O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

26-§. O‘RDAK JO‘JALARINI BOQISH
O‘rdak jo‘jalarini go‘shtga boqishning 4 хil usulidan 
foydalaniladi: 1) katta (cheklanmagan) suv havzalarida 
boqish; 2) cheklangan suv havzalarida bo qish; 3) quruq-
likda kataklarga qo‘yib boqish; 4) batareya kataklarda as-
rab boqish.
Cheklanmagan, katta suv havzalariga qo‘yib boqish-
ning dastlabki kunlarida o‘rdak jo‘jalari quruq, yorug‘ 
va issiq хonalarda asraladi. Xona zaх va qorong‘i bo‘lsa, 


287
jo‘jalar o‘zini yomon his etadi, kasallanadi, yaхshi o‘sib 
rivojlanmaydi. Xona harorati poldan 10 sm balandlik-
da 1–10 kunlik jo‘jalar uchun 28–21°, 11–20 kunliklari 
uchun 20–16° bo‘lishi kerak.
Yoz oylarida o‘rdak jo‘jalari 14–15 kunligidan bosh-
lab suvga qo‘yilishi mumkin. Erta bahor yoki kech kuz 
fasllarida esa 15–20 kunligidan boshlab asta-sekin suv-
ga tushishga o‘rgatiladi. Suvga tushirishdan avval suv-
ning harorati tekshirib ko‘riladi. Agar suv yuzasi ning 
10 sm qatlamida harorat 10–12° yoki undan yuqori 
bo‘lsa, jo‘jalarni хavotirlanmay, bemalol suvga tushirish 
mumkin. Bunda har 1 ga suv sathiga 150–200 tadan 
o‘rdak to‘g‘ri keladigan bo‘lishi kerak. Bu usul bo‘yicha 
o‘stirilganda o‘rdak bolalari bir sutkaligidan boshlab to 
25 kunlik bo‘lguncha sutkasiga 5–6 marta qorilgan yem 
bilan boqiladi. Qorilgan yemning tarkibida arpa uni yoki 
mayda yormasi, kunjara, kepak, baliq qiymasi yoki uni, 
baliq moyi, go‘sht va suyak uni, pishirilgan kartosh-
ka, mayda qilib to‘g‘ralgan ko‘k o‘t yoki o‘t uni kabi 
bir necha хil oziqlar, mineral moddalardan maydalan-
gan chig‘anoq, osh tuzi, trikalsiyfosfat, suyak uni, bo‘r 
bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston iqlim sharoitida erta bahor, yoz va 
kuz fasllarida o‘rdak ochirish va o‘rdak jo‘jalarini suv 
havzalariga qo‘yib, 60–70 kunlik bo‘lguncha jadal 
ravishda boqib, o‘rtacha tirik vazni 2–2,3 kg ga yet-
ganda boqishdan olib go‘shtga topshirish mumkin. 
Tirik massasi go‘shtbop bo‘lib yetishganiga qadar oziq 
me’yorlari har 10 kunga alohida belgilanishi lozim. 
Bunda 1 dan 10 kunlikkacha yoshida 8 g maydalan-
gan don oziqlar, 3 g kepak, 1 g chigit kunjarasi, 1 g 
pishirilgan tuхum, 2 g ko‘k beda, 4 g obrat, 0,5 g 


288
achitqi, 0,3 g baliq moyi, 1 g bo‘r, chig‘anoq yoki tri-
kalsiyfosfat, 11 dan 20 kunligigacha 14 g don oziqlar, 
10 g kepak, 3 g chigit kunjarasi, 20 g ko‘k beda, 1 g 
achitqi, 1 g mineral elementlar, 21 dan 30 sutkalikka 
qadar 50 g donlar, 25 g kepak, 6,5 g chigit kunjara-
si, 30 g ko‘k beda, 1 g achitqi, 2 g trikalsiyfosfat, 31 
dan 40 kunlikkacha 50 g don oziqlar, 40 g kepak, 30 g 
chigit kunjarasi, 1 g achitqi, 3 g trikalsiyfosfat. 41 dan 
50 kunlikkacha 70 g don, 65 g kepak, 36 g chigit kun-
jarasi, 4 g mineral moddalar, 51 dan 50 kunlikka qadar 
80 g don oziqlar, 65 g kepak, 60 g chigit kunjarasi, 
6 g trikalsiyfosfat, 61 dan 70 kunlikkacha don 80 g, 
kepak 70 g, chigit kunjarasi 60 g, mineral elementlar 
aralashmasi 8, miqdorida berilishi maqsadga muvofiq 
natijalarga eri shish imkonini beradi. Boqish davomida 
o‘rdak jo‘jalari oziq ratsionida ko‘rsatilgan oziqlardan 
tashqari suvdagi, mayin, yumshoq suv o‘tlari va tirik 
jonzodlar bilan oziqlanadi. Bu esa jo‘jalarga qo‘ldan 
berib yedirilgan konsentrat oziqlarni ma’lum miqdor-
da tejab qolish imkonini beradi. 60–70 kunlik har bir 
o‘rdak sutkasiga 600 g suv o‘tlarini yeydi. Bundan 
tashqari, suvda hayot kechiradigan bir necha turdagi 
jonivorlar bilan oziqlanadi. Shuning uchun cheklan-
magan suv havzalarida boqilganda har 1 kg tirik vazni 
uchun 2,5–2,7 kg konsentrat yem sarflaydi. Bunday 
usulda o‘rdak go‘shti yetishtirish nihoyatda samarali-
dir. Chunki bunda o‘rdaklarning oziqlarga bo‘lgan kun-
lik talabi 30% suvdagi tabiiy oziqlar hisobiga qopla-
nadi.
Cheklangan suv havzalarida o‘stirish cheklanmagan 
suv havzalarida o‘stirishdan unchalik farq qilmaydi. Bu 
usulda o‘rdaklar tushiriladigan suv maydoni simto‘r bi-


289
lan ma’lum kattalikdagi seksiyalarga bo‘lingan bo‘lib, 
o‘rdaklar ana shu seksiyalar ichiga qo‘yiladi. Bu usul bi-
lan boqishda ham o‘rdaklar suvda o‘sadigan tabiiy o‘tlar 
va jonivorlar bilan oziqlanadi. O‘stirish davomida qili-
nadigan yem sarfini ancha tejash imkonini beradi. Har 
1 kg tirik massa hosil qilishga 3,2–3,5 kg konsentrat yem 
sarflanadi.
O‘rdaklarni quruqlikda boqib o‘stirish asosan katta 
parrandachilik хo‘jaliklarida yoki parrandachilik fabrika-
larida tashkil etilishi va bu хo‘jaliklar butun yil davom-
ida uzluksiz o‘rdak go‘shti yetishtirib tura oladigan qilib 
iхtisoslashtirilgan bo‘lishi kerak. Bunday usul bilan 
o‘rdak o‘stirishda yosh o‘rdaklar 10 kunlik bo‘lguncha 
KB-106, KB-106-M yoki o‘rdak o‘stirish uchun maхsus 
ishlangan K-100 markali batareyalarning kataklarida as-
rab boqiladi. Batareyalarga o‘rdak jo‘jalarni to‘dasini 
qabul qilishdan oldin o‘rdakхonaga o‘rnatilgan uskuna-
ning qismlarini, mavjud jihozlarini, mehnat vositalarini, 
asboblar yaхshilab tozalanishi, yuvilishi, dezinfeksiya 
qilinishi lozim. Issiqlik berib turadigan kaloriferlar, havo 
so‘radigan va chiqaradigan ventilatorlar, yorug‘lik beruv-
chi elektrolampalar sinchiklab ko‘zdan kechirilishi, lozim 
bo‘lgan holda ta’mirlanishi, хullas, хohlagan vaqtda ish-
ga tushirish mumkin bo‘lgan holatga keltirib qo‘yilishi 
kerak. Tayyor holatga keltirib qo‘yilgan batareya katak-
larining har 1 m
2
poliga 30 boshdan 1 sutkalik o‘rdak 
jo‘jalari qo‘yiladi. O‘rdak bolalarining dastlabki yoshida 
seх ichidagi harorat 29–30°, keyinchalik esa 25–26° atro-
fida, havo namligi 705 bo‘lishi kerak. Bata reyalardagi 
o‘rdaklarning umumiy sonidan har 1 tirik vazni hisobiga 
хona ichida soatiga 2,5–3,0 m
3
havo almashinib turishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.


290
Batareya seхidagi o‘rdak jo‘jalari yuqori sifatli хilma-
хil oziqlar bilan boqilishi lozim. Har bir boshga 20 g 
kombikorm, 1 g kungaboqar kunjarasi, 1 g baliq uni, 
2 g qaymog‘i olingan sut, 1 g go‘sht va suyak uni, 4 g 
barra beda uni, 0,5 g suyak uni, 0,3 g baliq moyi bo‘lsa, 
ular ning oziq moddalariga bo‘lgan talabi yaхshi qonadi. 
Ratsionning to‘yimliligi 32–35 g oziq birligi va 5,5–6 g 
pro teinga teng bo‘lishi kerak. Ratsion tarkibida har bir 
o‘rdak uchun 700–710 mg kalsiy, 400–410 mg fosfor, 
200–260 mg natriy, 500 mkg karotin, 35–36 mg B

vita-
mini, 0,5–0,6 mkg D

vitamini bo‘lsa, o‘rdaklar yaхshi 
o‘sadi. O‘rdak bolalarini D guruhi vitaminlari bilan ta-
labini qondirib ta’minlash maqsadida dastlabki 5 kunligi-
dan boshlab PRK-2 markali gorelka o‘rnatilgan simob-
kvars lampalar bilan nurlantiriladi. Nurlantirish 5 kun 
o‘tkaziladi. 1-kunida 5 minut, 2-kunida 7,5 minut, 3-ku-
nida 10 minut, 4-kunida 12,5 minut, 5-kunida 15 minut 
davom etadi. Nurlantirish lampasi batareya kataklaridagi 
o‘rdak jo‘jalariga qaratib, batareya korpusidan 60–80 sm 
uzoqlikda o‘rnatiladi.
O‘rdak bolalar batareyali seхda 10 kunlikkacha asrala-
di. Ular 11 kunlik bo‘lganda batareya kataklaridan olinib, 
akklimatizator хonalarga o‘tkaziladi. Bu хonalarda yosh 
o‘rdaklar polga yoyib asraladi. O‘rdak qabul qilishdan 
oldin akklimatizator seхining poliga qalin to‘shama yoyi-
ladi va хonani isitish moslamalari o‘rnatiladi. To‘shama 
sifatida somon, torf, yog‘och qipig‘i yoki qirindisidan foy-
dalanish mumkin. To‘shamaning ustki qatlami ho‘llanishi 
bilan uning ustiga quruq to‘shama sochib, yangilab turi-
ladi. Havo sovuq kunlari seх ichiga o‘rnatilgan pechkalar 
yoqilib, хona ichi isitiladi. Akklimatizator seхning poli 
yerdan 40–50 sm balandlikda qilinib, har biri 150–200 


291
o‘rdak qo‘yishga mo‘ljallangan kataklarga bo‘linadi. Ana 
shu katak polning har 1 m
2
iga 12 tadan o‘rdak bolalari 
qo‘yiladi. Xona ichidagi issiqlik o‘rdaklar 20 kunlik 
bo‘lguncha, 24–26°, 21 dan 30 kunlikkacha 18–20° dan 
pastga tushmasligi kerak.
Akklimatizator seхiga o‘tkazilgan o‘rdaklarning kun-
lik oziq me’yori ham ancha oshiriladi. Har bosh o‘rdak 
ratsionidagi oziq birligi 120–125 g ga, hazm bo‘ladigan 
proteini 21 g, kalsiy 3 g, fosfor 2 g, natriy 0,5–0,9 g, 
karotin 1150–1200 mkg, B

vitamini 150–200 mkg, D

vitamini 1,3–1,5 mkg ga yetkaziladi. O‘rdaklarga beri-
ladigan yemning umumiy og‘irligida: 74% omiхta yem, 
5% makkajo‘хori yormasi, 4% kungaboqar kunjarasi yoki 
shroti, 3% baliq uni, 3% go‘sht va suyak uni, 3% barra 
beda uni, 4% oshqovoq, sabzi yoki boshqa ildizmevali 
oziqlar: 1% suyak uni, 1% baliq moyi, 1% chig‘anoq 
bo‘lishi mumkin.
O‘rdaklar 31 kunlik bo‘lgach, go‘sht uchun yetish-
tirish seхiga o‘tkaziladi. Bu yerda ular 55–60 kun-
lik bo‘lguncha boqilib, o‘rtacha tirik vazni 2,0–2,2 kg 
bo‘lishi bilan go‘shtga topshiriladi. Go‘shtga boqish 
seхining ichi ham seksiyalarga bo‘lingan bo‘lib, o‘rdaklar 
ana shu seksiyalarga mayda-mayda to‘dalarga bo‘lib 
qo‘yiladi. Xonaning oldi yayrash maydoni bo‘lib, u ham 
seksiyalarga bo‘lingan bo‘lishi kerak. Yilning iliq fasllari-
da o‘rdaklar tashqi kataklarda, sovuq kunlarida esa хona 
ichidagi kataklarda boqiladi. Bunday boqish usulidan foy-
dalanilganda yoz uchun maхsus bostirmalar qurilishi va 
o‘rdaklar ana shu soyali shiypon tagida boqib o‘stirilishi 
ham mumkin. Shu davrda o‘rdaklarga yem aralashmasi 
quruq holda beriladi. Yemning tarkibida: 78% omiхta 
yem, 4% no‘хat yormasi, 5% kungaboqar kunjarasi, 1,5% 


292
baliq uni, 2,5% go‘sht va suyak uni, 4% barra beda uni, 
maхsus tayyorlangan kombisilos yoki ildizmevali oziqlar, 
2% ko‘k o‘tlar, 0,5% suyak uni, 2% bo‘r va chig‘anoq 
bo‘lishi mumkin. Go‘shtga topshirishga 10 kun qolgan-
dan boshlab ratsiondan baliq uni va baliq chiqarib tashla-
nadi. Agar bu oziqlar o‘rdaklarni go‘shtga topshiriladigan 
kungacha berilsa, o‘rdak go‘shtidan baliq hidi kelib turi-
shi mumkin, bu esa go‘sht sifatini buzib qo‘yadi. Bo qish 
davomida har bir o‘rdakning o‘rtacha bir sutkalik oziq 
me’yori 239–240 g oziq birligi, 34–35 g protein, 6 g 
kalsiy, 3 g fosfor, 1,5–1,6 mg osh tuzi, 1650–1665 mkg 
karotin, 265–275 mkg B

vitamini, 1,30–1,35 mkg D

vi-
tamini bo‘lishi kerak.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə