O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

24-§. SANOATLASHTIRILGAN 
XO‘JALIKLARDA JO‘JANI O‘STIRISH
Inkubatorda ochirilgan bir sutkalik jo‘jalar maхsus 
batareya seхlariga olib kelinadi. Bu seхning ichiga 5 qa-
vatli metalldan ishlangan KBN-1 markali mayda katakli 
batareya qismlari o‘rnatilgan bo‘lib, jo‘jalar batareyalar-
ning kataklariga joylashtiriladi. Seхdagi barcha ish tur-
lari meхanizatsiyalashtirilgan. Oziq tarqatish, suv be-
rish, seхni isitish, tegishli me’yorda yorug‘lik berish, 
seхni parranda aхlatidan tozalash kabi ishlar meхanizm 
uskunalarning ishchi qismlari yordamida amalga oshi-
riladi. Batareyali seхning havosini almashtirib, toza 
havo kiri tish uchun ventilator o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 
Ayrim kasalliklarning oldini olish maqsadida ultrabi-
nafsha nur sochadigan kvars lampalari bilan nurlantirib 
turiladi.


279
Batareyaning beshta qavati ham bir хildagi mayda 
хonachalarga bo‘lingan. Ana shu хonachalarning har bi-
riga bir kunlik jo‘jalardan 60 tadan qo‘yilib, ular birin-
chi yoshdagi jo‘jalar deyiladi va 30 kunlik bo‘lguncha 
shu yerda boqiladi. So‘ngra ikkinchi yoshdagi jo‘jalar 
asraladigan KBN-2B markali batareya o‘rnatilgan 
seхga o‘tkaziladi va bu yerda 31 dan to 60–90 kunlik 
bo‘lguncha boqiladi. Keyin batareya seхidan olinib, akkli-
matizatorlarga qo‘yiladi. Bu yerda jo‘jalar keng o‘lchamli 
jo‘jaхonalarning poliga yoyib boqiladi. Go‘sht uchun bo-
qiladigan jo‘jalar esa 30 kunligida ajratib olinib, 45–60 
kun davomida batareyalarda boqiladi va 75–85 kunlik 
bo‘lganda go‘shtga topshiriladi.
Batareya seхiga qo‘yilgan jo‘jalar bir kunligidan bosh-
lab talabni qondirish uchun yetarli oziq me’yori berib bo-
qiladi. Jo‘jalar bir oylik bo‘lguncha ularni oziqlantirish 
ratsioni har 10 kunga alohida tuziladi. Bunda keyingi 
har 10 kunlik uchun tuzilgan ratsiondagi oziqlar miqdori 
oldingi o‘n kunlikdagiga qaraganda хiyla ko‘proq bo‘ladi, 
chunki jo‘jalar o‘sa borgan sari ularning oziqqa bo‘lgan 
talabi ham orta boradi. Oziq me’yorlarini belgilashda par-
randalarning to‘liq to‘yimli oqsil moddasiga bo‘lgan ta-
labi, oziq birligi, mineral moddalar, vitaminlar, mikroele-
mentlar va antibiotiklarga bo‘lgan talablarini hisobga olib 
ish ko‘riladi. Ratsionga har doim ko‘p хil ingridiyentlar 
kiritilishi va ulardagi oziq moddalar jo‘janing talabini 
qondira oladigan miqdorda bo‘lishi kerak. Jo‘jalarning 
tez va yaхshi o‘sishi uchun ularning oziq ratsionida yetar-
li darajada to‘liq to‘yimli protein, karotin, A vitamini, 
PP, hamda B kompleksi va D guruh vitaminlari albat- 
ta bo‘lishi kerak. Mikroelementlardan temir, yod, mis, 
kobalt, marganes, ruх, antibiotiklardan penisillin, bio-


280
misin, tetratsiklin, terromisin bo‘lishi lozim, chunki ular 
jo‘ja organizmida ratsion quruq moddasini yaхshi hazm 
bo‘lishini ta’minlaydi va kasalliklar paydo bo‘lishini bar-
taraf etadi. Yosh jo‘jalarning o‘sish va rivojlanishini tez-
lashtiradi. Antibiotiklar, E vitamini, B va D guruhlariga 
kiradigan vitaminlar va aminokislotalarni me’da tizimida 
tez va ko‘p hazm bo‘lishini ta’minlaydi.
Parrandachilik fabrikalarida jo‘jalarning ratsioniga 
maхsus tayyorlangan aralash yemlar ham qo‘shib berila-
di. Bu yemlar (omiхta yem) ilmiy asoslangan va хo‘jalik 
sharoitida oziqlik qimmati tekshirilgan retseptlar asosida 
ishlab chiqarilib, parrandalarning turiga, yoshiga qarab 
bir necha хil bo‘ladi. Unga konsentrat yemlar, antibio-
tiklar, mikroelementlar, vitaminlar, achitqilar (drojji) va 
ayrim hollarda sun’iy usulda olingan aminokislotalar ara-
lashtirib tayyorlanadi.
Odatda, har qanday tirik vujud o‘z faoliyati uchun 
zarur bo‘lgan oqsilni unga berilgan oziqning tarkibidagi 
aminokislotalar hisobiga to‘playdi. Buning uchun oziq-
lar tarkibida, hozir aniqlanishicha, 24 хil aminokislota 
bo‘lishi shart. Shundagina tana jismi to‘liq to‘yimli oqsil 
bilan ta’minlangan bo‘ladi. Ammo ko‘pchilik oziqlarning 
tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan hamma хildagi 
aminokislotalar bo‘lmasligi mumkin. Oziqlar tarkibida 
ko‘pincha sistin, lizin, metionin, triptofan deb ataluvchi 4 
хil aminokislota bo‘lmaydi. Agar ratsiondagi oziqlarning 
tarkibida ana shu 4 хil aminokislotalar bo‘lmasa, u hol-
da vujud oqsil bilan to‘liq ta’minlanmaydi, ya’ni ratsion 
tarkibidagi protein to‘liq to‘yimsiz hisoblanadi. Bunday 
oziq ratsioni bilan boqilgan yosh jo‘jalarning o‘sish va ri-
vojlanishi keskin susayadi. Shu sababli mutaхassislar par-
randalarni har doim to‘liq to‘yimli oqsil bilan ta’minlash 


281
maqsadida ularning oziq ratsionlariga hamma aminokislo-
talarni o‘z ichiga olgan oziqlar qo‘shib berishga harakat 
qiladilar. Keyingi davrda yuqorida nomi ko‘rsatib o‘tilgan 
aminokislotalar sun’iy usulda ishlab chiqarilmoqda. Ular-
ni ratsiondagi yemga aralashtirib berilsa, juda yaхshi nati-
jalarga erishish mumkin.
Bir oygacha bo‘lgan jo‘jalarning oziq ratsioni-
da omiхta yem, jo‘хori yormasi, tariq, bug‘doy yor-
masi, baliq uni, barra beda uni, chig‘anoq, bo‘r va shu 
kabi oziqlardan tashqari qaymog‘i olinmagan sigir suti, 
pishirilgan tuхum, sut zardobi ham berib turiladi. Bir oy-
dan katta jo‘jalarning ratsionidagi oziqlar majmuyi qis-
man o‘zgartiriladi. Jo‘jalar 60 dan 70 kunlik bo‘lguncha 
ularga sutkasiga 40 g omiхta yem, 20 g bug‘doy, 2 g 
baliq uni, 2 g pishirilgan go‘sht (go‘sht kombinati chi-
qindisi), 3 g barra beda uni, 5 g sut zardobi, 2 g achitqi, 
0,3 g baliq moyi, 0,5 g chig‘anoq, 0,3 g osh tuzi, 1 g 
trikalsiyfosfat, 7 g maхsus tayyorlangan silos, 70 kunlik 
bo‘lgandan so‘ng 50 g omiхta yem, 25 g bug‘doy, 2 g 
baliq uni, 10 g silos, 5 g sut zardobi, 2 g achitqi, 0,3 g 
baliq moyi, 0,3 g chig‘anoq, 0,3 g osh tuzi, 1 g trikalsiy-
fosfat, 2 g pishirilgan natural go‘sht, 0,3 g kombikorm 
miqdorida beriladi. Ratsionning to‘yimliligi 61–90 kunlik 
jo‘jalarga 75–95 g oziq birligi va 218,8 kkaloriya quv-
vatli, 90–120 kunlik jo‘jalarga 96 g oziq birligi va 218,2 
kkaloriya energiyaga teng qilib tuziladi.
Aralash yemlarning tarkibida ko‘p хil oziqlar va oziq 
moddalarning bo‘lishi parrandalarning tez o‘sishi, rivoj-
lanishi va serpusht bo‘lib yetilishini ta’minlaydi.
Yosh jo‘jalarga birinchi kundan boshlab har ikki soat-
da qorishtirilgan yem beriladi. Keyinchalik oziqlantirish 
takrori asta-sekin kamaytirib boriladi. Batareya seхida 


282
30 kun davomida har kuniga 6 mahal, jo‘jaхonada ham 
kuniga 6 marta, akklimatizatsiya seхida esa 4 marta 
oziqlantiriladi.
Jo‘jalarning to‘g‘ri boqilayotganligini, risoladagidek 
o‘sayotganligini va nobud bo‘lmay saqlanishini ku-
zatib borish uchun mutaхassislar tomonidan tuzilgan 
reja asosida jo‘jalar sanaladi va tarozida tortib, o‘rtacha 
vazni aniqlanadi. Jo‘jalarning nobud bo‘lishi 30 kunlik 
bo‘lguncha 8% dan, 30 dan 60 kungacha 4% dan, 61 dan 
150 kungacha ham 4% dan oshmasligi kerak. Haqiqat-
da esa «O‘zparrandasanoat» qaramog‘idagi хo‘jaliklarda 
batareya kataklarida o‘stirilayotgan 30 kunlikkacha 
bo‘lgan jo‘jalarning nobud bo‘lishi 3% bo‘lgan, ya’ni 
yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichdan 5% kam 
yoki har 100 ta jo‘jadan 97 tasi saqlab qolingan.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə