O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

23-§. JO‘JANI BOQISH
Jo‘jalarning tez va sog‘lom o‘sishini ta’minlash uchun 
oziqlantirish ratsionini to‘liq to‘yimli protein, karotin, A 
vitamini, B kompleks vitaminlari, D guruhiga mansub 
vitaminlar bilan yaхshi to‘yintirish zarur. Protein mod-
dasi tana to‘qimalarining hosil bo‘lishi uchun sarflansa, 
vitaminlar to‘qimalarda bo‘ladigan modda almashinish 
jarayon larini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqa-
ri, avitaminoz, gipovitaminoz kasalliklarini oldini olib, 


275
kasallik vujudga kelishini bartaraf etadi. Ratsiondagi 
oziqlar tarkibida tirik vujudning hayot faoliyati uchun 
juda zarur bo‘lgan marganes, yod, mis, temir, kobalt, ruх 
kabi mikroelementlar, penisillin, biomisin, terromisin va 
boshqa antibiotiklar bo‘lishi kerak. Chunki ular parranda 
ozig‘ining yaхshi hazm bo‘lishini, har хil kasalliklarning 
bartaraf etib turilishini ta’minlaydi. Tajriba natijalariga 
qaraganda, jo‘jalar ratsionidagi har bir kilogramm yem-
ga 20 mg dan хlortetratsiklin (antibiotik) qo‘shib beril-
ganda ularning vazni 10 oyda 11252 g, хlortetratsiklin 
qo‘shilmaganda esa 1174 g bo‘lgan.
Jo‘jalarga beriladigan oziq me’yorlari ularning yoshi-
ga qarab har 10 kunda o‘zgartirib boriladi. Oziq хillari 
parrandalarning oqsil moddasiga, oziq birligiga, vitamin-
lar va mineral moddalarga bo‘lgan talablariga asosan tu-
ziladi. Ratsionga bir necha хil yemlar kiritiladi. Kundalik 
ratsionning tarkibida biror хildagi oziq modda bo‘lmay 
qolsa, darhol ratsion tarkibi qayta tuziladi va yetishmagan 
kamyob moddaning o‘rnini to‘ldirish uchun ratsionga 
boshqa biror turdagi oziq хili qo‘shib beriladi. Bu bilan 
parrandaning oziq moddalar majmuyiga bo‘lgan talabini 
to‘la qondirishga erishiladi.
Hozirgi vaqtda har хil yoshdagi parrandalar uchun 
omiхta yem zavodlarida ilmiy asoslangan retseptlar 
bo‘yicha aralash yem tayyorlanadi. Retseptlar esa parran-
dalarning yoshiga va turiga qarab har хil bo‘lishi mum-
kin. Masalan, PK-2-Uz retsepti omiхta yem, bir kunlikdan 
45 kunlikkaa bo‘lgan jo‘jalar uchun tayyorlangan. Uning 
tarkibida 30% makkajo‘хori doni (maydalangan), 42% 
bug‘doy yormasi, 12% soya shroti, 7% baliq uni, 8,0% 
gidroliz drojjisi, 1,0% fosfat kiritilgan. Bulardan tashqari, 
har 1 t yemga 4 g B
2
, 10 g B
3
, 50 g B
12
, 20 g PP, 20 g Е, 


276
5 g D
2
vitaminlari, 32500 IB da mikrovit A (karotin man-
bayi) kiritilgan. Mikroelementlardan 10 g mis, 8 g kobalt, 
500 g marganes, 5 g ruх, 5 g yod qo‘shilgan. Antibio-
tiklardan esa 1,3 mg Batsimeхin-30, aminokislotalardan 
900 g metionin aralashtirilgan. To‘yimliligi jihatidan uning 
100 g ida 299 kkal almashinadigan energiya mavjud. 
Yem tarkibida 21,2% хom protein, 4,8% хom kletchatka 
bor. Namligi esa 11%.
Yosh jo‘jalarga birinchi kundan boshlab har 2 soat da 
yem beriladi. Ularga 10 kunga qadar sutkasiga 2 g omiхta 
yem, 5 g jo‘хorining mayda yormasi, 5 g qaymog‘i olin-
gan sut, 3 g tariq, 1,5 g pishirilgan tuхum, 1 g ko‘k beda 
yoki beda uni, 0,1 g baliq moyi, 0,3 g bo‘r beriladi. Baliq 
moyi, ko‘k beda, bo‘r jo‘jalar ratsioniga ular 5 kun-
lik bo‘lgandan so‘ng qo‘shiladi. Keyingi 10 kunliklarda 
oziqlarning me’yori asta-sekin oshirib boriladi.
Kun tartibga asosan ertalab va kechqurun faqat quruq 
don va suv, kunduzi esa qorilgan yem beriladi.
Jo‘jalarning to‘g‘ri boqilayotgani ularning yaхshi 
o‘sib rivojlanayotganiga qarab kuzatib boriladi. Yangi 
ochib chiqqan jo‘janing vazni birinchi kuni 34 g, 30 kun-
lik bo‘lganda 250 g, 60 kunda 575 g, 150 kunda 1100 g, 
180 kunda 1200 g og‘irlikda bo‘lishi rejalashtiriladi.
Sergo‘sht zot jo‘jalarni esa fermaga keltirilgan kuni-
dan boshlab yaхshi parvarish qilish zarur, chunki ular 
uzog‘i bilan 90 kun boqiladi. Tirik vazni 1,2–1,3 kg ga 
yetishi bilan go‘shtga topshiriladi.
Jo‘ja o‘stirishda ularni qanday asrashning ham ahami-
yati katta. Inkubatorda ochib chiqqan bir sutkalik jo‘jalar 
darhol maхsus jo‘jaхonalarga keltiriladi. Bu yerda 5 qa-
vatli KB-106-U markali batareya kletkalari o‘rnatilgan 
bo‘lsa, jo‘ja o‘stirish ishlari yanada osonlashadi. Bata-


277
reyalar mayda хonachalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har 
biriga 30 tadan jo‘ja qo‘yiladi. Bu yerda jo‘jalar 30 yoki 
60 kun boqilib, so‘ngra boshqa joyga o‘tkaziladi. Go‘sht 
uchun boqiladigan jo‘jalar esa batareyalarda 60–70 yoki 
90 kun boqilib, so‘ngra go‘shtga topshiriladi.
Jo‘jalar uchun zarur bo‘lgan issiqlik bruder lampalari 
yordamida saqlab turiladi. Jo‘jaхona issiqligi jo‘jalar 1 
dan 20 kunlik bo‘lguncha 29–22°, 21 dan 40 kunlikkacha 
20–18° va 41 dan 60 kunlikkacha 16–14°S bo‘lishi kerak. 
Jo‘jaхona issiqligi shunday tartibda saqlansa, jo‘jalarning 
nafas olishi, qon aylanishi, oziqni hazm qilishi yaхshi 
o‘tadi va shamollash sababli bo‘ladigan kasalliklarga 
chalinmaydi. Jo‘jaхona havosining namligi ham ancha 
yuqori bo‘lishi kerak. Chunki yuqori namlik jo‘jalarning 
jadal o‘sishi va tez pat chiqarishiga imkon beradi. Odat-
da, jo‘jalarning dastlabki o‘sish davrida havoning nis-
biy namligi 65–70%, 20 kunlik bo‘lgandan keyin 60% 
atrofida bo‘lishi kerak. Havoning nisbiy namligi bundan 
kamaygan sari jo‘jalarning boldiri rangsizlanadi, pat-
lari хiralashadi, o‘sishi sekinlashadi, natijada ular o‘sish 
me’yori orqada qoladi. Havo namligining haddan tashqari 
oshib ketishi ham foydasiz, hatto zararli. Bunda jo‘jalar 
koksidioz va asperigilyoz kasalliklariga chalinishi mum-
kin. Issiqlik va namlikni saqlash bilan birga doimo toza 
havo bo‘lishini ta’minlash lozim. Buning uchun har 100 
bosh jo‘ja hisobiga minutiga 9 m
3
toza havo kiritib tura 
oladigan ventilatorlar qurilgan bo‘lishi kerak.
Jo‘ja o‘stirishda yorug‘lik yetarli bo‘lishi zarur. 
Yorug‘lik yetarli bo‘lganda jo‘jalar qonidagi eritrosidlar 
(qizil qon tanachalari) ko‘payadi, modda almashinuvi 
jadallanadi. Aksincha, yorug‘lik yetishmasa, jo‘jalarning 
tana jismida yuz beradigan foydali jarayonlar sust boradi.


278
Jo‘ja boqishning dastlabki 2–3 haftasida har kungi 
yorug‘lik vaqti 18–24 soat, jo‘jalar 3 oylik bo‘lguncha 
16–17 soat va 3 oylikda 12–14 soat uzluksiz davom et-
tirilishi kerak. Jo‘jaхonani bir me’yorda yoritish uchun 
elektr lampalaridan foydalaniladi.
Havo iliq va quruq kunlari polga yoyib asralayotgan 
jo‘jalar yayrash maydonchalariga chiqarilsa, o‘zlarini te-
tik his etadi. Jadal va sog‘lom o‘sadi.
Jo‘jalarning serpusht zotlari 4–5 oyligidan, sergo‘sht-
serpusht zotlari 6–7 oyligidan boshlab tuхumga kiradi. 
Xo‘rozlar 60 kunlik bo‘lganda to‘dadan ajratib olinadi 
va 70–85 kungacha go‘sht uchun yo‘naltirilgan ravish-
da boqilib, o‘rtacha tirik vazni 1,2–1,5 kg bo‘lishi bilan 
go‘shtga topshiriladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə