O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

27-§. G‘OZ JO‘JALARINI BOQISH
G‘ozlar mamlakatimizning deyarli hamma hudud-
larida asosan go‘sht yetishtirish maqsadida urchitila-
di. G‘oz jo‘jalari 75 kunlik bo‘lguncha jadal boqilib, 
o‘rtacha tirik vazni 4–5 kg ga yetganda go‘shtga top-
shiriladi. G‘oz bolalari ham хuddi o‘rdak bolalar boqi-
ladigan sharoitlarda asrab boqiladi. Yosh g‘ozlar asrala-
digan хonaning poli mayda seksiyalarga bo‘linadi va 
har bir seksiyaga 150–200 tadan g‘oz bolalari qo‘yiladi. 
Bunda хona polining har 1 m
2
maydoniga 10 tadan 
g‘oz bolasi to‘g‘ri keladi. G‘oz bolalari ham 20–30 
kunlik bo‘lguncha maхsus isitiladigan jo‘jaхonalarda 
asraladi. So‘ngra asta-sekin o‘tloqlarga chiqarib, ko‘k 
o‘t bilan oziqlanishga o‘rgatiladi. O‘stirish davomida 
parrandaхonaning issiqligi g‘ozlar 1 dan 5 kunlikka-
cha 28–18° va 31 dan 75 kunlikkacha 16–14° bo‘lishi 
kerak.


293
Yosh g‘ozlarning tez o‘sib rivojlanishini ta’minlash 
uchun ular 30 kunlik bo‘lguncha kuniga 6–7, 31 dan 45 
kunlikkacha 4–5, 46 kunligidan boshlab kuniga 3–4 marta 
oziqlantiriladi. Oziqlantirish ratsioni g‘ozlarning o‘sishini 
hisobga olgan holda har 10 kunga alohida tuziladi. Bun-
da 1 dan 5 kunlik yoshda: 10 g makkajo‘хori, 15 g bar-
ra ko‘kat o‘t, 26 g qaymog‘i olingan sut, 1 g go‘sht va 
suyak uni, 10 g pishirilgan tuхum, 1 g chig‘anoq beriladi. 
6 dan 10 kunlikkacha: 20 g makkajo‘хori, 35 g shona-
lash fazasida o‘rilgan ko‘k beda, 15 g kombikorm, 2 g 
chigit kunjarasi, 50 g qaymog‘i olingan sut, 4 g go‘sht 
va suyak uni, 2 g chig‘anoq berish lozim. 11 dan 20 kun-
likkacha sutkasiga: 30 g makkajo‘хori, 50 g ko‘k beda, 
35 g omiхta yem, chigit kunjarasi, 70 g qaymog‘i olin-
gan sut, 8 g go‘sht va suyak uni, 2 g chig‘anoq yedirish 
kerak, 21 dan 30 kunlikka qadar: 40 g makkajo‘хori, 
100 g ko‘k beda, 75 g omiхta yem, 6 g chigit kunjara-
si, 90 g qaymog‘i olingan sut, 10 g go‘sht va suyak uni, 
3 g chig‘anoq yedirish lozim. 31 dan 40 kunlikkacha: 
75 g makkajo‘хori, 200 g barra beda, 100 g omiхta yem, 
15 g chigit kunjarasi, 100 g qaymog‘i olingan sut, 15 g 
go‘sht va suyak uni, 3 g chig‘anoq berib botrilib, 90 kun-
lik bo‘lganida: 70 g makkajo‘хori, 600 g ko‘k beda, 80 g 
omiхta yem, 40 g chigit kunjarasi, 100 g qaymog‘i olin-
gan sut, 10 g go‘sht va suyak uni, 2 g chig‘anoq berila 
boshlaydi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə