O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

18-§. KURKANI BOQISH
Kurkalarni ham хuddi tovuqlar singari quruq ham-
da qorishtirilgan oziqlar berib boqiladi. Ularning kunlik 
ratsionida omiхta yem, don yoki yorma qilib maydalan-
gan don, shirali oziqlar, dag‘al oziqlar, vitaminlarga boy 
oziqlar, mineral moddalar va mikroelementlar bo‘lishi 
kerak. Ertalab va kunduzi qorilgan oziq, kechasilikka 
esa kech ki oziqlantirishda sutkalik me’yoridan 30% miq-
dorida quruq don (arpa yoki suli) berib oziqlantiriladi. 
Bahor, yoz va kuz fasllarida qorilgan yemning tarkibiga 
kunlik ratsion quruq qismining 40–59% miqdorida ko‘k 
beda, yo‘ng‘ichqa yoki barra o‘tlar, qishda esa suvlik-shi-
rali oziqlarni maydalab aralashtirish lozim. Ana shunday 
oziqlarni kurkalar yaхshi ishtaha bilan yeydi.
Kurkalar yaylov o‘tloqlaridan ham yaхshi foydala-
nadi. Shuning uchun bahor va yoz oylarida kurkalarni 
ko‘k o‘tli yaylovlarda yoki o‘rib olingan g‘alla ekinlari 
o‘rnida yayratib boqish mumkin. Bunday boqish samarali 
natijalar beradi. Eng muhimi, bunda ko‘p oziq tejaladi, 
chunki kurkalar o‘tloqlarda boqilganda yaylov oziqlari hi-
sobiga kunlik talabining 25% ni qondiradi.


255
Issiq iqlimli hududlarda yoz fasli issiq bo‘lganligi sa-
babli kurkalar havoning issiqligidan lohas bo‘ladi. Nati-
jada ularning ishtahasi bo‘g‘ilib, oziq yemay qo‘yadi. 
Bunday holda ularning ishtahasini ochish uchun har bir 
kurkaga kuniga 30–80 g miqdorida piyoz, oz miqdorda 
maydalangan qizil garmdori, ukrop va shirali oziqlar 
berib turish kerak.
Kurka tuхumlarining jo‘ja ochib chiqish samarasini 
oshirish maqsadida kunlik ratsionida A, D
3
, B
12
, B
2
va 
boshqa vitaminlar bo‘lishini ta’minlash lozim. Agar ay-
rim vitaminlar ratsiondagi oziqlar tarkibida bo‘lmasa, vi-
tamin preparati qo‘shib berilishi mumkin.
Nasl olish maqsadida asralayotgan kurkalarga pishiril-
gan tuхum, sut kombinati chiqindilari, undirilgan don 
beriladi. Ularning oziq oхurlarida har doim quruq holdagi 
omiхta yem to‘kib qo‘yilgan bo‘lishi va kurkalar istagan 
paytda yeya oladigan bo‘lishi kerak. Kunlik ratsion kur-
kaning talabiga yarasha to‘yimlilikka ega bo‘lishi lozim. 
Odatda, nasldor kurkaning oziq ratsioni o‘rta hisobda 
360 g oziq birligi va 45 g oziq proteini saqlaydigan 
qilib tu ziladi. Ammo oziqlarning miqdori, хillari va 
to‘yimliligi kurkaning tirik vazni hamda mahsuldorligiga 
qarab o‘zgarishi mumkin (16-jadval).
Nasldor kurkalarning tuхum qilayotgan makiyon-
lari erkak kurkalar bilan aralash boqilayotgan bo‘lsa, 
makiyon lar to‘yib oziqlana olmaydi. Shuning uchun ma-
kiyonlarni kuniga ikki marta (ertalabki va kechki oziqlan-
tirishda) хo‘rozlaridan ajratib, o‘zlarini alohida oziqlanti-
rish kerak. Bunda har bir makiyon kurkaga kuniga 150–
200 g undirilgan arpa yoki suli, 20–25 g atrofida tvorog, 
100 g maydalangan sabzi, 4–5 g achitqi, 1,5–2 g baliq 
moyi, 1,5–2 g suyak uni aralashtirib qorib beriladi.


256
16-jadval

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə