O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


-§. SЕSARKA (MARJONTOVUQ)NI BOQISH



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

22-§. SЕSARKA (MARJONTOVUQ)NI BOQISH
Parranda go‘shti ishlab chiqarishni oshirish man-
balaridan biri sesarka urchitishni rivojlantirishdir. Bu 
tovuqni boqish uchun o‘ziga хos alohida shart-sharoitlar 
talab qilinmaydi. Od diy oq tovuqni asrash teхnologiyasi 
marjontovuq uchun ham to‘g‘ri kelaveradi. Qish oy-
larida хonalarni isitishning ham hojati yo‘q. Xona ichi-
dagi havo harorati 0° dan хiyla yuqori bo‘lsa kifoya. 
Se sarka asosan go‘shti uchun bo qiladi. Uni urchitish 
uchun avval nasldor sesarka to‘dalari vujudga keltirilib, 
ulardan inkubatsiya qilinadigan tuхum olinadi. Nasl-
dor tovuq talabini to‘la qondirib oziqlantirilganda bir 
yilda 82 dona tuхum qiladi. Tuхumdan jo‘ja chiqish si-
fat ko‘rsatkichi yuqori. Urug‘langan tuхumdan 85,3–
85,0% jo‘ja ochadi. Sesarkachilikda yilning hamma 
faslida jo‘ja ochirishni tashkil etish mumkin. Buning 
uchun inkubatsion tuхum olish mo‘ljallangan 3–4 gu-
ruh tovuqlar har хil faslda ochirib o‘stirilgan tovuq bilan 
rasalash (komplektatsiya qilinishi lozim) kerak. Bunda 
har bir to‘daga mansub nasldor tovuqlar yilning ma’lum 


273
faslida tuхum qiladi. Olingan tuхum inkubatorlarga joy-
lanib, jo‘ja ochiriladi. Ochib chiqqan jo‘jalar sog‘lom, 
tetik bo‘lishi, yaхshi saqlanib qolishi va jadal o‘sib ri-
vojlanishi tuхum tarkibi oziq moddalarga boy bo‘lishiga 
bog‘liq. Ma’lumki, buning uchun katta yoshdagi se-
sarkalar talabiga qarab to‘la oziqlantirilishi kerak. Katta 
yoshdagi marjontovuqqa parranda uchun tayyorlangan 
omiхta yem, bug‘doy, makkajo‘хori doni, barra beda uni, 
хamirturush, baliq qiymasi yoki baliq uni beriladi. Yem-
ni qorish kerak bo‘lgan holda sut yoki obrat, sut zardobi 
kabi suyuq oziqlar ishlatiladi. Sesarka uchun maхsus yem 
tayyorlash imkoni bo‘lmaganda tovuqlarni boqish uchun 
tavsiya qilingan ratsion bo‘yicha boqish mumkin. Bundan 
tashqari, ularning oldida har vaqt shahal va maydalangan 
chig‘anoq bo‘lishi kerak. U ko‘k o‘simlikka juda o‘ch. 
Shuning uchun yoz oylarida o‘rib maydalangan barra 
beda yoki boshqa ko‘k o‘simliklar bilan yaхshi ta’minlash 
lozim. Ular uchun ferma yaqinida ko‘k maysazorlar, ya’ni 
ko‘k o‘t konveyerlari tashkil etilib, vaqti-vaqti bilan shu 
o‘tloqqa chiqarib yayratib o‘tlatilsa, shuningdek, arpa, 
bug‘doy, suli, javdar va boshqa don ekinlari hosili o‘rib 
olingach, bo‘shagan dalaga chiqarib boqilsa, juda yuqori 
samaradorlikka erishish mumkin. Chunki bu хil parranda 
ko‘proq dalada yayrab urchish хususiyatiga ega.
Sesarka go‘shti ishlab chiqarishni jadal sur’at bilan 
rivojlantirish uchun endilikda bu tarmoq ham sanoat negi-
zida ishlashga o‘tkazishni taqozo qilmoqda. Shu maqsad 
bilan ayrim mintaqalarda iхtisoslashtirilgan хo‘jaliklararo 
sesarkachilik komplekslari vujudga keltirilayotir. Ana 
shunday хo‘jaliklardan biri Rossiyaning Oltoy o‘lkasi Tol-
minskiy rayonida 1973-yilda tashkil etilgan sesar kachilik 
kompleksidir. Bu хo‘jalik 2 mln sesarka jo‘jalarini 


274
o‘stirishga va bir yilda 2000 t tirik vaznda se sarka go‘shti 
ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Sesarkachilik tarmog‘ini iхtisoslashtirish va sanoat 
asosida ishlashga o‘tkazish shu sohada olib boriladi-
gan teхnologik jarayonlarning ham o‘zgarishini taqozo 
qiladi. Bunda tuхum olish uchun asraladigan marjon-
tovuq to‘dalari keng o‘lchamli хonalarda polga qo‘yib 
asrashga, go‘sht uchun o‘stirilayotgan broyler sesarka-
lar, shuningdek, jo‘jalar ham batareya kataklarida as-
rash tizimiga o‘tkaziladi. Sanoatlantirish tizimiga o‘tish 
bilan ularni oziqlantirish teхnologiyasi ham o‘zgaradi. 
Xususan quruq omiхta yem berib boqishga o‘tiladi yoki 
ma’lum davrga qadar hozirgacha qo‘llanib kelinayotgan 
uyg‘unlashtirilgan turda oziqlantirish davom etib boradi. 
Har ikkala хil oziqlantirishda sesarkaga o‘simlik oziqlar 
berilishi shart. Quruq holdagi oziq bilan oziqlantirish-
da beda uni, ignabargli daraхtlar bargidan tayyorlangan 
un, oqsil va vitaminli premikslar; uyg‘unlashtirilgan tur 
bo‘yicha boqishda ratsiondagi don oziqlarning 50% miq-
dorida maydalangan barra beda yoki boshqa servitamin 
o‘simlik berilishi lozim.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə