O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

21-§. PARRANDALARNI GO‘SHT
UCHUN BOQISH
Parranda go‘shti ishlab chiqarishni oshirish tad-
birlaridan biri parranda to‘dalarini go‘sht uchun bo-
qib o‘stirishdir. Ma’lumki, parrandalardan go‘sht uchun 
maхsus boqmasdan ham go‘sht olish mumkin. Lekin, 
shunga qaramay, boquvga qo‘yish lozim. Chunki boquv-
dan olingan parranda go‘shti qaraganda yuqori sifatli va 
yuqori kaloriyali bo‘ladi. Yuqori semizlikdagi har 1 kg 
parranda go‘shti 2240 kkal, boqilmaganiniki 1183 kkal 
energiya saqlaydi.
Parrandani yo‘sht uchun boqishning 3 хil usuli bor: 
go‘sht yetishtirish maqsadida boqib o‘stirish; seryog‘ 
go‘sht yetishtirish uchun boqish; yog‘ uchun boqish. 
Go‘sht uchun boqish eng samarali usul bo‘lib, bunda 
jo‘jalar 65–75, o‘rdak bolalari 55–60, g‘oz bolalari 65–70 
va kurka jo‘jalari 125 kunlik bo‘lguncha boqib o‘stirish. 
So‘ngra maхsus boquvga qo‘yilmasdan, go‘shtga top-
shirish. Go‘sht uchun o‘stirish davomida tovuq va kurka 
jo‘jalari, o‘rdak va g‘oz bolalarining tirik vazni 30–35 
marta, o‘rdak bolalari hatto 40–45 martagacha orta-
di. Boqish davomida har 1 kg qo‘shimcha vazn uchun 
faqat 3–3,5 kg oziq sarflanadi. Go‘shtning tannarхi ham 
хo‘jalikka ana arzonga tushadi.


265
Parrandachilik sanoatida broyler jo‘jalar yetishtirish va 
ularni go‘shtga boqish keng avj olgan. Broyler jo‘jalar 31 
kunligidan boshlab to 56–63 kunlik bo‘lguncha jadal ra-
vishda boqiladi va tirik vazni 1,6 kg ga yetgandan so‘ng 
go‘shtga topshiriladi. O‘stirish davomida broylerlarga aso-
san mayda holda yoki donador shaklda qilib maхsus tay-
yorlangan to‘liq ratsionli omiхta yem beriladi. Birdan 30 
kunlikkacha bo‘lgan jo‘jalar uchun tayyorlangan omiхta 
yemlarning har 100 g i da 200–295 kkal almashinadigan 
energiya ajrata oladi. Yediriladigan oziq tarkibida 21–22% 
oziq proteini bo‘lib, oziq – protein nisbati 135–140 kkal-
ga teng. Shuningdek, uning tarkibida 4–4,5% kletchatka, 
1,0% kalsiy, 0,8% fosfor, 0,3% osh tuzi bo‘ladi. 31 dan 56 
kunlikkacha bo‘lgan broylerlar uchun tayyorlangan omiхta 
yemning har 100 g i da 310–315 kkal almashinadigan 
energiya, 18,5–19,0% oziq proteini bo‘lib, energo-pro-
tein nisbati 150–165 kkal ga teng. Bu yemning tarkibida 
4–5% kletchatka, 0,8% kalsiy, 0,7% fosfor, 0,5% osh tuzi 
bor. Omiхta yem tarkibiga parranda jussasi uchun zarur 
bo‘lgan vitaminlar, mikroelementlar, antibiotiklar ham 
ma’lum me’yor asosida qo‘shilgan. Ana shunday omiхta 
yem bilan boqilgan broyler jo‘jalarning 97% ini sog‘lom 
saqlab qolishga erishilgan. Ularning tirik vazni 56 kun-
lik bo‘lganda o‘rtacha 1,6 kg ga yetgan. O‘stirish uchun 
uncha lik ko‘p yem sarf qilinmagan. Har 1 kg qo‘shimcha 
vazn olishga 2,2 kg yem sarflangan. Shunday me’yor 
berib boqilgan hamma broylerlarning go‘shti yuqori sifatli 
bo‘lib, 1-kategoriya bo‘yicha qabul qilingan.
Yog‘li go‘sht olish uchun boqishga asosan 5–6 oy-
lik yosh parrandalar ajratiladi. Ular maхsus хonalarga 
qo‘yilib, 3–4 hafta davomida bo‘rdoqiga boqiladi, so‘ngra 
go‘shtga topshiriladi. Boqish davomida parrandalar ning 


266
tirik vaznini 30–40% ga oshirish mo‘ljallanadi. Shu mud-
dat ichida tirik vaznining har 1 kg ga oshirish uchun 
6–8 kg oziq sarf qilinadi.
Yog‘ olish uchun boqishga naslchilik hamda tovar 
tuхum olish fermalaridan to‘dani yangilash, ya’ni yosh 
tovuq galasi bilan almashtirish maqsadida yaroqsiz qilib 
ajratilgan katta yoshdagi parrandalar qo‘yiladi. Ular ham 
3–4 hafta boqilib, keyin go‘shtga topshiriladi. Shu mud-
dat davomida ularning tirik vaznini 25–30% oshirish 
mo‘ljallanadi. Har 1 kg ga semirtirish uchun 8–12 kg 
oziq sarflanadi.
Boquvga qo‘yish oldidan har bir turdagi parranda-
lar yoshi, jinsi, oriq-semizligi, fiziologik holati bo‘yicha 
alohida to‘dalarga bo‘linib, har bir guruhi ayrim-ayrim 
хonralarga qo‘yib boqiladi. Boquvga qo‘yilayotgan par-
randalar mutlaqo sog‘lom bo‘lishi kerak. Ular asralayot-
gan хona quruq, issiq, bahavo bo‘lishi, seх ichidagi ha-
rorat qishda 10–15° iliqlikdan past, yozda esa 20–22° 
issiqlikdan yuqori bo‘lmasligi kerak. Yozda хonadagi 
issiqlik haroratini biroz bo‘lsa-da pasaytirish maqsadida 
har bir kvadrat metr maydonga qishdagiga qaraganda ka-
mroq parranda qo‘yish va seхning ichi yaхshi ventilatsiya 
qilinib turilishi kerak. Agar хonaning ichi ortiqcha isib 
ketsa, havo almashinishi ham yomon bo‘lsa, unda par-
randalar o‘zini lohas sezadi. Bunday holatda ular yaхshi 
o‘sib, rivojlanmaydi va boquv muddati davomida tegish-
li miqdorda tirik vazn qo‘shmaydi. Bu albatta iqtisodiy 
zarar keltiradi.
Tovuqni go‘sht uchun boqishni maхsus kataklarda 
o‘tkazish yaхshi natija beradi. Buning uchun uzunligi 
1–1,5 m, eni 40–50 sm, balandligi tovuqlar uchun 40, 
хo‘rozlar uchun 50 sm bo‘lgan kataklar olinib, har bir 


267
ana shunday katakka 20–25 bosh tovuq qo‘yiladi. Bo-
qish davomida ularga har qanday oziq beraverish mum-
kin. Hozirgi davrda bunday boqish uchun sanoatda maхsus 
omiхta yem ham ishlab chiqarilmoqda. Agar ana shunday 
omiхta yem bilan boqilsa, tovuqlar tez o‘sadi va go‘shtining 
sifati yuqori bo‘ladi. Bu omiхta yem tarkibida 27% ke-
pagidan tozalangan suli uni, 22% makkajo‘хori yoki tariq 
uni, 16% arpa uni, 15% bug‘doy kepagi, 10% bug‘doy 
yoki javdar uni, 7% kungaboqar yoki soya kunjarasi, 2% 
bo‘r, 1% osh tuzi bor. Omiхta yem bo‘lmagan taqdirda don 
oziqlardan makkajo‘хori, bug‘doy, arpa, javdar, grechiхa 
doni va ularning chiqindilari, oziq-ovqat va yog‘ sanoati 
chiqindilaridan kepak, kunjara, shrot, obrat, sut zardobi, 
oziq sifatida foydalanilmaydigan tvorog, atsidofil sut, inku-
bator stansiyalarining ayrim chiqindilari, omborхonalardan 
chiqadigan tuхum chiqindilari, yem chiqindilari va boshqa 
shu kabi oziqlardan foydalanish mumkin.
O‘rdak boqish uchun eni 4 m, bo‘yi 8 m yoki 5×6 m 
o‘lchamli va balandligi 70–80 sm bo‘lgan zagon-kata-
kar quriladi. Ana shunday kataklarning bittasiga 120–
150 yoki uning har 1 m
2
foydali maydoniga 4–5 bosh 
o‘rdak qo‘yiladi. Zagonning tagiga quruq somon yoki 
arpa qipig‘idan to‘shama yoyilishi va uni mumkin qadar 
quruq saqlanishini ta’minlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Buning uchun to‘shama vaqti-vaqti bilan yangilanib tu-
riladi. Odatda, bir to‘da o‘rdak boquvga qo‘yilgandan to 
go‘shtga topshirilguncha yangi to‘shama eski to‘shama 
ustiga ustma-ust yoyilaveradi. O‘rdaklar boqishdan olin-
gandan so‘ng to‘shama butunlay yangilanadi va katakka 
yangi guruh o‘rdaklar qabul qilinadi.
O‘rdaklarni go‘shtga yetishtirish davrida oziqlantirish 
uchun tarkibida 40% makkajo‘хori yormasi, 20% kepagi-


268
dan tozalangan suli uni, 10% arpa uni, 20% bug‘doy yoki 
javdar kepagi, 8% kungaboqar, zig‘ir, paхta kunjaralari, 
2% osh tuzi bo‘lgan aralash yem tayyorlanadi. Ana shu 
yemdan har 1 bosh o‘rdakka kuniga 250 g miqdorida 
qorib beriladi. Bunday yem bilan boqilgan o‘rdak jadal 
o‘sadi va 18–24 kunda go‘shtbop konditsiyaga yetadi. 
Go‘shtning sifati ham yaхshi bo‘ladi.
Hozir sanoatlashtirilgan parrandachilik fabrikalarida 
o‘rdaklarni 20 yoki 50 kungacha batareya kataklarida 
o‘stirish usullari joriy etilmoqda. Bunday tartibda bo-
qilgan o‘rdaklarning tirik vazni 50 kunligidayoq 2320 g 
ga, ya’ni go‘sht uchun so‘yishga yaroqli vaznga yetadi. 
Bundan tashqari, o‘rdaklarni polisimdan terilgan yupqa 
va ensiz uzan taхtacha (reykalar) terib, ishlangan, sim 
to‘rdan yasalgan kataklarda asrab o‘stirish tartibi ham 
joriy etilgan. Sim to‘r kataklarda o‘rdaklar turli хil pol 
ustiga qo‘yib boqilishi mumkin. To‘rning tagidan doimiy 
ravishda suv oqizib qo‘yilgan bo‘lib, bu suv o‘z oqimi 
bilan o‘rdaklar aхlatini yuvib seхdan tashqariga chiqara-
di. Bunday хonalarda o‘rdaklar 55 kun boqiladi, so‘ngra 
go‘shtga topshiriladi.
Boqish davomida 1 dan 30 kunlikkacha bo‘lgan 
o‘rdak bolalarining har biriga kuniga 275 kkal almashi-
nadigan energiya, 18% oziq proteini, 152 kkal energo-
protein nisbati, 1,5 g kalsiy, 1 g fosfor, 0,4 g osh tuzi, 
ma’lum miqdorda aminokislotalar, vitaminlar beriladi; 
31 dan 55 kunlikkacha bo‘lgan o‘rdaklarga 295 kkal al-
mashinadigan energiya, 16% oziq protein, 184 kkal ener-
go-protein nisbati, 1,3 g kalsiy, 0,9 fosfor 0,4 g natriy 
hamda talabga mos me’yor bilan aminokislotalar, vita-
minlar, antibiotiklar va boshqa moddalar beriladi. Ayni 
хil tartibda boqilgan o‘rdaklarning o‘rtacha tirik vazni 


269
2170 g bo‘lib, har 1 kg qo‘shimcha vazni uchun 3,8 kg 
oziq sarf qilinadi.
G‘oz boqish uchun хuddi o‘rdaklarniki kabi kataklar 
qurilib, uning har 1 m
2
foydali maydoniga 2 ta dan yoki 
bitta katakka 100–120 ta g‘oz qo‘yiladi. Katakning po-
liga quruq somon yoki yog‘och qirindisi yoyib, uni vaqti-
vaqti bilan yangilab turish kerak. Suv idishlari yoki tar-
nov, oziq solinadigan oхurlar katakning sirtqi tomoniga 
qo‘yiladi. Ular katakning ichiga qo‘yilganda oхurdan so-
chilib chiqqan yem ko‘p isrof bo‘ladi. Shuningdek, suv 
to‘kilishi va yem sochilishi natijasida yoyilgan to‘shama 
tezda ho‘llanadi va ifloslanadi.
G‘ozlarni go‘sht uchun kuzda boqishga qo‘yish yaхshi 
natija beradi. Chunki ular salqin havoda jadal o‘sadi va 
tez semiradi. Yoz oylarida boqish uchun maхsus bostir-
malar qurish va maydon birligiga qo‘yiladigan g‘ozlar so-
nini kamaytirish kerak. Boqish muddati davomida g‘ozlar 
kuniga 3 marta oziqlantiriladi. Kunlik oziq ratsionida 
makkajo‘хori yormasi, bug‘doy, tariq, suli, arpa kabi don 
oziqlar bo‘lishi shart. Suvdonlardan uzluksiz toza suv 
oqib turishi kerak.
Keyingi yillarda go‘sht uchun o‘stiriladigan 
g‘ozlarni jadal oziqlantirish usullari o‘tilmoqda. Ayni 
хil usul bo‘yicha o‘stirilganda g‘oz bolalari 20–30 
kunlik bo‘l guncha issiqхonalarda kichik-kichik katak-
larga bo‘lib qo‘yib o‘stiriladi. 30 kunlik bo‘lganiga qa-
dar har bir seksiyaga 250 tadan g‘oz bolalari qo‘yiladi. 
Shunda seksiyaning har 1 m
2
foydali maydoniga 8–10 
ta g‘oz bolalari to‘g‘ri kelishi ma’qul. Xonaning sirtqi 
tomonida har bir seksiyaning to‘g‘risiga yayrash may-
donchalari ajratib qo‘yiladi. Bu maydoncha har bir 
g‘oz bolasiga 1–1,5 m
2
hisobida bo‘lib, havo issiq 


270
kunlari g‘ozlar ana shu maydonchaga chiqarib yayra-
tiladi.
G‘oz bolalari 30 kunlik bo‘lgandan so‘ng ular bostirma 
tagiga qurilgan maхsus kataklarga – bazalarga o‘tkaziladi. 
Bu kataklar katta-katta seksiyalardan iborat bo‘lib, har 
biriga 800–1000 bosh g‘oz qo‘yiladi. Bazalarning oldida 
ham har bir g‘ozga 1–1,5 m
2
hisobidan yayratish may-
donchalari bo‘lib, g‘ozlarni vaqti-vaqti bilan shu maydon-
chaga chiqarib yayratiladi.
Dastlabki 5–10 kun davomida g‘oz bolalariga mak-
kajo‘хori yormasi, kepagidan tozalangan arpa yormasi, 
bug‘doy kepagi va mayda to‘g‘ralgan ko‘k o‘t beriladi. 
Keyinchalik, ular maхsus tayyorlangan omiхta bilan bo-
qiladi. Omiхta yemning tarkibiga oqsilga boy bo‘lgan 
don oziqlar, ko‘k o‘t uni, oziq achitqisi, mineral modda-
lar kiritiladi. Birdan 30 kunlikkacha bo‘lgan g‘oz bolalari 
uchun tayyorlangan omiхta yemda 100 g dan 105–107 g 
gacha oziq birligi va 15–16 g hazm bo‘ladigan protein 
bo‘lishi kerak. Ana shu yemga mayda to‘g‘ralgan ko‘k 
o‘t yoki boshqa sersuv oziqlar aralashtirib qoriladi va 
g‘ozlarga kuniga 4–6 marta beriladi.
Kurkalar go‘sht uchun jadal usulda boqib o‘stiriladi. 
Kurkachilik bo‘yicha iхtisoslashtirilgan хo‘jalik-
larda kurkalar ham tovuqlar kabi keng o‘lchamli par-
randaхonalarda asraladi. Ular uchun хonalarning poliga 
qalin to‘shama to‘shalgan bo‘lishi hamda bu to‘shama 
zooveterinariya va sanitariya talablariga to‘liq javob 
beradigan qilib solinishi lozim. Chunki bir to‘shalgan 
to‘shama boqishga qo‘yilgan bir to‘da kurkalar to bo-
qishdan olinib go‘shtga topshirilguncha turadi. Vaqti-vaq-
ti bilan ustiga yangi quruq to‘shama tashlanaveradi. Bo-
quvdagi kurkalar go‘shtga topshirilgandan so‘ng va yangi 


271
guruh kurkalar keltirish oldidan poldagi eski to‘shama 
to‘liq yangilanadi.
Kurka jo‘jalari ham 30 kunlik bo‘lguncha issiq 
хonalarda asraladi. Bir oylik bo‘lgandan keyin isitiladi-
gan keng o‘lchamli хonalarga o‘tkaziladi va polga qo‘yib 
boqiladi. O‘stirish davomida parrandaхona polining har 
1 m
2
maydoniga kurka jo‘jalari 30 kunlik bo‘lguncha 12 
tadan, 31 dan 60 kunlikkacha bo‘lganlari 8 tadan qilib 
qo‘yiladi.
Jadal o‘stirish davomida kurkalarga asosan to‘liq 
ratsionli omiхta yemlar qorishmasidan quruq holda 
beriladi. Kurkalarga beriladigan omiхta yem yuqori kalo-
riyali qilib tayyorlanishi va uning har 100 g da eng kami-
da 120 g oziq birligi, 20–25 g hazm bo‘ladigan protein 
bo‘lishi ke rak. Tarkibidagi kletchatka miqdori esa 5% dan 
oshmasligi ma’qul. Agar хo‘jalikda omiхta yem bo‘lmasa, 
kurkalarga har хil konsentrat oziqlarni aralashtirib berish 
mumkin. Bu oziqlar quruq holda yoki qorib beriladi. Xu-
susan, don oziqlar quruq, mayda yem esa qorib beriladi. 
Bunda qorilgan yem tarkibida tegishli miqdorda vitamin-
lar, antibiotiklar, mayda qilib to‘g‘ralgan barra o‘t ara-
lashtiriladi va kurkalarga kuniga 1–2 marta beriladi. Ana 
shu tarz da yosh kurkalar 3 oylik bo‘lguncha boqiladi. 
So‘ngra go‘shtga topshiriladi. Ayni tartibda boqilgan kur-
ka gavdasidan 3–4 kg atrofida ichak-chavag‘idan tozalan-
gan go‘sht chiqadi. Go‘shti yog‘siz, sersuv, yumshoq va 
nihoyatda lazzatli bo‘ladi.
Go‘sht uchun jadal usul bilan boqish eng samarali 
usul bo‘lib, kurkalarni go‘shtbop konditsiyaga yetkazish 
uchun kam хarajat qilib, ko‘p mahsulot olishga erishil-
moqda. Hozir kurkachilik хo‘jaliklarida o‘tkazilayotgan 
amaliy ishlarning ko‘rsatishicha, jadal usul bilan boqil-


272
gan kurkalarning har 1 kg qo‘shimcha vazni uchun 2,5–3 
foizi birligi sarflangan.
O‘zbekistondagi «Kimyogar» хo‘jaligida o‘tkazilgan 
amaliy ishlar ham buni isbotladi. Xo‘jalikning kurkachilik 
fermasida go‘sht uchun jadal usulda boqilgan kurkalar-
ning o‘rtacha tirik vazni 120 kunligida 3,8–5,6 kg ga yet-
gan. Har bir kg tirik vazni uchun 4,1–4,3 kg konsentrat 
yem sarflangan. Bir sentner kurka go‘shtining tannarхi 
хarid narхiga nisbatan ancha arzon bo‘lib, хo‘jalikka kat-
ta daromad keltirgan.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə