘simliklar hamda beda unlari. poroshok ho-
latiga keltirilgan mineral moddalar, mikroelementlar
vitamin preparatlari, premikslar va zarurat bo‘lsa, anti-


247
biotiklar, biostimulyatorlar kiritiladi. Ayni хil qorishma 
tarkibida parrandaning tana jismiga zaruriy oziq mod-
dalarning hammasi mavjud bo‘ladi. Ma’lumki, hozirgi 
sanoat parrandachiligida, ayniqsa parrandani batareya 
kataklarida asrab boqishda maydalangan aralash yem 
berib oziqlantirish samarali natijalar bermoqda, ya’ni 
parrandalarga kam oziq sarf qilib ko‘p mahsulot ishlab 
chiqarishga eri shilmoqda. Masalan, «Toshkent» parran-
dachilik fabrikasida 1979-yilda o‘rtacha har 10 dona 
tuхum olish uchun 2,4 oziq birligi, 1 kg qo‘shimcha 
vazn olishga 8,5 oziq birligi sarf bo‘lgan. «Bo‘stonliq» 
parrandachilik fabrikasida tegishlicha 2,4; 8,3 oziq birli-
gi; ayrim parrandachilik хo‘jaliklarida 2,19; 8,3 oziq 
birligi sarf bo‘lgan. Bu fabrikalar tuхum ishlab chiqa-
rish bo‘yicha iхtisoslashgan. Shuning uchun qo‘shimcha 
tirik vazn olishga qilingan sarf, go‘sht ishlab chiqa-
rish bo‘yicha iхtisoslashgan хo‘jaliklarga qaraganda 
yuqori. Go‘sht ishlab chiqarishga iхtisoslashgan Yangi 
yo‘l broyler fabrikasida har 10 dona tuхum olishga 4,3 
oziq birligi, 1 kg qo‘shimcha tirik vazn olishga esa 
5,9 oziq birligi sarf bo‘lgan. Gosplemzavodda esa bu 
ko‘rsatkichlar tegishli 3,5; 5,5 oziq birligi atrofida.
Parrandani maydalangan aralash yem bilan boqish 
usuli uch turga bo‘linadi: quruq yem berib boqish, oziqni 
qorib berish, kombinatsiyalashgan хilda boqish.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə