1
№ 18 Amaliyot ishi
Auto CAD va Solid Works dasturlari yordamida yuk vagonlarni kuzovini
modellashtrish.
Ishdan maqsad:
Auto CAD va Solid Works dasturlari yordamida yuk vagonlarni
kuzovini modellashtirish. Dasturlarni o‘rganish, loyihash va modellashtirish. Yuk
vagon kuzovining vazifasi va tuzilishini o‘rganish.
Tarbiyaviy
:
talabalar mustaqil ishlashni va taxlil qilishni o‘rganadilar.
Rivojlantiruvchi:
talabalar olgan nazariy bilimlarini yangi ma’lumotlar
bilan
boyitadilar.
O‘qitish shakli:
auditoriya-darsli, rivojlantiruvchi, maslahat talab etuvchi va
o‘qituvchi nazoratini talab etuvchi.
O‘qitish metodlari:
o‘rganish faoliyati xarakteri bo‘yicha tekshiruvli,
tushuntirish-rasmli (haqiqiy namuna), muammoli ifodalash.
Umumiy ma’lumotlar
Kuzov
deb vagonning yurish qismiga tayangan va yo‘lovchi
yoki yukni
joylashtirishga mo‘ljallangan qismiga aytiladi.
Kuzovda quyidagi asosiy qismlarni ajratish mumkin.
- asosiy ko‘taruvchi konstruksiyasi
- yordamchi olib yuruvchi elementlari
- mahsus funksiyani bajaruvchilari
- olib yurmaydigan elementlari
Kuzovning asosiy ko‘taruvchi konstruksiyasi deb shunday elementlar yig‘indisiga
aytiladiki, ular barcha foydalanish yuklarida uning mustahkamligi va mahkamligini
ta’minlaydi. Kuzovning pastki qismi -ko‘taruvchi konstruksiyasi odatda pol tagiga
joylashgan bo‘lib, rama deb ataladi. Ko‘taruvchi elementning joylashishi harakteriga
ko‘ra vagon kuzovlarining ko‘taruvchi konstruksiyalari asosiy 3 turga bo‘linadi.
(18.1- rasm).
2
18.1 - rasm Kuzovlar etakchi konstruksiyalarining turlari
18.1 - rasm.
a
, da asosiy ko‘taruvchi element rama bo‘lib, u kuzovga ta’sir
etuvchi barcha vertikal va gorizontal yuklarni qabul qilishga mo‘ljallangan;
18.1 - rasm.
b
, da ko‘taruvchi element sifatida
rama va yon devorlar xizmat
qiladi.
18.1 - rasm
v
, –da esa rama, yon devorlar va tom bir butun ko‘taruvchi
tizimni
tashkil qiladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan konstruksiya turlari o‘z tuzilishi va vagon turiga qarab
mo‘ljallanishi maqsadga muvofiqdir.
Hisoblash
sxemasini
aniqlab
beruvchi
kuzovlarning
ko‘taruvchi
konstruksiyalarini prinsipial tuzilishi jihatidan quyidagi sinflarga bo‘linadi:
– o‘zaro birlashtirilgan sterjenlar tizimlarini o‘zida mujassamlagan sterjenli
tizimlar;
– birlashtirilgan varaqsimon tizimlar, ularda ko‘taruvchi element bo‘lib,
metall
varaqlar xizmat qiladi va ularga sterjenlar to‘plami birlashtirilgan bo‘ladi.
Kuzov etakchi konstruksiyasidagi ichki foydali hajmni tashqi jihatdan chegaralab
turuvchi yupqa varaqlarni qoplama deb atash mumkin.
- aralash tizimlar - bunda konstruksiyaning bir qismi varaqli tuzilishga, qolgani
esa sterjenli o‘zakli bo‘ladi.
O‘zakli etakchi tizimlar o‘z navbatida fermalar,
romli va aralash turlarga
bo‘linadi. Bulardan eng keng tarqalgani so‘ngisidir.
3
Masalan
, to‘rt o‘qli berk vagonlarning ko‘taruvchi konstruksiyasi yon devori
fermalar ko‘rinishida, ramasi esa - romli o‘zakli tizim ko‘rinishda bajarilgan romning
yon balkalari fermaning pastki poyasi vazifasini ham bajaradi.
Birlashtirilgan varaqsimon tizimlarda birlashtirilgan o‘zakli yon devori, ramasi va
tomi, berk qolipli (qutisimon balkali) tashkil qiladi.
Bu tur bo‘yicha zamonaviy yo‘lovchi va ba’zi yuk vagonlari bajarilgan.
Birlashtiruvchi qoplamalar ko‘ndalang elementlarni berk o’zaklar(Shпангаутлар)ga
birlashtiradi. Ko‘ndalang elementlarga - rama ko‘ndalang balkalari yon devor
ustunlari va tomining do‘g‘ali yoyi kiradi. Lekin, bu shartlarga kuzovni yig‘ish
texnologiyasini bajarishda doim ham rioya qilinmaydi. Shuning uchun birlashtiruvchi
bo‘ylama elementlari yupqa o‘zakli stinger yoki goflar ko‘rinishda bajariladi.
Eng keng tarqalgani aralash tizimlar bo‘lib, uning ayniqsa ikki turi mavjud.
Kuzov konstruksiyasidagi maxalliy mustahkamlikni etarlicha ta’minlash
maqsadida ularni to‘g‘ri taqsimlash va uzatish uchun
mahsus harakat elementlar
inobatga olingan.
Odatda bunday elementlar bo‘lib qabul qiluvchi tayanch reaksiyalari shkvorenli
balkalar va ko‘ndalang kuchlar bilan yuklangan xrebetli balka hisoblanadi.
Ramani kuzov tizimida ko‘rinishi quyidagilardir (18.2 - rasm):
18.2 – rasm. Kuzov tizimida ramani harakterli sxemasi:
1 - shkvorenli balkalar;2 - chetki ko‘ndalang balkalar; 3 -
yon balkalar; 4- -oraliq balkalar;
5 - tizmali (xrebetli) balka; R – pyatniklar reaksiyasi; Ts - avtossepkadan uzatiluvchi bo‘ylama
kuchlar.
4
Zamonaviy vagon konstruksiyalari metalldan tayyorlanadi. Buning uchun eng
keng qo‘llanadigani
- past legirlangan