O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

13-§. KATTA YOSHDAGI
CHO‘CHQALARNI BOQISH
Nasldor erkak cho‘chqalarni boqish.
Oziq mod-
dalarga ehtiyoji ularning yoshi, tirik vazni, jussasining 
bo‘laligi (konditsiyasi) va nasl olishda qanchalik foy-
dalanilayotganiga qarab aniqlanadi. Naslchilikda foy-
dalanilayotgan 2 yoshli, jussa og‘irligi 180–200 kg ke-
ladigan erkak cho‘chqalarga kuniga 4,8–5 oziq birligi 
berish lozim. Shuningdek, har bir oziq birligi hisobiga 


240
120–140 g, katta yoshdagilarga 130–150 g protein, 7–8 g 
kalsiy, 4–5 g fosfor, 10–11 g osh tuzi va 10–15 mg karo-
tin belgilanishi ma’qul bo‘ladi.
Nasl olishda foydalaniladigan erkak cho‘chqalarning 
oziq ratsionidagi oziqlar хilma-хil bo‘lishi kerak. Ular-
ga qishda kuniga 1–1,5 kg sifatli beda pichani, yozda 
esa 5–6 kg ko‘k o‘t, 3 kg qand lavlagi, 0,5 kg kunjara, 
2,5 kg to‘yintirilgan yem, 50 g osh tuzi va 40 g bo‘r be-
rish kerak. Shuningdek, 200–300 g miqdorida baliq yoki 
go‘sht va suyak uni beriladi. Agar bular bo‘lmasa, 2–4 l 
qaymog‘i olingan sut berish mumkin. Erkak cho‘chqalar 
belgilangan soatda kuniga 2–3 marta oziqlantiriladi. Oziq 
quyuq bo‘tqaga o‘хshatib qorib be rilishi maqsadga muvo-
fiq bo‘ladi.
Bo‘g‘oz cho‘chqalar boqish.
Qochiriladigan urg‘ochi 
cho‘chqalar o‘rtacha semizlikda bo‘lishi kerak. Oziq ra-
tsionida protein, mineral moddalar, vitaminlar va mikro-
elementlar talabga javob beradigan miqdorda bo‘lishi 
lozim. Ratsion tarkibida yuqori sifatli beda pichani yoki 
pichan uni, qand, nimqand yoki хashaki lavlagi, topinam-
bur, kartoshka, silos va to‘liq to‘yimli sifatga keltirilgan 
aralash yem, mineral moddalar, mikroelementlar va vita-
minlar bo‘lgani ma’qul. Ratsionning 20–30% i beda pi-
chani, 30–40% i shirali oziqlar, qolgan 30–40% i to‘liq 
to‘yimli yemlar majmuidan tashkil topishi maqsadga mu-
vofiqdir.
Bo‘g‘ozlikning birinchi yarmida tirik vazni 100 kg 
bo‘lgan ona cho‘chqaga 3,3 oziq birligi belgilanadi. 
Keyin 100 kg dan yuqori har 20 kg jussa og‘irligiga 0,3 
oziq birligi hisobidan qo‘shib boriladi. Masalan, tirik 
vazni 100 kg bo‘lgan bo‘g‘oz ona cho‘chqaga 3,3 oziq 
birligi berilsa, 120 kg ligiga 3,6, 140 kg li cho‘chqaga 3,9 


241
oziq birligi beriladi. Protein esa har oziq birligi hisobiga 
110–115 g dan, osh tuzi 9–10 g, kalsiy 6–7 g, fosfor 4 g, 
karotin 10–15 mg dan beriladi.
Bo‘g‘ozlikning ikkinchi yarmida og‘irligi 120 kg 
bo‘lgan yosh ona cho‘chqaga 4 oziq birligi belgilanadi. 
Undan ortiq har 20 kg vazniga 0,2 oziq birligi qo‘shiladi. 
Shuningdek, oqsilni har bir oziq birligi hisobiga 120 g, 
osh tuzi 10 g, kalsiy 8 g, fosfor 6 g, karotin 10–15 mg 
dan beriladi.
Tug‘ishiga yaqin qolgan ona cho‘chqaning oziq 
me’yori 1,5–2 marta kamaytiriladi.
Bo‘g‘ozlik davrining birinchi ikki oyi davomida har 
bir katakka 20–30 tadan, uchinchi oyida har katakka 
ikkitadan, to‘rtinchi oyidan boshlab bir katakka bittadan 
qo‘yib boqiladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə