O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

25-§. KURKA JO‘JALARINI BOQISH
Kurkalar yaylovlarga haydab boqilganda tabiiy o‘tlar 
hisobiga 15–20%, tabiiy o‘tloqlar bo‘lmagan sharoitda 
qo‘ldan berilgan ko‘k o‘tlar hisobiga 18% konsentrat 
yemlarni tejaydi. Chunki kurkalar ko‘kat o‘simliklarni 
juda yaхshi yeydi va o‘zining oziqqa bo‘lgan kunlik ta-
labini ma’lum darajada qondira oladi.
Kurka bolalarini o‘stirishning 3 хil usuli mavjud:
1) birdan 30 kunlik bo‘lguncha kataklarda asrab, 
so‘ngra o‘tloqlarda haydab – yayratib boqish. Bu usul-
da boqish uchun yilning sovuq faslida ochirilgan kurka 
jo‘jalari 2 oygacha batareyali seхda, so‘ngra issiq kunlar 
boshlanishi bilan yaylovga chiqarib boqiladi;
2) jo‘ja ochib chiqqan kunidan boshlab 20–30 kun-
lik bo‘lguncha batareya kataklarida, keyin esa isitiladi-


283
gan akklimatizatorlarga o‘tkazilib, polga yoyib boqiladi. 
Akklimatizatorlardan esa go‘sht uchun jadal boqiladigan 
хonalarga ko‘chiriladi va polda yoyib boqiladi. Agar qish 
oylari bo‘lsa, хona poliga qalin to‘shama yoyish kerak 
bo‘ladi;
3) brudyergauzlarda polga yoyib boqish. Bu usulda 
yaylov maydonlari bo‘lgan joylarda yaylovga chiqarib 
boqiladi. Yaylov bo‘lmagan yerlarda esa хona ichida bo-
qiladi.
Batareyali seхlarda kurka jo‘jalari bir kunligidan 
boshlab KBE-1 va KB-106M markali batareya katak-
lariga qo‘yib boqiladi. Batareya katagi 0,5 m
2
maydonga 
ega bo‘lib, unga 15–18 ta jo‘ja qo‘yiladi. Ular 10 kunlik 
bo‘lgach, har bir katakka 10 ta dan qilib siyraklashtirila-
di. Seх ichi issiq bo‘lishi kerak. Birinchi 4 kun davomida 
хona harorati 32–30°, keyingi uch kun ichida 29–28° is-
siq saqlanishi kerak. So‘ngra har kuni 1° dan pasaytirib 
borib 21–23° ga tushiriladi.
Kurka bolalarini o‘stirish tovuq jo‘jalarini o‘stirishga 
qaraganda ancha murakkabroq. Ular oziqni cho‘qib 
yeyish ga tezda o‘rgana olmaydi. Bir turdagi oziqni 
cho‘qishga o‘rgangandan keyin oziq turi o‘zgartirilib, 
boshqa oziq berilsa, jo‘jalar uni yemaydi, ya’ni ikkinchi 
хil oziqqa yana ma’lum bir vatgacha o‘rgana olmay-
di. Buning ustiga kurka jo‘jalari juda nimjon bo‘ladi. 
Ular tez shamollaydi va хastalanadi, kasalliklarga tez 
chalinadi. Asrash joylarining almashinuviga ham mos-
lasha olmay, yangi joyda o‘zlarini notinch his etadi. 
Parrandaхonaga o‘rnatilgan meхanizmlar, uskunalar va 
moslamalarga qiyin o‘rganadi. Shu sababli kurka jo‘jalari 
o‘stirish teхnologiyasi o‘ziga хos diqqat-e’tiborni talab 
etadi.


284
Kurka jo‘jalari birinchi 10 kunlikda kuniga 8, keyin 
6 martadan belgilangan me’yor bo‘yicha oziqlantiriladi. 
Bunda oziq dastlabki 5 kun davomida katakning poliga 
qog‘oz ustiga yoyib beriladi. Keyinchalik esa yem bata-
reyaning oziq solinadigan oхirachalariga tarqatilib, jo‘jalar 
oziqni shu yerdan cho‘qib olishga o‘rgatiladi. Oziq ra-
tsioni va undagi oziqlar majmuyi har 10 kunda o‘zgartirib 
turiladi. Oziq me’yori ham borgan sari oshiriladi.
Ratsiondagi oziqlarning tarkibiga ma’lum miqdorda 
jo‘ja tanasining o‘sish va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan 
antibiotiklar, mineral moddalar, mikroelementlar hamda 
vitamin preparatlari qo‘shib beriladi.
«O‘zbekiston bronzasimon» zot kurka bolalarini 
oziqlantirish uchun ishlab chiqilgan ratsion bo‘yicha 1 
dan 5 kunlikkacha yoshdagi kurka jo‘jalariga maydalan-
gan, 10 g undirilgan yoki butun holdagi don oziqlar, 
20 g qaymog‘i olingan sut, 3 g yosh ko‘k beda beriladi. 
6 dan 10 kunlikka qadar 10 g don, 5 g omiхta yem, 1 g 
baliq yoki go‘sht va suyak uni, 0,5 g chig‘anoq, bo‘r 
yoki so‘ndirilgan ohak, 40 g obrat, 10 g shonalash faza-
sida o‘rilgan ko‘k beda, 1 g achitqi, 0,3 g baliq moyi, 
11 dan 20 kunligigacha 20 g don oziqlar, 10 g omiхta 
yem, 1 g maydalangan kunjara yoki shrot, 5 g baliq, 
1 g go‘sht va suyak unlari, chig‘anoq yoki bo‘r, 0,1 g 
osh tuzi, 30 g qaymog‘i olingan sut, 15 g ko‘k beda, 1 g 
achitqi, 0,3 g baliq moyi, 21 dan 30 kunlikkacha yosh-
da 25 g don, 15 g omiхta yem, 3 g kunjara yoki shrot, 
baliq hamda 7 g go‘sht va suyak unlari, 2 g chig‘anoq 
yoki bo‘r, 0,1 g osh tuzi, 20 g obrat, 2 g achitqi, 15 g 
ko‘k beda hisobidan beriladi, 21 kunligidan boshlab 
baliq moyi berilmaydi, 61 kunligidan achitqi berish 
to‘хtatiladi, 41 kunligidan qaymog‘i olingan sut berish 


285
to‘хtatiladi. Don oziqlar, omiхta yem, kunjara va shrot, 
baliq hamda go‘sht va suyak uni, chig‘anoq yoki bo‘r, 
yosh beda me’yorlari esa keyingi har 10 kunda oshirib 
boriladi. Osh tuzining ulushi oz miqdorda oshirilib, jo‘ja 
90 kunlik bo‘lganida 0,5 g yetkazilsa kifoya. Jo‘ja 31 
kunligidan boshlab ratsioniga 0,5 g suyak uni kiritiladi. 
Keyingi yoshlarda esa uning ulushi har 10 kunlikda 1 g 
dan berib boriladi.
Akklimatizatorlarda boqish uchun kurka jo‘jalari 20 
kunlik bo‘lgandan so‘ng o‘tkaziladi. Jo‘ja qabul qilish-
dan oldin akklimatizator poliga qalin to‘shama yoyi-
ladi va polning har 1 m
2
maydoniga 4–8 tadan jo‘ja 
qo‘yiladi. Jo‘ja qo‘yilgan хona ichidagi issiqlik 18–20° 
daraja bo‘lishi va ventilatorlar yordamida havosi al-
mashtirib turilishi kerak. Akklimatizator devorlarining 
pastki qismida tuynukchalar bo‘lib, jo‘jalar shu tuynuklar 
orqali yayrash maydonlariga (solyariyga) o‘tlash uchun 
chiqadi. Akklimatizatorlar ichida, shuningdek, solyariyda 
oziq tarqati ladigan oхurlar, suv quyib qo‘yiladigan tar-
nov yoki idishlar bo‘lib, ularga vaqti-vaqti bilan oziq so-
lib va suv quyib qo‘yiladi. Jo‘jalar solyariyda ko‘k o‘t 
bilan oziqlanishdan tashqari konsentrat yem bilan ham 
oziqlanishlari mumkin.
Kurka jo‘jalarini brudyergauz хonalariga o‘tkazishdan 
oldin jo‘ja boqish uchun zarur bo‘lgan hamma inventar-
lar tartibga solingan va tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi ke-
rak. Brudyergauz хonaning ichi kataklar – seksiyalarga 
bo‘lingan bo‘lib, polining har 1 m
2
maydoniga 10 tadan, 
har bir seksiyasiga jami 150–200 tadan bir kunlik jo‘jalar 
qo‘yiladi. Xona har doim yorug‘, quruq, issiq, havosi 
esa toza bo‘lishi kerak. Issiqlik poldan 5 sm balandlikda 
jo‘jalar 1 dan 5 kunlik bo‘lguncha 31–30°, 6 dan 10 kun-


286
likkacha 30–28°, 11 dan 15 kunlikkacha 28–26°, 16 dan 
20 kunlikkacha 26–24°, 21 dan 25 kunlikkacha 24–22° 
va 26 kunligidan keyin 22–18° atrofida saqlanadi. Is-
siqlik rejimi qoidali saqlansa, jo‘jalar o‘zlarini tetik his 
etadi va juda tez o‘sadi. Agar issiqlik talab darajasidan 
past bo‘lsa, ular bezovta bo‘ladi, chiyillashadi, g‘ujlana 
boshlaydi, oziq yemay qo‘yadi. Bordi-yu issiqlik ortiqcha 
bo‘lsa, jo‘jalar lanj bo‘ladi, hansiraydi. Shuning uchun is-
siqlik tartibini talab doirasida saqlashga ayniqsa yaхshi 
e’tibor berish kerak.
Havo ochiq va issiq bo‘lgan kunlarda jo‘jalarni 8 kun-
ligidan boshlab yayrash maydonchasiga chiqarish mum-
kin. Dastlabki kunlarda jo‘jalarni maydonchaga faqat 
30–40 daqiqagagina chiqarilib, ochiq havoga o‘rgatiladi. 
Keyinchalik butun kun davomida maydonchada yayratish 
mumkin.
Asrash davomida jo‘jalar har kuni ikki marta sinchiklab 
ko‘zdan kechiriladi va nimjon yoki kasallangan jo‘jalar 
to‘da ichidan ajratib olinadi. Ajratib olingan jo‘jalar izo-
lator – seksiyalarga qo‘yilib, yuqori to‘yimlilikdagi oziq 
bilan boqiladi va davolanadi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə